О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti




Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana23.06.2023
Hajmi277.15 Kb.
#75284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ish joylarini tashkil etish ixtisoslashtirish va rejalashtirish
1483469716 67083 (Автосохраненный), Mustaqil talim.-3, 688803-2, IMG 20221001 0002, 1-ma\'ruza (1), 463, 10-Ma\'ruza. Quyosh energiyasi, 3-Ma\'ruza. Elektr stansiyalari, iSpring Suite.-WPS Office, 22, MULTIMEDIA TEXNALOGIYALARI 3 MI, o-rta-osiyo-mutafakkirlarining-matematika-sohasi-rivojida-tutgan-o-rni, Fizikadan Mustaqil ish Mirkamol, 89062
 
 


1. Ish joylari va ularning turkumlanishi (klassifikatsiyasi) 
 
Ishlab chiqarish hududining bitta ish bajaruvchiga yoki bir guruh ishchilarga 
ajratib berilgan hamda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat kо„rsatish uchun 
kerakli bо„lgan mehnat qurollari va mehnat predmetlari bilan yetarli ta‟minlangan 
maydoni (uchastkasi) ish joyi, deb ataladi. 
Har bir ish joyi ish vaqtini, aqliy va jismoniy kuchni kam sarflab, yuqori 
unumli va samarali ish qilishga maksimal darajada moslashtirilgan bо„lishi lozim. 
Ish joylarini tashkil etish choralari deganimizda ularni asosiy texnologik 
uskunalar, texnologiya jihozlari, transport vositalari, ish uchun jihoz - mebel, aloqa 
va signalizatsiya vositalari bilan yetarli ta‟minlashni tushunamiz. 
Bundan tashqari, ish joyida mehnatni tashkil etish bu boradagi usul va 
uslublarni takomillashtirishni, mehnat uchun qо„lay shart - sharoit yaratilishini 
hamda mehnatni tashkil etishning boshqa elementlarini amalga oshirishni kо„zda 
tutadi. Bu tadbirlar, eng avvalo, asbob - uskunalardan yaxshi foydalanishga, 
unumli ishni ta‟min etishga, ishlab chiqarish davrini qisqartirishga yordam beradi. 
Ish joylari shu yerda bajariladigan mehnatning о„ziga xos xususiyatiga, 
ishlatiladigan asbob-uskunalarga, birgalashib ishlovchi xodimlar soniga, ish 
joylarini ixtisoslashtirish darajasiga, kо„chish va kо„chmasligiga, qayerda 
joylashganiga qarab bir-biridan farq qiladi. 
Mehnat xarakteriga qarab, ish joylari qо„l kuchi ishlatiladigan
mexanizatsiyalashtirilgan, mashinalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ish joylariga 
bо„linadi. qо„l kuchi ishlatiladigan ish joyining xarakterli xususiyati shundaki, 
unda xodim texnologik jarayonlarni eng sodda(oddiy) asboblar va uskunalar 
ishlatish vositasida bajaradi. Tikuvchilik korxonasidagi bichuv qaychisi bunga 
misol bо„lishi mumkin. Bichuvchi о„z ishini qaychi ushlab, faqat qо„l kuchi bilan 
bajaradi yoki bо„lmasa jihozning qismlarini va uzellarini qо„l bilan yig„ish haqida 
ham shunday deyish mumkin. 
Bunday ish joylarida bajariladigan ishlar, xizmatlar nafaqat о„zlarining 
sermehnatligi bilan ajralib turadi, bunday ish joylarida, odatda, mehnat 
samardorligi (unumdorligi) ham uncha yuqori bо„lmaydi. Shuni ham eslatish 
joizki, ishlab chiqarish yoki xizmat kо„rsatish sohasidan qо„l kuchi ishlatiladigan 
ish joylarini mutlaqo yо„qotib bо„lmaydi. Hatto tо„la avtomatlashtirilgan 
jarayonlarda ham avtomatik tizimni rostlash (naladka) va tartibga solish 
(regulirovka) kabi ishlar kо„p hollarda qо„lda bajariladi. 
Mexanizatsiyalashtirilgan ish joyida ishlab chiqarish, xizmat kо„rsatish 
operatsiyalari mexanizmlar vositasida amalga oshiriladi. Bu yerdagi mexanizmlar 
kishi qо„li bilan harakatga keltiriladi va u mashina-qо„l kuchi ishlatiladigan ish joyi 
deb ataladi. Tikuv mashinasida tikish, metallsozlik va yog„ochsozlik jihozlarida 
qismlarni (detallarni) qо„lda uzatib ishlash va h.k.lar bunga misol bо„la oladi. 
Bu holdagi ish joylarining о„ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, xodim ish 
joyida ishlatilayotgan xom ashyolarning о„zgarishiga о„z kuchini sarflamaydi, 
ularga ta‟sir о„tkazmaydi, faqatgina yordamchi ishlar, mexanizatsiyalashgan ish 
joylarida texnologik jarayonlar mashina yoki mexanizmlar yordamida amalga 
oshiriladi. Xodimlar bu jarayonlarda bevosita qatnashadilar, lekin ularning 


faoliyatlari asosan mehnat vositalarini boshqarishga (xom ashyolarni jihozga 
о„rnatish, jihozlarni yurgizish va tо„xtatish, mashina (jihoz) mexanizmlarining 
ishlashini nazorat qilish, tayyorlangan mahsulot yoki bajarilgan xizmatning sifatini 
tekshirish, ishlov berilgan qismlarni, tayyor mahsulotlarni jihozlardan tegishli 
joyga olib qо„yish kabi ishlarga) qaratilgan bо„ladi. 
Texnologik jarayon oldiga kuygan maqsadga mashina vositasida erishilsa
ishchining vazifasi mashinani qо„l bilan boshqarib borishdangina iborat bо„lsa, 
bunday о„ringa, mashinalashtirilgan ish joyi, deyiladi. Misol tariqasida Toshkent 
tо„qimachilik mashinosozligi korxonasidagi tokarlik-karusel stanogini kо„rsatish 
mumkin. Bunda barcha ishlab chiqarish operatsiyalarini mexanizm bajaradi, ishchi 
esa tugma (knopka)li mexanizm orqali jihozning ayrim qismlarini idora qiladi, 
xolos. 
Avtomatlashtirilgan ish joyida detallarga ishlov berish bilan bog„liq bо„lgan 
barcha ishlar, ularning ishlov berilgan qismini kо„chirish, ish sifatini nazorat qilish, 
shuningdek, mashinaning о„zini idora qilish ham avtomatlashtirilgan bо„ladi. 
Ishchi esa avtomatik jihozlarni yuritish, tо„xtatish, mexanizmlarining tо„g„ri 
ishlashini, о„z vaqtida ish bilan ta‟minlab turilishi va tayyor mahsulotlarning 
tushirilishini hamda nazorat-о„lchov apparatlari kо„rsatkichlarini nazorat qilib 
(kuzatib) turadi, xolos. 
Jihozning avtomatik ishlash vaqti ancha davomli bо„ladi. Bunday holat esa, 
о„z navbatida, bir xodim tomonidan kо„p avtomatik-jihozlarga xizmat kо„rsatish 
imkoniyatini yaratadi.
Birgalikda ishlovchi ishchilar soniga qarab, bitta ishchi ishlaydigan yakka 
ish joylari va bir necha ishchi ishlaydigan jamoa yoki brigada ish joylari bо„ladi. 
Ixtisoslashtirilganlik darajasiga qarab, ish joylari yakka, seriyali va ommaviy 
turlarga bо„linadi. Ishlab chiqarish turiga qarab, har bir ish joyiga ma‟lum 
hajmdagi ishlab chiqarish operatsiyalari biriktiriladi. Shu munosabat bilan ish 
joylari ixtisoslashtirilgan, universal va maxsus ish joylariga ajratiladi. 
Kо„chish-kо„chmasligiga qarab, ish joylari statsionar va kо„chma ish 
joylariga bо„linadi. Masalan, tо„quv korxonasidagi buyoqchining ish joyi statsionar 
bо„lsa, avtomobil mashinasiga о„rnatilgan ta‟mirlash ustaxonalarida, radio-
televedeniye ishxonalaridagi ish joylari kо„chma ish joyi bо„ladi. 
Yuqorida kо„rsatilganlaridan tashqari, boshqa xil ish joylari ham bor. 
Masalan, ishlab chiqarish turlariga qarab bо„linadigan asosiy, qо„shimcha, 
yordamchi ish joylari, smenalar soniga qarab, bir smenali, kо„p smenali, 
shuningdek, xodimning ish vaziyatiga qarab, о„tirib, tik oyoqda, goh о„tirib, goh 
tik oyoqda ishlaydigan, joylashgan о„rniga qarab bino ichidagi, ochiq havodagi, 
balandlikdagi, bino ostidagi va h.k. ish joylari bо„ladi. 
Ish joylarida xizmat kо„rsatiladigan jihozlar soniga qarab, bir jihozli yoki 
kо„p jihozli ish joylari bor. Bir jihozli ish joylari mashinasozlik va metallsozlik 
korxonalariga mos bо„lib, kо„p jihozli ish joylari sanoatning tо„qimachilik, trikotaj, 
yengil va oziq-ovqat tarmoqlaridagi korxonalarda keng tarqalgandir. Ishlab 
chiqarish yoki xizmat kо„rsatish operatsiyalarining qaytarilib turishiga va ishlab 
chiqarish turlariga (tiplariga) qarab, yakka, seriyali, mayda va katta seriyali hamda 
ommaviy ishlab chiqarish ish joylari mavjud. 


Ish joylari shu joydagi mehnat xarakteriga karab chilangar, payvandchi, 
yig„uvchi, operator, muhandis, texnik, tо„quvchi, bо„yoqchi kabi ish joylariga 
bо„linadi.
Umuman olganda, har qanday ish joyi ham quyidagi asosiy talablarga javob 
berishi joiz: 
1. Ish joyini tashkil etishda amaldagi sanitariya normalariga, uskunalardan 
foydalanish, texnika xavfsizligi, sanoat estetikasi va h.k.lar tо„g„risidagi 
kо„rsatma va qoidalarga tо„la rioya qilinishi zarur. 
2. Ish joyi maydonining hajmi oldindan puxta hisoblab belgilanishi, ishni 
ijro qiluvchi kishi amallarni siqilmasdan, erkin harakat qilib bexavf 
bajaradigan, bu jarayonda va umuman, asbob-uskunalardan, jihozlardan, 
xom ashyolardan foydalanishda maydon doirasida bir joydan ikkinchi 
joyga bemalol jila oladigan bо„lishi shart. 
3. Signal va aloqa tartibi (sistemasi) ijrochi bilan usta (rahbar)ning hamda 
ijrochi bilan sex ichidagi xodimlarning bir-birlari bilan doim xabarlashib 
turishlarini ta‟min etadigan bо„lishi zarur. 
4. Asosiy va yordamchi asbob - uskunalar va moslamalar ijrochini ortiqcha 
harakat qildirmaydigan, ulardan foydalanishda hech qanday xavf-xatar 
tug„dirmaydigan, ish yoki xizmat kо„rsatish uchun qulay keladigan qilib 
joylashtirilishi kerak.

Download 277.15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti

Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish