• Kirish Mavzuning dolzarbligi.
  • О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti




    Download 277.15 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana23.06.2023
    Hajmi277.15 Kb.
    #75284
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    ish joylarini tashkil etish ixtisoslashtirish va rejalashtirish
    1483469716 67083 (Автосохраненный), Mustaqil talim.-3, 688803-2, IMG 20221001 0002, 1-ma\'ruza (1), 463, 10-Ma\'ruza. Quyosh energiyasi, 3-Ma\'ruza. Elektr stansiyalari, iSpring Suite.-WPS Office, 22, MULTIMEDIA TEXNALOGIYALARI 3 MI, o-rta-osiyo-mutafakkirlarining-matematika-sohasi-rivojida-tutgan-o-rni, Fizikadan Mustaqil ish Mirkamol, 89062


    О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM 
    VAZIRLIGI 
     
    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
     
    TARIX VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
     
    IQTISODIYOT VA SERVIS KAFEDRASI 
    “Mehnat bozori iqtisodiyoti”fanidan 
    KURS ISHI 
    Mavzu: ISH JOYLARINI TASHKIL ETISH, IXTISOSLASHTIRISH VA 
    REJALASHTIRISH
     
    Bajardi: “Mehnat iqtisodi va sotsiologiyasi” ta‟lim yо„nalishi 3-bosqich
    talabasi Rahmatov Ruyiddin 
    Ilmiy rahbar: O. Jo’rayev 
     
    Qarshi-2014 


    REJA: 
    Kirish. 
    Asosiy qism 
    1. Ish joylari va ularning turkumlanishi (klassifikatsiyasi) 
    2. Ish joyining tashkil etilishi
    3. Ish joylarining ixtisoslashtirilishi
    4. Ish joylarini rejalashtirish 
    5. Ish joylarini uskunalash va jihozlash 
    6. Ish joylariga xizmat kо„rsatishni tashkil etish 
    Xulosa 
    Foydalanilgan adabiyotlar 


    Kirish 
     
    Mavzuning dolzarbligi. Kelajagi buyuk davlat hisoblangan О„zbekiston 
    qudrati, birinchi navbatda, iqtisodiyoti kundan-kunga yuksalib, xalqaro maydonda 
    munosib va salmoqli о„rin egallab bormoqda. О„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
    I.A.Karimov О„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va 
    Senatining 
    qо„shma majlisidagi ma‟ruzasida О„zbekiston Respublikasi 
    iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida tо„xtalib “... bizning yaqin istiqboldagi 
    eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste‟mol 
    talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq 
    tо„lashni yanada oshirish, xizmat kо„rsatish sektorini, infratuzilma obyektlarini 
    rivojlantrishga, transport va kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga 
    alohida e‟tibor berishdir”
    1
    deb ta‟kidlab о„tdilar.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida О„zbekiston xalqi makro va mikro 
    iqtisodiyotga tegishli, ayniqsa, ishlab chiqarish korxonalarida xо„jalikni yuritish, 
    undagi xodimlarning mehnatini tashkil etish va boshqarish sohalarida sezilarli 
    tajriba tо„plamoqdalar. Har bir mamlakatda ilg„or ishlab chiqarish tajribasi 
    umumxalq boyliklaridan biri bо„lib, ishlab chiqarish va xizmat kо„rsatish 
    samaradorligining bitmas-tuganmas manbai hisoblanadi. Bozor munosabatlariga 
    tо„la о„tgan va iqtisodiy hamda moddiy rag„batlantirish yaxshi yо„lga qо„yilgan 
    (davlat yoki nodavlat korxonaligidan qat‟i nazar) xо„jaliklarda shaxsiy, jamoa, va 
    ijtimoiy manfaatlar bir-biriga zid kelmaydi, balki ularning garmonik qо„shilishlari 
    uchun imkoniyat yaratiladi. Bu esa xodimlarni о„z tajribalarini bir-birlari bilan 
    о„rtoqlashishga, eng yaxshilaridan respublika kо„lamida foydalanishga chorlaydi. 
    Ma‟lumki, ishlab chiqarish jarayoni – bu, avvalo mehnat jarayonidan iborat 
    bо„lib, u kishi mehnati, mehnat predmeti va mehnat vositalarini о„z ichiga oladi. 
    Mehnat 
    _
    kishilarning ma‟lum bir maqsadga qaratilgan ongli faoliyati bо„lib, bu 
    faoliyat natijasida ular tabiatdagi mavjud narsalarni о„zgartirish, о„z ehtiyojlariga 
    moslashtirish orqali moddiy ne‟matlar va madaniy boyliklar yaratadilar. 
    Mehnatning shu tariqa ifoda topgan mohiyati har qanday kishilik jamiyatida ham 
    ishlab chiqarshning asosiy sharti bо„lib qolaveradi. Chunki, mehnatsiz moddiy 
    ne‟matlar yaratilishi, ishlab chiqarish yoki xizmat kо„rsatish jarayonining bо„lishi 
    mumkin emas. 
    Korxonadagi mavjud bо„lgan ilg„or ishlab chiqarish tajribalari mehnat usul 
    va uslublarining о„zgarishida, mehnatni rejalashtirish, uni tashkil etishni 
    yaxshilashda, mavjud jihozlar, mashinalar, mexanizatsiya vositalari va texnologik 
    jarayonlarni, ishlab chiqarishni boshqarish uslublarini takomillashtirishda, 
    iqtisodiy kо„rsatkichlarni yaxshilashda о„zining aniq ifodasini topadi. Bundan 
    tashqari, ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rejalashtirish ayrim yangilik 
    yaratuvchilarning, ixtirochilarning ishini takomillashtirish tо„g„risidagi taklifida 
    ham ifodalanishi mumkin. Bunga misol tariqasida mahsulot sifatini yaxshilash, 
    1
    I.A.Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
    rivojlantirish konsepsiyasi: О„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qо„shma 
    majlisidagi ma‟ruzasi. T.: О„zbekiston, 2011. – 53 b. 


    xom ashyolarni tejash yuzasidan makroiqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi 
    kо„pgina ilg„or korxonalar umumiylashtirgan tajribani keltirsa bо„ladi. 
    Shuni ta‟kidlash lozimki, ishlab chiqarish, mehnat jarayonlarini о„rganish 
    hamda ularni yanada takomillashtirish – bu, obyektiv jarayondir. Sababi, eng 
    takomillashgan, mukammallashgan va nihoyat, eng samarali mehnat uslublari yoki 
    bо„lmasa operatsiyaning u yoki bu elementlarini (usul, harakat, qimirlashlarni) 
    bajarish usullari, ishlab chiqarish, texnika, texnologik, psixofiziologik va boshqa 
    bir qancha tashqi va ichki omillarga, xodimga bog„liq yoki bog„liq bо„lmagan 
    hamda tо„xtovsiz о„zgarib turadigan kо„pdan-kо„p omillar ta‟siri natijasida ma‟lum 
    vaqt о„tishi bilan yoki takomillashadi, eng samarali va foydali bо„ladi yoki 
    bо„lmasa, eskiradi, yangisi bilan almashtiriladi va takomillashtiriladi.
    Ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat kо„rsatish mehnatni tashkil etish 
    va normalashning eng muhim yо„nalishlaridan biridir. Mehnat qanday shaklda 
    bо„lmasin, doim xodimning ish joyida qiladigan harakatlar yig„indisidan iborat 
    bо„ladi. Demak, mehnat samaradorligi ish joyini tashkil etish va unga xizmat 
    kо„rsatish holati hozirgi zamon talablari darajasiga tо„la javob berishiga ham 
    bog„liq. 
    Har bir xodim yoki rahbar о„ziga yuklatilgan vazifani muvaffaqiyatli 
    bajarish uchun uning ish joyi tо„g„ri tashkil etilgan bо„lishi kerak. Texnika va ish 
    kuchidan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, tayyorlangan 
    mahsulotning yoki kо„rsatilgan xizmatning sifatini yaxshilash va tannarxini 
    pasaytirish kо„p jihatdan ish joyining tо„g„ri tashkil etilishiga bog„liq. Korxonadagi 
    ish joyi mehnatni tashkil etish tizimining g„oyat muhim bug„inidir, chunki u har bir 
    xodimning о„z mehnatini bevosita sarf qiladigan ishlab chiqarish maydonidir. 
    Tabiiyki, bunda sarf qilinadigan mehnatning samarali bо„lishi shu maydonning 
    yaxshi, maqsadga muvofiq va qulay tashkil etilishiga bog„liq. 
    Ilmiy asoslangan mehnat normalari va normativlari ilg„or ishlab chiqarish 
    (xizmat kо„rsatish) tajribalaridan kelib chiqqan holda ma‟lum bir konkret sharoit 
    uchun mо„ljallangan bо„ladi. Shuning uchun ham xodimlarning ish vaqtidan 
    foydalanishini о„rganish, kuzatish bilan bir qatorda ish joyini tashkil etish, rejalash, 
    loyihalashtirish, xizmat kо„rsatish, jihozlash va uskunalash, ixtisoslashtirish, 
    mehnat xavfsizligi va sanitariya-gigiyena sharoiti, ishlash va dam olish tartiblari 
    ham batafsil о„rganiladi. Ish joyining holatini о„rganish esa mehnatni tashkil qilish 
    elementlarini ishlab chiqish va joriy etishga imkoniyat yaratadi, dam olish uchun 
    zarur bо„lgan ish vaqti sarfi miqdorini normalash uchun ma‟lumotlar beradi, ish 
    joylarini loyihalashga qо„yiladigan talablarni aniqlaydi. 

    Download 277.15 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 277.15 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti

    Download 277.15 Kb.
    Pdf ko'rish