О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti




Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana23.06.2023
Hajmi277.15 Kb.
#75284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ish joylarini tashkil etish ixtisoslashtirish va rejalashtirish
1483469716 67083 (Автосохраненный), Mustaqil talim.-3, 688803-2, IMG 20221001 0002, 1-ma\'ruza (1), 463, 10-Ma\'ruza. Quyosh energiyasi, 3-Ma\'ruza. Elektr stansiyalari, iSpring Suite.-WPS Office, 22, MULTIMEDIA TEXNALOGIYALARI 3 MI, o-rta-osiyo-mutafakkirlarining-matematika-sohasi-rivojida-tutgan-o-rni, Fizikadan Mustaqil ish Mirkamol, 89062
2. Ish joyining tashkil etilishi 
Odatda, yuqori mehnat unumdorligi (samardorligi)ning asosiy shartlaridan 
biri – bu, ish joyini tashkil etishdir.
Ish joyi - xohlangan ishlab chiqarish yoki xizmat kо„rsatish jarayonining 
dastlabki bо„g„inidir. Bu bо„g„inda ishlab chiqarish jarayonining moddiy - texnika 
predmetlari insonning har xil mehnat faoliyati qо„shilishi va ta‟sir etishi natijasida 
о„z shakli yoki tarkibini о„zgartiradi. Har bir ish joyi uchta element yig„indisidan 
iborat: mehnat predmeti, mehnat vositalari va insonning aniq maqsadga qaratilgan 
faoliyati. Ammo, bu uchala elementning asosiy va harakatlantiruvchi kuchi – 
mehnat, ya‟ni yuqorida kо„rsatilganidek, insonning ma‟lum bir maqsadga 
yо„naltirilgan aniq faoliyatidir. 
Ish joyini tashkil etish deganda,har bir ish joyida yuqori mehnat 
unumdorligiga erishish uchun zarur bо„lgan hamma sharoitlarni ta‟minlash bilan 
bir qatorda, jihozning texnikaviy imkoniyatlaridan tо„la foydalanishni, mehnatning 
mazmunini boyitishni, xodimning sihat-salomatligini ehtiyot qilishni ta‟minlashga 
qaratilgan kompleks tadbirlar rejalarini ishlab chiqish tushuniladi.
Har bir ish joyining maqsadga muvofiq tashkil etilishi ishchi о„z vazifasini 
bajarishiga qulaylik tug„dirishi, ish vaqtining bekor ketmasligini, isrof 
bо„lmasligini ta‟minlashi, ishlab chiqarishda madaniy va sog„lom mehnat 
vaziyatini vujudga keltirishi lozim. 
Ish joyining yaxshi tashkil etilmasligi natijasida ishlab chiqarishda kо„p 
nobudgarchiliklar yuz beradi. Bu nobudgarchliklarning sabablari yuzaki qarashda 
ahamiyatsiz bо„lib kо„rinsa - da, aslida juda xunuk natijalarga olib keladi. 


Masalan, xom ashyolarning noqulay joylashtirilishi natijasida ishchi ortiqcha, 
keraksiz harakatlar qilishga majbur bо„ladi va bunga kо„p vaqt yо„kotadi, qurol - 
asboblar, uskunalar saqlanadigan idishda tartib bо„lmasa, ular aralash - quralash 
bо„lsa, ishchining zarur asbobni qidirib topishga ancha vaqti ketadi, u 
asabiylashadi va h.k.lar. 
Ish joyini tashkil etishda quyidagi asosiy talablarga e‟tibor berish lozim: 
1. Ish joyida zarur uskunlar, qurol-asboblar, xom ashyolar, zarur bо„lganda 
jihoz ham ishchi о„z vazifasini bajarishi uchun yetarli miqdorda taxt turishi kerak. 
Bu ashyolardan bittasining ham yetarli miqdorda bо„lmasligi vaqt bekor 
sarflanishiga sabab bо„ladi. Shuningdek, ularning keragidan ortiqcha bо„lishi ham 
zararlidir. Negaki ortiqcha narsalar xodimlarning о„tish yо„llarini tо„sadi, ortiqcha 
aylanma (oborot) mablag„ talab qiladi, ba‟zi narsalar ishlatilmasdan, uzoq vaqt 
turib qolib, buzilishi, aynishi ham mumkin. 
2. Qurol, asbob va boshqa hamma mehnat buyumlari (predmetlari) 
foydalanish uchun qulay holda joylashtirilishi kerak. Xom ashyolar va materiallar 
ulardan foydalanish joyiga, tez-tez ishlatib turiladigan asbob va uskunalar ish 
joyiga yaqin turishi lozim. 
3. Ish joylariga xizmat kо„rsatish uchun maxsus yordamchi xodimlar 
ajratilishi va ular ish joylarini zarur ashyolar - materiallar va h.k. lar bilan uzluksiz 
ta‟minlab turishlari shart. 
4. Ish joyi ijrochining mehnatini yengillashtiradigan, ish unumini 
oshiradigan va tartibga solib turadigan maxsus moslamalar bilan ta‟min etilishi 
lozim.
Ish joylarining tashkil etilish holatini vizual kuzatuv uslubi bilan bir qatorda, 
oldindan tayyorlangan savolnomalar orqali maxsus sо„rovlar о„tkazish natijasida 
ham о„rganish, bunda quyidagi taxminiy savollardan foydalanish mumkin: 
Ish joylarida faoliyat kо„rsatish davomida ish stolining balandligi va razmeri 
bilan bog„liq bо„lgan qanday noqulayliklar mavjud? 
Ishni о„tirib bajarish mumkinmi (tо„la ish kuni davomida yoki uning ma‟lum 
bir qismi davomida)? 
+anday turdagi jihoz taklif etiladi (о„tirg„ichi tushiriladigan, yig„iladigan 
stol, taburetka va h.k.)? 
+anaqa asbob qо„llanilayapti? U ishlash (foydalanish) uchun qulaymi? 
Uni takomillashtirish bо„yicha qanday takliflar bor? 
Ish joyining yoritilganlik darajasi yetarlimi? Uni yaxshilash uchun nima 
qilmoq kerak? va h.k.lar. 
Ish joyini muvaffaqiyatli ravishda tо„g„ri tashkil etish, uning barcha 
elementlarini, chunonchi, rejalashtirish, jihozlash, xizmat kо„rsatish va 
ixtisoslashtirishdan 
iborat 
elementlarini 
bir-biridan 
ajratmagan 
holda 
mukamallashtirish bilan bog„liqdir. Bu tо„g„rida bunday keyingi mavzularda 
mufassal fikr yuritiladi.
Ish joyini maqsadga muvofiq tashkil etish xodimlarga vazifalarini bajarishni 
yengillashtirishi, vaqti unumsiz sarflanishini bartaraf qilishi, samarali faoliyat 
kо„rsatishi uchun madaniy va sog„lom sharoit yaratishi joiz. 


Har bir ish joyini tashkil etishda unda bajariladigan ish yoki xizmat hajmi, 
mehnat amallarining miqdori va bajarilish tartibi, asbob-uskunalar miqdori, xizmat 
kо„rsatish tizimi, mehnat va ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalashganlik 
darajasi kabi omillar nazarda tutilishi lozim.

Download 277.15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti

Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish