О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti




Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana23.06.2023
Hajmi277.15 Kb.
#75284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ish joylarini tashkil etish ixtisoslashtirish va rejalashtirish
1483469716 67083 (Автосохраненный), Mustaqil talim.-3, 688803-2, IMG 20221001 0002, 1-ma\'ruza (1), 463, 10-Ma\'ruza. Quyosh energiyasi, 3-Ma\'ruza. Elektr stansiyalari, iSpring Suite.-WPS Office, 22, MULTIMEDIA TEXNALOGIYALARI 3 MI, o-rta-osiyo-mutafakkirlarining-matematika-sohasi-rivojida-tutgan-o-rni, Fizikadan Mustaqil ish Mirkamol, 89062
 
4. Ish joylarini rejalashtirish 
 
Ish joylarini rejalashtirish deganimizda, ma‟lum ish joyini ishchi о„z 
vazifalarini bajarayotganda foydalanadigan mehnat qurollari va predmetlarini ishlab 
chiqarish maydonining normativlari, ishlab chiqarish turi va xarakteri, ishlash uchun 
qulay bо„lishi, antropometrik tomonlar, ergonomik talablar hisobga olinib va texnika 
xavfsizligi
ta‟min etilib joylashtirish tushuniladi. 


Ish joyini rejalashtirish – uchastka, bо„lim (sex)ni rejalashtirishning tarkibiy 
elementidir. Shuning uchun ham ish joyini loyihalash va tahlil qilish uchastka
bо„lim (sex)ning rejalashtirish talabalarini e‟tiborga olgan holda olib boriladi. 
Ish joylarini rejalashtirish uch xil - umumiy rejalashtirish, xususiy 
rejalashtirish va ichki rejalashtirishdan iborat. 
Ish joylarini umumiy rejalashtirishda asosan quyidagilar talab etiladi: 
uchastka (sex)ning ishlab chiqarish maydonidan tejab - tergab 
foydalanish; 
uchastka (sex) maydonida yuklar tо„ppa-tо„g„ri yо„l bilan bemalol 
tashilishini yо„lga qо„yish; 
umumiy xavfsizlikni ta‟minlash hamda ish joyini ishlab chiqarish 
sharoiti zararli bо„lgan boshqa ish joylaridan ajratish; 
yuk tashiladigan va xodimlar yuradigan yо„llar imkoni boricha qisqa 
bо„lishi; 
ish joylarini texnologik jarayonning paydar-payligiga muvofiq tarzda 
joylashtirish, transportning о„tish, qaytish yо„llari texnologik oqimiga 
mosligini ta‟minlash; 
ish joyi maydonining belgilanib qо„yilgan normaga muvofiqligini (ishlab 
chiqarish yoki xizmat kо„rsatish binosining hajmi har bir xodimga 
kamida 15 kub metr, ish joyining devor bilan cheklangan maydoni 
kamida 4,5 kv.metr bо„ladi; 
mо„tadil sharoitda ham, avariya vaqtida ham samarali xizmat 
kо„rsatishni, ishlash sharoitining mо„tadilligini ta‟minlash. 
Ish joylarini umumiy rejalashtirishda texnologik jarayon sxemasi, ish 
joylaridagi uskunalar va jihozlar tarkibi hamda hajmi, ish joylarining soni, ish 
joylariga xizmat kо„rsatish tartibi, mehnat predmetlarining hajmi va soni, 
xavfsizlik va sanitariya-gigiyena normalari, ish joylarining xususiy rejalashtirilishi 
va transport vositalari yuradigan yо„llarning kengligi va h.k.lar asos qilib olinadi. 
Ish joylarini xususiy rejalashtirishga qо„yiladigan asosiy talablar 
quyidagilardan iborat: 
ishlash yoki xizmat kо„rsatish uchun qulay sharoit, mehnat xavfsizligi va 
sanitariya normalarini ta‟minlashdan; 
ijrochining yuqori mehnat unumdorligini, shu ishlab chiqarish 
maydonida zarur texnologik va tashkiliy qurol-asboblar, xom ashyo, 
materiallar yoki yarimfabrikatlar bilan uzluksiz mehnat jarayonini tashkil 
etish uchun yetarli darajada ta‟minlashdan; 
ish maydonida ish joyi elementlarini joylashtirishda iqtisodiy va ruhiy-
fiziologik talablarning hammasini hisobga olishdan; 
ijrochining ish maydoni doirasidagi yurish yо„lining eng qisqa bо„lishini 
ta‟minlashdan; 
texnologiya vositalari va tashkiliy qurol-asboblar hamda tez-tez ishga 
solinib 
turadigan 
mehnat 
vositalari 
qо„l 
yetadigan 
yerda 
joylashtirilishidan; 


boshqarish va nazorat predmetlari, shuningdek, uskunalarni darhol 
tuxtatadigan predmetlar kurinadigan va optimal zona doirasida 
joylashtirilishidan; 
ishni yoki xizmatni bajarish jarayonida ilg„or mehnat usul va uslublari 
qо„llanishi uchun zarur sharoitlar vaqtida va yetarli darajada yaratilishi 
va h.k.lardan (bunda gap asosan mehnatni tashkil etish yunalshlari, 
kompleksi va aloqalari tо„g„risida boradi).
Korxona 
davlat yoki nodavlat ishlab chiqarish yohud xizmat kо„rsatish 
shaklidaligidan qat‟i nazar, unda xodimlarning ish joyini xususiy rejalashtirishda 
ish qilinadigan yuzalar balandligi normalari (yonida о„tirib ish qilinadigan stolning 
balandligi past buyli kishi uchun 700 mm.dir. Erkaklar uchun past bо„y 1520-1630 
mm, о„rta buy 1631-1690 mm, baland buy 1691-1900 mm hisobida) belgilanadi 
hamda kishining erkin tabiiy vaziyatni ta‟min etadigan bо„shliq (makon) normasi 
hisobga olinadi. Tabiiyki, bunda ishlab turgan paytdagi holat asosiy о„rin tutadi. 
Xodimlarning ish joylarini о„rganganda, tashkil etganda va loyihalashtirganda 3-
jadvaldagi ma‟lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
2-jadval 
Ishlab chiqarish jihozi, jihoz va 
xodimning holati 
Xodimning bо„yini hisobga olgandagi 
yuzalar balandligi (mm) 
Past 
о„rtacha 
baland 
Xodim о„tirib ishlaganida ishchi stol 
700 
725 
750 
Maxsus aniq ishlarni о„tirib ishlaganda 
mо„ljallangan stol 
900 
950
1000 
О„tirib ishlaganda jihozning ustki qismi 
800 
825 
850 
Tikka turib ishlaganda jihozning ustki 
qismi
1000 
1050 
1100 
О„tirib yoki tikka turib ishlaganda 
ishlash joyining ustki qismi 
950 
1000 
1050 

Ish joyini rejalashtirishda texnologik va tashkiliy qurol-asboblarni qо„l 


uzatib olish va keyin qaytarib qо„yish oson bо„ladigan tarzda joylashtirish ham 
jiddiy ahamiyat kasb etadi. 
Ish joyining eng muhim elementlari, boshqarish va uskunalar ishini nazorat 
qilib turish vositalari kо„zga aniq kо„rinib turadigan qilib (xodimning ham 
gorizontal va vertikal kenglikdagi kо„rish doirasida) joylashtiriladi. Shuning uchun 
ham ish joyini rejalashtirishda kо„rish omili, albatta, nazarga olinadi (har bir kasb 
uchun ijrochining xizmat zonasidagi kо„rish burchagi 30
0
dir). 

Download 277.15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti

Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish