О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti




Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana23.06.2023
Hajmi277.15 Kb.
#75284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ish joylarini tashkil etish ixtisoslashtirish va rejalashtirish
1483469716 67083 (Автосохраненный), Mustaqil talim.-3, 688803-2, IMG 20221001 0002, 1-ma\'ruza (1), 463, 10-Ma\'ruza. Quyosh energiyasi, 3-Ma\'ruza. Elektr stansiyalari, iSpring Suite.-WPS Office, 22, MULTIMEDIA TEXNALOGIYALARI 3 MI, o-rta-osiyo-mutafakkirlarining-matematika-sohasi-rivojida-tutgan-o-rni, Fizikadan Mustaqil ish Mirkamol, 89062
jihozlar
Bunda 
ish 
joyida 
bajariladigan 
mehnat 
operatsiyalarining uzluksiz davom etishini, samaradorligini, sifatli va qulayligini 
ta‟minlash uchun zarur bо„lgan tashkiliy jihozlar tushuniladi. 
2.Texnologik asbob-jihozlar. Bunda ish joyidagi shunday zarur texnologik 
operatsiyalarni samarali va sifatli qilib bajarish ana shu vositalar yordamida 
ta‟minlanadi. 
Asosiy uskunalarga jihozlar, agregatlar, mashinalar (muhim ish joyidagi), 
masofadan turib boshqarish pultlari, avtomatik liniyalar va h.k. lar kiradi. 
Uskunalar asosan ishlab chiqarish topshiriqlarini eng samarali bajarishni 
ta‟minlash nuqtai nazaridan tanlanadi. Bundan tashqari, uskunalar sanitariya va 
gigiyena, xavfsizlik texnikasi va erganomika talablariga ham javob berishi lozim. 


Yordamchi uskunalarga transportyorlar, aravachalar, yuk kо„taradigan har 
xil moslamalar va ish joyi doirasida kо„chirib yurishni osonlashtirishga 
mо„ljallangan boshqa asboblar kiradi.
Yordamchi uskunalar ish qulayligini, mehnatning tejab-tergab sarflanishini 
ta‟minlashi, ishchi ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishda ortiqcha zо„r 
berishiga yо„l qо„ymasligi kerak. 
Tashkiliy asbob va jihozlarga har xil moslamalar, instrumentlar, yordamchi 
instrumentlar, yordamchi materiallar va hujjatlar saqlanadigan jihozlar, ishlab 
chiqarish mebeli, signal va aloqa vositalari, ihota va saqlanish qurilmalari, ishlab 
chiqarish interyeri kiradi. Tashkiliy asbob-jihozlar, ishlab chiqarish maydonlaridan 
oqilona foydalanilgan holda, о„z funksional vazifalariga muvofiq bо„lishi, shu 
bilan birga tuzilishi va gabariti (kо„lami) bilan ergonomik talablarga javob berishi, 
kishining antropometrik xususiyatlarini hisobga olishi kerak. 
Texnologik asbob-jihozlarga moslamalar va instrumentlar (qirqish, 
tekshirish, о„lchash asboblari va yordamchi qurollar) kiradi. Moslamalar tuzilishi 
jihatidan ishlash uchun qulay bо„lishi, jismoniy kuchning tejalanishini, mehnat 
predmetlarini о„rnatish, chiqarish, birkitish va bо„shatish oson bо„lishini, shovqin 
va vibratsiya bо„lmasligini ta‟minlashi lozim. 
Kо„p dastgohchi xodimlarning ish joylari yordamchi ishchilarni chaqirib 
olishga imkon beradigan signalizatsiya vositalari bilan jihozlanishi kerak. 
Signalizatsiya qurilmasi xizmat kо„rsatadigan ish joylarining soniga qarab yakka 
(individual) yoki guruhli bо„lishi mumkin. Kо„p dastgohli ish sharoitida individual 
signalizatsiya bо„lgani yaxshi. 
Signalizatsiya-signal berish usuliga qarab ovozli, vizual va vizual-ovozli 
bо„ladi. Masalan, tо„qimachilik ishxonalarida shovqin kо„p bо„lganligi sababli, 
odatda, bayroqchalar, rangli doiralar va signal chiroqlari yordamida vizual 
signalizatsiya ishlatiladi. 
Mashinalarda uni boshqarayotgan xodimga texnologik jarayon qanday 
о„tayotgani haqida signal berib turadigan moslamalar borligi, ayniqsa, kо„p jihozli 
ishda mashinalarga xizmat kо„rsatishni ancha osonlashtiradi. Hozirgi titib-
yumshatish agregatlaridagi qorishtirib ta‟minlagichlar, masalan, ishchiga paxta 
yuborish yoki tо„xtatish kerakligini xabar qiladigan yorug„lik signalizatsiyasi bilan 
jihozlangan bо„ladi. Mashinalarda ularni tо„xtatish haqida xabar beruvchi 
signalizatsiya borligi kо„p stanokchiga ancha mashinalarga xizmat kо„rsatganida 
ham marshrut ish uslubiga nisbatan tо„g„ri kelish tanaffuslarini ancha kamaytirib, 
qorovullash uslubini ishlatish imkonini beradi. 
Konstruktorlar jihozlarda ularga xodimlar tomonidan xizmat kо„rsatishni, 
ularni ta‟mirlashni va sozlashni yengillashtiradigan har xil moslamalar bо„lishini 
nazarda tutishlari kerak. Mashinalarning organlari oddiy va qulay tuzilgan, 
ortiqcha harakat, kuch va yurish talab etmaydigan qilib joylashtirilgan bо„lishi 
lozim. Masalan, mashinaga bir - biridan katta oraliqdagi bir nechta joyda xizmat 
kо„rsatish talab qilinadigan bо„lsa, uni tо„xtatish yoki yurgizib yuborish imkoniyati 
ham kо„p yо„l bosib о„tmaydigan bir nechta joyda bо„lishi kerak. Masalan, ishga 
tushirish qurilmalari tо„quv jihozlarida peshtо„siq tomonda ham, orttо„siq tomonda 
ham bо„lishi zarur. 


