1. Muloqot psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari




Download 21.53 Kb.
Sana13.03.2024
Hajmi21.53 Kb.
#170733
Bog'liq
1. Muloqot psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Amaliyot hisoboti, Matematik va mantiq elementlari. Predikat va kvantorlar. Reja, 11-prezentaciya, paygambaromiri, portal.guldu.uz-YОG’LAR VA MOYLI XOM ASHYOLAR KIMYOSI , O’simliklarning kelib chiqishi ikkilamchi bo’lgan moddalar, Chinlik to‘plami tushunchasining qo‘llanilishi, Bir generatomli birikmalning elektron tuzulishini hisoblash, Gaussian dasturlari, Molekulyar mexanika MM2 dasturi bilan ishlash, Guldona Psixologiya, 10 amaliy, Baxtiyorov Javohir, 15 Web ilova. MVC texnologiyasi, Noorganik ionlar va ularning funksiyasi

1. Muloqot psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Muloqot psixologiyasining predmeti — muloqot madaniyati, muloqot texnikasi, muloqot etikasini o'rganishdan iborat. Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiy unsuri hisoblanadi.
Psixologiya lug'atida muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif beriladi:
1. Muloqot — hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o'rnatish va uni rivojlantirish jarayoni;
2. Muloqot — belgilar tizimi orqali subyektlaming o'zaro ta’sirlashuvi. Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir.
Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida
axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning
kommunikativ (o'zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi.
Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak.
Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot
almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi,
insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi
kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga
oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va
munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba
va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda
(individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat
davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar
shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir.
Kishilar munosabatga kirishishda awalo tilga murojaat qiladilar.
Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro
birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas,
balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning
keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta
olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal
uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak,
muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro
birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish
amalga oshiriladi.
Har bir kishining o'z «Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan
muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal oilada,
bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va
jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa,
ongimiz ham rivojlanmaydi. Kimlar bilandir bo'lgan muloqotdan
qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz.
Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib, pedagogik
faoliyatda muhim o'rin tutadi.
1.2. Muloqot psixologiyasining psixologiyaning boshqa
tarmoqlari bilan bog‘liqligi
Muloqot psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan
bog'liq holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy
bog'liq. Pedagogik muloqotda ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik
asoslari, o'q ituvchi va o'quvchi munosabatlari, o'qituvchi
psixologiyasi, maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini boshqarish
muhim o'rinni egallaydi.
Ijtimoiy psixologiya fanida muloqot tarkibi (struktura) muammosi
muhim o'rin tutadi. Chunki muloqot tuzilishini aniqlab olish uning
tarkibidagi har bir elementni alohida tahlil qilish imkonini beradi.
Muloqotning asosiy tarkibi quyidagi elementlardan tashkil topgan,
deb hisoblanadi.
Muloqotning kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi
axborot almashinuvidan, interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining
o'zaro ta’sirlashuvidan, perseptiv tomoni esa muloqot ishtirokchilarining
muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va bilishidan iborat.
Ijtim oiy psixologiya turli ijtim oiy guruhlar, jamoaning psixik
namoyon bo'lishi, katta guruhlar — jamoalarning kayfiyati, tafakkuri,
raqobati kabilarni o'rganadi. Boshqaruvda rahbarlarda nutq
qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish
uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur.
Muloqot din psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega.
Din psixologiyasi diniy ong xususiyatlari, uning psixologik va ijtimoiy asoslari, vazifalari, tizim i, diniy his-tuyg‘ular, diniy guruhlar
psixologiyasini o'rganishda albatta muloqot xususiyatlari, muloqot
madaniyatini bilishga asoslanadi. Demak, muloqot psixologiyasi
psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq holda rivojlanadi.
1.3. Milliy g ‘oya asosida muloqotning shakllanishi
M illiy psixologiyaning asosiy vazifasi yoshlar ongida milliy g'oyani
shakllantirishdir. Bunda muloqot katta ahamiyatga ega.
Respublikamizda istiqbolda amalga oshirishga mo'ljallangan g'oyalar
mavjud. Ular vatanimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi istiqbol dasturi
vazifasini bajarib kelmoqda. Bu g'oyalar:
1) O'zbekiston kelajagi buyuk davlat;
2) O'zbekistonda demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatini barpo
etish;
3) fuqarolar ongini ma’naviyat mash’ali bilan yoritish;
4) mustaqil fikrlovchi, faol, fidoiy kishilarni tarbiyalash;
5) komil insonni kamol toptirish kabilardir.
Vatanimizning m illiy g'oyasi barcha millatlar, uchun umumiydir.
M illiy g'oya fuqarolarning diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan
qat’i nazar baxtli turmush, farovon hayot, o'zaro totuvlik, mustaqillik
tuyg'usiga sadoqat, ezgu niyatlari ushalishini kafolatlaydi. M illiy g'oyani
bolalar ongiga yoshlikdan singdirish darkor. Bog'cha yoshidagi bolalarga
ham faqat yodlatish orqali mashg'ulotlami o'tkazmasdan, trening
mashg'ulotlardan, ayniqsa, muomala treningidan ko'proq foydalanish
maqsadga muvofiq. Turli yoshdagi bolalar bilan muloqot treningini
tashkil etishda, yosh xususiyatlarini e’tiborga olish kerak-/ Muloqot
treningida «Vatan nima?», «Ona zamin degani nima?», «Biz nima
uchun yashaymiz?» kabi muammoli savollarni o'rtaga tashlab, bolalar
ongiga m illiy g'oyani, m illiy g'urumi singdirish mumkin.
M illiy tamoyillarini shakllantirish uchun quyidagi usullardan
foydalanish ijobiy natija beradi:
1. Madhiyani maromiga yetkazib ijro etishga e’tibor berish;
2. Vatanimiz bayrog'iga ta’zim qilishga o'rgatish;
3. «Biz Vatan farzandimiz» mavzusida ko'rik-tanlovlar o'tkazish;
4. Jamiyatning faol kishilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish;
5. Muzeylarga sayohat uyushtirish kabilar.
1.4. Muloqot psixologiyasining maqsadi va vazifalari
O'zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin davlat va jamiyat
hayotida birmuncha ijobiy o'zgarishlar yuz berdi, bu borada asosiy islohotlar m illiy istiqloldan so‘ng amalga oshirildi. Ijtimoiy hayotdagi
katta yutuqlar bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi,
nutq madaniyatida buzilishlar davom etmoqda, o‘zbek tilining
musaffoligi, aniq va lo'ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi va silliqligi
muloqotda o'z ifodasini topa olmayapti. Natijada uzatilayotgan fikrlami
idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining asosiy maqsadi,
awalo yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishdir. Shuningdek,
o‘qitish jarayonida bo'lajak mutaxassislarga muloqot madaniyati,
muomala odobini singdirish, guruh va jamoalarda o'zaro munosabatlami
muloqotni shakllantirish orqali yaxshilashdir.
Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o'z
ifodasini topadi:
1) hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o'zaro ta’sir va
muloqot qonuniyatlarini o'rganish;
2) Sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish;
3) o'quvchini faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlar
mavjudligini ta’kidlab o'tish;
4) o'quvchilarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan
muloqotni shakllantirish;
5) shaxslararo munosabatlami muvofiqlashtirishda muloqotning
rolini orttirish;
6) o'zaro ta’sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish.
Bundan tashqari muloqotning inson ijtimoiy hayotida bajaradigan
vazifalari (funksiya) ham mavjud. Muloqot funksiyalari xilma-xil
bo'lib, eng keng tarqalgan tasnifga ko'ra ular quyidagilardan iborat:
(B.F. Lomov taklif etgan tasnif):
l.Informatsion-kommunikativ funksiya — axborot almashinuvini
ta’minlash vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar, tizimlar orqali
amalga oshiriladi. Odatda verbal (unda belgilar tizimi sifatida nutq ishlatiladi)
va noverbal (unda nolisoniy belgilar tizimi ishlatiladi) kommunikatsiya
farqlanadi. Noverbal kommunikatsiya bir necha shakldan iborat:
— kinetika (imo-ishora, mimika, pantomimika);
— paralingvistika (ovoz lokalizatsiyalari, pauzalar);
— proksemika (masofa va vaqt me’yorlari);
— vizual aloqa (ko'zlar orqali aloqa);
— takesika (jismoniy aloqa).
Ba’zida muloqotdagi individlaming hidlari ham o'ziga xos belgilar
tizim i sifatida baholanadi.
2. Regulatsion-kommunikativ funksiya — suhbatdoshlar xulqatvorining regulatsiya qilinishi (boshqarilishi)ni ta’minlash vazifasi. Kishilar
muloqot jarayonida verbal, jismoniy, noverbal yo'llar bilan bir-birining
motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta’sir o'tkazishi, biror harakatga undashi va harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-atvoriga
stimullashtiruvchi va korreksiyalovchi tarzda ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
3.Affektiv-kommunikativ funksiya — inson emotsional sohasining
regulatsiya (boshqarish) qilinishini ta’minlash vazifasi. Muloqot inson
emotsional holatlarining eng muhim determinantasidir. Chunki turlituman emotsional holatlar muloqot jarayonida paydo bo'ladi va o'zgaradi.
L. A. Karpenko taklif etgan tasnifga ko'ra muloqotning quyidagi
vazifalari ajratiladi:
— aloqa o'rnatish vazifasi — suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun
tayyorlash;
— informatsion vazifa — suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar,
fikrlar va rejalami almashish;
— faoliyatga undash — suhbatdoshni biror harakatni bajarishga
stimullashtirish (rag'batlantirish);
— koordinatsion vazifa — suhbatdosh bilan hamkorlikdagi
faoliyatni tashkil etish va uni amalga oshirishdagi harakatlarni
muvofiqlashtirish;
— tushunishni ta’minlash vazifasi — suhbatdoshning fikrlari va
hissiyotlarini tushunish;
— amotiv vazifa — suhbatdoshda muayyan hissiyotlami uyg'otish
hamda ularni o'zgartirish;
— munosabat o'rnatish vazifasi — munosabatlar tizimidagi shaxsiy
o'rinni, mavqeni aniqlash;
— ta’sir ko'rsatish vazifasi — suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy
xususiyatlari, maqsadlarini o'zgartirish.
Demak, muloqot murakkab polifunksional ya’ni ko'p vazifali
hodisadir.
Biz bo'lajak mutaxassislarda quyidagi muomala xususiyatlarini
shakllantirishimiz zarur:
— muomala madaniyatining nazariy asoslari;
— shaxslararo munosabatlar qonuniyatlari;
— pedagogik muloqotning qonuniyatlari;
— oilada, guruh va jamoalarda muloqotga qo'yiladigan asosiy
talablar haqida tasawurga ega bo'lish;
— shaxsda muloqot shakllanishini o'rganish;
— muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish;
— shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish;
— muloqot xossalarini bilish va qo'Ilay olish;
— guruhlarda muloqotni shakllantirish metodikalarini o'tkazish;
— oilada muloqot madaniyati, muloqot xossalaridan boxabar bo'lish;
— muloqot madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik
maslahatlar tashkil etish yuzasidan ko'nikmalar hosil qilish.
1.5. Muloqot — ijtimoiy psixologik voqelik sifatida
Muloqot — shaxslararo munosabatlarning asosiy ko'rinishi bo'lib,
uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o'zaro ruhiy jihatdan aloqaga
kirishadilar, o'zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir
o'tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, tushunadilar.
Shuning uchun muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy
turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining
moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining
ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil
ehtiyojlami maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga
bog'liq bo'lib, shaxslararo munosabat barkamol avlod, komil inson
g'oyalari qaror topishiga xizmat qiladi. Muloqot muvaffaqiyatining
negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, xarakter
xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi
fazilatlar, sifatlar namoyon bo'lishi, rivojlanishi hisoblanadi.
Muloqot tashqi ijobiy ta’sirlar, namunalar asosida o'zini-o'zi
tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ro'yobga chiqarish
uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.
Barkamol insonlaming muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi,
munosabatga kirishish uquvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyatiga
boshqa odamlar ham taqlid qiladi va hayot tajribasida unga rioya etib
yashaydi. Odamlar o'rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida
g'ayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish — o'zini-o'zi
mukammallashtirish, ro'yobga chiqarish, boshqarish, baholash, o'zigao'zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot
bosqichidir. Shuning uchun ichki va tashqi taqlidni tushunish hamda
bosqichma-bosqich egallab borish — bo'lg'usi mutaxassisning kasbiy
tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir.
Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi — o'zini-o'zi ortiqcha
yoki past baholash tufayli o'ziga va uni qurshab turgan odamlarga
noto'g'ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud
bo'lib, asosan, quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samara beradi:
1) hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizim i orqali muloqot
jarayonining barcha a’zolari o'rtasida insonparvarlik munosabatlarini
tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga
keltirish;
2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay
mavqeini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari
to'g'risidagi axborotni egallashiga oid maxsus mashg'ulotlarni
uyushtirish.
4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo'ljallangan
ishbilarmonlik o'yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
L. S. Vigotskiy, A.N. Leontev, A.R. Luriya, D.B. Elkonin tadqiqotlariga ko‘ra, bolaning dastlabki ijtim oiy ehtiyojlaridan biri bu
— muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V. Zaporojes va M .l. Lisina
izlanishlarida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga
kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlarda rivojlanib boradi:
1) e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo'ladi;
2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug'iladi;
3) awalgi barcha ehtiyojlarning kattalar tomonidan hurmat
qilinishiga ehtiyoj tug'iladi;
4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o'zaro
bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
Inson o'zini idora qilish, turli vaziyatlarda o'zini tutish fazilatlari
o'zlashtirilayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamkorlik
jarayonida ma’lum yutuqlarga erishadi:
1. Ijtimoiy hodisalaming tashqi voqe bo'lishi ichki ruhiy holat va
uning mazmunini aks ettirib ikki tomonlama aloqa tufayli mazkur
jarayon yuzaga keladi.
2. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi obyektlarga yo'naltirilganligi va
to'planganligi tu rli omillar ta’siri tufayli samaradorlik darajasini
pasaytiradi, asabiy holat ishchanlikni kamaytirib, muloqot maromiga
putur yetkazadi.
3. Inson o'zini erkin, ozod, bemalol his etish hislatini o'zlashtirishi
uchun jismoniy keskinlik, asabiy taranglik, aqliy zo'riqish orqali
ko'zlangan maqsadiga yetishi mumkin (E. G'oziyev. Muomala
psixologiyasi. T.2001 23-bet)
Download 21.53 Kb.




Download 21.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Muloqot psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Download 21.53 Kb.