|
Nt davlat agrar unversiteti agrologistika va biznes fakultiteti
|
bet | 1/2 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #108858 |
Bog'liq muhammadqodir (1)
TOSHKЕNT DAVLAT AGRAR UNVERSITETI
AGROLOGISTIKA VA BIZNES FAKULTITETI
22-134-guruh talabasi To’lqinjonov Muhammadqodirning
MAKROIQTISODIYOT VA MIKROIQTISODIYOT
fanidan
«MEHNAT RESURSLARI, BOZORI, ULARDAN FOYDALANISh VA
MEHNAT UNUMDORLIGI» mavzusidagi
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: MEHNAT RESURSLARI, BOZORI, ULARDAN FOYDALANISh VA MEHNAT UNUMDORLIGI - Reja:
- 1. Mehnat resurslari va mehnat unumdorligining qishloq
- xo’jaligidagi ahamiyati.
- 2. Mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi.
- darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi.
- 3. Qishloq xo’jaligidagi mehnat resurslari, ulardan foydalanish va
- mehnat unumdorligi darajasi.
- 4.Qishloq xo’jaligida mehnat bozori va uni rivojlantirish
masalalari.
- 5. Mehnat resurslaridan foydlanishni yaxshilash, mehnat
- unumdorligini oshirish yo’llari.
- 1. Mehnat resurslari va mehnat unumdorligining qishloq
- xo’jaligidagi ahamiyati
- Mamlakatimizning qishloq xo’jalik mahsulotlariga
bo’lgan barcha talablarini qondirishda jonli va buyumlashgan mehnatning ahamiyati ulkan. Chunki u qiymatni yaratadi, qolaversa, mehnat insonning ongli– maqsadga yo’naltirilgan faoliyatidir. U bilan mehnat predmetlari hamda vositalari uyg`unlashgan holda ish jarayoni amalga oshiriladi. Bu jarayonning mahsuli qiymat hisoblanadi. Demak, talabni qondira olish
qobiliyatiga ega bo’lgan mahsulotlarni yetishtirish,
xizmatlarni bajarish insonning jonli faoliyati (mehnati) bilan mehnat predmetlari va vositalarining maqsadga muvofiq bog`lanishiga bog`liq.
- Qishloq xo’jaligida mehnat tarmoqning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi xususiyatlarga ega:
- mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog`liqligi;
- mehnatdan foydalanishga ishlab chiqarish mavsumiyligining ta'sir qilishi;
- qishloq xo’jaligidagi mehnatning o’simliklar hamda tirik mavjudotlar (hayvonlar, o’simliklar) bilan uzviy bog`langanligi;
- qishloqdagi mehnat saviyasi va bilim darajasining nisbatan pastligi;
- o’simchilik va chorvachilik tarmoqlarida ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilganlik va mexanizatsiyalashtirilganlik hamda elektrlashtirilganlik darajasi pastligi;
- 2. Mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat
|
| |