Kо„p stanokchilar xizmat kо„rstadigan mashinalar, ayrim mexanizmlar sinib 
qolishi yoki sifatsiz mahsulot chiqishining oldini oladigan moslama va 
mexanizmalr bilan jihozlangan bо„lishi kerak. Ayniqsa, xodim kо„p jihozlarga 
xizmat kо„rsatganda ularning har birida jarayonni uzluksiz kuzatib bora olmaydi, 
shuning uchun faol kuzatish zaruriyati minimumgacha kamaytirilishi kerak. Shu 
maqsadda, masalan, pilik mashinalarida о„z-о„zini tо„xtatgichlar ishlatiladi. Yoki 
pilik mashinalarida avtomatik tо„xtatgich bо„lmasa, pilik uzilganda tayyorlangan 
matolarda chala tо„qilish sodir bо„lishi va pilikchining xizmat kо„rsatish 
imkoniyati cheklanib qolishi mumkin. 
Sog„lom va xavfsiz mehnat sharoiti ish jarayonlarini xavfsizlik texnikasi 
vositalari (tо„siqlari va h.k.), kerakli yoritish priborlari, ventilyatsiya va shu kabilar 
bilan jihozlashni talab qiladi. Bino ichidagi havoning toza bо„lishi ishlab chiqarish 
yoki xizmat kо„rsatish korxonalarida xodimlarning salomatligi uchun ham, 
texnologik jarayonning normal о„tishi uchun ham muhim ahamiyatga ega. 
Ish joylarida xodimning faoliyat kо„rsatish jarayonida zо„riqishni 
kamaytiradigan moslamalar bо„lishi kerak. Balandlikdagi xom ashyolarga yoki 
mashina qismlariga qо„l yetishi, ortiqcha yoki qiyin harakatlar qilishni bartaraf 
etish uchun ishlovchi oyog„i tagiga qо„yiladigan panjara tagliklar, xom ashyolar 
qо„yadigan tokchalar yoki javonlar; о„tirish balandligini tо„g„rilash uchun buralib 
kо„tariladigan stullar, ish zonasi, kо„chma stullar yoki rolikli о„rindiqlar, tirsak 
qо„yadigan suyanchiqlar va shu kabi moslamalar bо„lishi zarur. 
Shunday qilib, ish joylarini eng mukammal mehnat vositalari bilan 
qurollantirish mehnat unumdorligini muttasil о„stirib, ishlab chiqarish yoki xizmat 
kо„rsatish samaradorligini oshirib, mahsulot va xizmat sifatini yaxshilab, 
tannarxini pasaytira borishning eng muhim shartlaridan biridir.  

Download 277.15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti

Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish