Ish joylariga xizmat kо‘rsatishni tashkil etish




Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana23.06.2023
Hajmi277.15 Kb.
#75284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ish joylarini tashkil etish ixtisoslashtirish va rejalashtirish
1483469716 67083 (Автосохраненный), Mustaqil talim.-3, 688803-2, IMG 20221001 0002, 1-ma\'ruza (1), 463, 10-Ma\'ruza. Quyosh energiyasi, 3-Ma\'ruza. Elektr stansiyalari, iSpring Suite.-WPS Office, 22, MULTIMEDIA TEXNALOGIYALARI 3 MI, o-rta-osiyo-mutafakkirlarining-matematika-sohasi-rivojida-tutgan-o-rni, Fizikadan Mustaqil ish Mirkamol, 89062
 
6. Ish joylariga xizmat kо‘rsatishni tashkil etish 
 
Ish joylariga xizmat kо„rsatish tizimi ish joylarini tashkil etishning muhim 
elementidir, chunki sex, uchastka va ayrim ish joyining mо„tadil ishlashi uchun 
ularga tо„g„ri va samarali xizmat kо„rsatishni, ya‟ni ularni asbob-uskunalar, 
instrumentlar, materiallar, xom ashyo, yarimfabrikat, elektr energiya va h.k.lar 
bilan uzluksiz ta‟minlab turishni tashkil etish zarur. Bunda korxonaning 
strukturasiga qarab xizmat kо„rsatish sex yoki umumzavod kо„lamidagi yordamchi 
tarmoq orqali olib boriladi. Agar ishchi xomaki material, asbob-uskunalar bilan о„z 
vaqtida ta‟min etilmasa, uskunalar vaqtida ta‟mirlanmasa, transport betartib 
ishlasa, yuqori mehnat unumiga erishib bо„lmaydi. Masalan, Toshkent va Farg„ona 
tо„qimachilik kombinatlarini tekshirish natijalari shuni kо„rsatadiki, bekor sarf 
qilingan ish vaqtining deyarli yarmi ish joyi qoniqarsiz tashkil etilganligi bilan 
bog„liqdir. Xolbuki, ish joyi tо„g„ri tashkil etilganida barcha funksiyalar bо„yicha 
ish vaqtining isrof bо„lishiga yо„l qо„ymaslik,har bir ish joyida mо„tadil mehnat 
maromini ta‟min etish mumkin bо„lar edi.
Ish joyiga xizmat kо„rsatishning butun tizimi kо„p jihozlarda ishlash tartibi 
keng qо„llaniladigan korxonalarda, ayniqsa, muhimdir. Xom ashyo yoki 
yarimfabrikatlar, yordamchi materiallar, idishlar zahirasi, chizmalar, mexanika 


hujjatlari va h.k.lar о„z vaqtida, ish tо„xtab qolishidan oldin yangilab olinishi zarur. 
Tayyor mahsulot va ishlab chiqarish chiqitlari ish joyida taxlanib yotmasligi, ular 
о„z vaqtida tashib olib ketilishi, uskunalar esa oldindan tuzilgan grafik asosida 
ta‟mirlanishi lozim va h.k.lar. 
Ish joyidagi barcha materiallar mashina va xodimlarning uzluksiz ishlab 
turishini tо„la ta‟min etadigan miqdorda bо„lishi kerak. Lekin yuqorida aytib 
о„tganimizdek, ortiqcha taxlanib ham turmasligi lozim, chunki keragidan oshiq 
bо„lsa, yо„laklar tо„silib, ish joyida tartibsizlik sodir bо„ladi, kо„p jihozda ishlash 
sharoitida ortiqcha materiallar, ayniqsa, ishga xalal beradi. Masalan, yigirish 
fabrikasida yarimfabrikatlar kо„p taxlanib qolsa, ularni tivit, chang bosib ketadi, 
natijada kо„pincha buzilib, keyinchalik yaroqsiz bо„lib qoladi. 
Xizmat kо„rsatishda qaysi bir shaklning samaradorligini ayrim xizmat 
funksilarini bajaruvchi ishchilarning ish bilan qay darajada bandligiga qarab 
aniqlash 
mumkin. 
Masalan, 
taransport 
xodimlaridan 
bir 
joyda 
tо„la 
foydalanilmasdan, boshqasida ular yetishmaydigan bо„lsa, ularni uchastkalar 
о„rtasida qaytadan taqsimlash yoki transport xizmatini sex yoxud korxona 
kо„lamida markazlashtirish lozim bо„ladi. Xizmat kо„rsatishning biron funksiyasi 
sexning sо„rovnomasi bо„yicha qilinadigan (masalan, jihozning yog„ini 
almashtirish zarur bо„lib qolganida navbatchi moylovchi chaqirilsa) navbatli 
xizmat bо„ladi, ammo oldindan tuzilgan grafikka muvofiq xizmat rejali ravishda 
kо„rsatilsa, u reglamentga solingan xizmat bо„ladi (masalan, uskunalarni moylash, 
yangi moy quyish ishi moylovchi maxsus chaqirilmasdan ma‟lum vaqtlarda 
qilinadi, xom material ishlatib bо„linishiga qarab emas, balki grafik bо„yicha ish 
joyiga keltiriladi). 
Reglamentga solingan xizmat kо„rsatish xiyla progresivdir, chunki u 
ehtiyotkorlik xarakteriga ega bо„lib, ish vaqti kamroq isrof qilinadi, uskunalar 
bekor turmaydi, belgilangan ishlab chiqarish maromi saqlanadi. 
Ish joyiga xizmat kо„rsatishning u yoki bu uslubini qо„llanishi ishlab 
chiqarish xarakteriga va turiga bog„liqdir. 
Ommaviy ishlab chiqarishda, ayniqsa, uzluksiz ishlab chiqarish usuli tashkil 
etilgan joyda, odatda, ish joyiga grafik-jadval bо„yicha xizmat kо„rsatishning 
majburiy tartibi о„rnatiladi; bu grafikka muvofiq instrumentlarni almashtirish, 
uskunalarni ta‟mirlash, buyumni keyingi operatsiyaga topshirishga va h.k. ishlar 
reglamentda belgilangan muddatlarda majburiy ravishda bajariladi. 
Seriyali ishlab chiqarishda ish joyiga xizmat kо„rsatishning rejali-
ehtiyotkorlik tartibi mavjud. Bunda buyumlarning yangi turkumini ishlab chiqara 
boshlash kalendar rejasiga muvofiq ish joylarini materiallar, asbob-uskunalar, 
moslamalar va h.k.lar bilan о„z vaqtida ta‟minlash muddatlari oldindan belgilab 
qо„yiladi. 
Ish joylariga xizmat kо„rsatishni tashkil etishda ishlab chiqarishdagi asosiy 
xodimlar muhim о„rin tutadi. Odatda, aosiy mehnat funksiyalarini bajarish 
jarayonida asosiy ishchi ishidan bir oz bо„shab qolgan paytlar bо„ladi. Bunday 
holat har xil va turli sabablarga kо„ra, kо„pincha texnologik jarayonni qizg„inlik 
bilan kuzatish va h.k.lar tufayli yuz beradi. Agar asosiy xodimni bunday paytlarda 
boshqa ish bilan chalg„itish texnologiya jarayoniga xalaqit bermaydigan bо„lsa, 


unga о„z ish joyiga xizmat kо„rsatish yuzasidan ma‟lum funksiyalarni topshirish 
mumkin. Ammo asosiy xodimlar bajaradigan funksiyalarning, yuqorida 
aytilganidek, aniq belgilab berilishi yordamchi xodimlar ish joylariga xizmat 
kо„rsatishni tashkil etish ishini takomillashtirib borishning ahamiyatini mutlaqo 
pasaytirmaydi; mahsulot tayyorlash bilan bevosita band bо„lgan asosiy ishlab 
chiqarish ishchilariga uzluksiz va samarali xizmat ana shu yordamchi, kо„makchi 
xodimlar ishiga bog„liqdir. Shu sabali xizmat kо„rsatish bilan band bо„lgan 
yordamchi, kо„makchi ishchilar ish kunidan tо„la foydalanishlari lozim. Bunga esa, 
birinchidan, yordamchi xodimlarning mehnat sarflarini mehnat normalari asosida 
aniq tartibga solish yо„li bilan va ikkinchidan, xizmat kо„rsatish funksiyalarining 
о„rindoshligi tufayli erishiladi. Shu bilan birga, har bir funksiyaning hajmi, bajarish 
tartibi va muddatini aniq kо„rsatish va yordamchi xodimlarni moddiy 
rag„batlantirish kо„rsatkichlarini belgilash zarur. Bu esa ish joyiga xizmat 
kо„rsatish yuzasidan bо„lgan har xil ishlarni о„z vaqtida va muddatidan oldin 
bajarish uchun yordamchi xodimlarning qiziqishlari va shaxsiy javobgarliklarini 
oshiradi. 
Shunday qilib, ish joyi ishlab chiqarish jarayonining asosiy bо„g„ini bо„lib, 
uning tо„g„ri tashkil etilishi har bir ishxonada mehnatni tashkil etishning bosh 
elementidir. Yana shuni ham nazarda tutish kerakki, ish joyida mehnatni tashkil 
etish tadbirlarini ishlab chiqishda u mehnatni tashkil etish elementi sifatida emas, 
balki uning obyekti sifatida maydonga chiqadi. Faqat aosiy xodimning emas, 
yordamchi xodim hamda muhandis-texnik xodim va xizmatchining ham ish joyi 
oqilona tashkil etilishi lozim.

Download 277.15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ish joylariga xizmat kо‘rsatishni tashkil etish

Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish