Ish joylarining ixtisoslashtirilishi




Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana23.06.2023
Hajmi277.15 Kb.
#75284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ish joylarini tashkil etish ixtisoslashtirish va rejalashtirish
1483469716 67083 (Автосохраненный), Mustaqil talim.-3, 688803-2, IMG 20221001 0002, 1-ma\'ruza (1), 463, 10-Ma\'ruza. Quyosh energiyasi, 3-Ma\'ruza. Elektr stansiyalari, iSpring Suite.-WPS Office, 22, MULTIMEDIA TEXNALOGIYALARI 3 MI, o-rta-osiyo-mutafakkirlarining-matematika-sohasi-rivojida-tutgan-o-rni, Fizikadan Mustaqil ish Mirkamol, 89062
 
3. Ish joylarining ixtisoslashtirilishi 
 
Ish joylarini oqilona tashkil etish ularni dastlab ixtisoslashtirishni 
taqoza etadi. Ish joyining ixtisoslashtirilishi deganimizda, unga bir xil mehnat 
funksiyalari, ishlar yoki qismlarni birkitib qо„yish tushuniladi. 
Tajribadan kо„rinishicha, ish joylarini ixtisoslashtirish darajasi, avvalo 
ishlab chiqarish turiga bog„liq. Ish joylarining ixtisoslashganlik darajasini
1-jadvaldagi ma‟lumotlar orqali aniqlash mumkin. 
1-jadval 
 
Ish joylarining ixtisoslashganlik darajasi 
Ish joylariga birkitilgan qismlar (detallar) 
nomlarining miqdori 
Ishlab chiqarish turlariga (tiplarga) 
kiradigan ish joylari 

Ommaviy 
2 tadan 10 tagacha 
Yirik seriyali 
10 tadan 20 tagacha 
Seriyali 
20 tadan ortiq 
Mayda seriyali 
Birkitilmagan 
Yakka 
Jadvaldan kо„rinib turibdiki, ommaviy ishlab chiqarishda ish joyini 
ixtisoslashtirishning eng yuqori darajasiga erishiladi. Ommaviy ishlab chiqarish 
korxonalarida chegaralangan xildagi buyumlar kо„plab ishlab chiqariladi. 
Ommaviy turdagi ishlab chiqarishning yoki xizmat kо„rsatishning eng 
muhim xususiyatlari: 
a) juda cheklangan xildagi buyumlarni kо„p miqdorda doim ishlab 
chiqarishdan; 
b) ish joylarining butun kо„pchiligida maxsus asbob-uskunalar ishlatilishidan; 
v) odatda, har bir ish joyini unga doimiy birkitilgan bir operatsiyani 
bajarishga ixtisolashtirish va ishlab chiqarish uchastkalarining qat‟iy ravishda 
texnologik jarayon sodir bо„lishiga moslab ish joylari zanjiri kabi tuzilishidan 
iborat. 
Seriyali buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalarda sexlar, uchastkalar 
predmeti bо„yicha, ya‟ni ma‟lum xil va turkum qismlar tayyorlashga 
ixtisoslashtiriladi. Masalan, stanoksozlik zavodining mexanika sexida val 
uchastkasi, korpus qismlari uchastkasi, tishli g„ildirak (shesternya) uchastkasi va 
h.k.lar tashkil qilinadi. Bunday uchastkalarda ish joylari predmetlar bо„yicha 
guruhlashtiriladi. 
Seriyali turdagi ishlab chiqarishning eng muhim xususiyatlari: 
a) tuzilishi jihatidan bir xil bо„lgan xiyla keng xildagi mahsulotning ozmi-
kо„pmi katta seriyalarda ishlab chiqarilishi vaqti-vaqti bilan takrorlanib turishidan; 


b) universal mashinalar bilan birgalikda maxsus asbob-uskunalar 
qо„llanishidan; 
v) ish joylarini ularning har biriga turkum-turkum qilib tayyorlanadigan 
qismlarni (detallarni) ishlatishdagi bir qancha jarayonni doimiy ravishda birkitib 
qо„yish yо„li bilan predmetli ixtisoslashtirishdan iborat. 
Yakka turdagi ishlab chiqarishda ish joylarini ixtisoslashtirish uchun sharoit 
uncha qulay bо„lmaydi, negaki ishlab chiqariladigan mahsulot yoki kо„rsatiladigan 
xizmat turlarining tez-tez о„zgarib turishi bajariladigan ish xarakterining doimiy 
о„zgarib turishiga olib keladi. Lekin shunga qaramay, ilg„or korxonalarning 
tajribasiga kо„ra, oldindan muntazam suratda zarur tayyorgarlik ishlari о„tkazib 
turilganida, yakka turdagi mahsulot ishlab chiqarish sharoitida ham ish joylarini 
ixtisoslashtirishning ancha yuqori darajasiga erishish mumkin. Bundagi 
tayyorgarlik ishlari birinchidan,har xil ishlar (operatsiyalar)ni biron umumiy 
alomatlari bо„yicha guruhlashdan; ikkinchidan, bu guruhlarning har birini tegishli 
ish joyiga biriktirib quyishdan iborat bо„ladi. Bunda har bir guruhdagi malaka 
darajasi va bajariladigan ishlar hajmi, ularni bajarish muddatlari, ishlab chiqarish 
normalarining erishilgan darajasi, ish joylaridagi mavjud uskunalar hamda 
ishchilarning malakaviy tayyorgarliklari hisobga olinadi. 
Mazkur vaziyatlardan tashqari ish joylarini ixtisoslashtirishning boshqa 
muhim shartlari ham bor. Chunonchi, buyumlar va tarkibiy qismlarning 
standartlashtirilishi va unifikatsiyasi, kо„p xil buyumlarni ishlab chiqarishdan bir 
xil (yoki cheklangan doiradagi) buyumlarni ishlab chiqarishga о„tish 
ixtisoslashtirishning texnik negizini tashkil etadi. Bu tadbirlar, nihoyat, ishlab 
chiqariladigan qismlar va ishlanadigan buyumlar rо„yxati (nomenklaturasi)ning 
xiyla qisqartirilishiga olib keladi, ommaviy turdagi va barqaror seriyali turdagi 
ishlab chiqarishni rivojlantirishga yordam beradi, bu esa ish joylarini 
ixtisoslashtirishni osonlashtiradi. Bir necha sanoat korxonasining ma‟lum mahsulot 
ishlab chiqarish uchun kooperativlashishi ham ish joylarini ixtisoslashtirishga kо„p 
jihatdan yordam beradi. Bu korxonalarning har qaysisi but mahsulotning bittagina 
tarkibiy qismini (uzel, qism va h.k.larni) ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. 
Ish joylarining barqaror ixtisoslashtirilishi yuqori unumli, ixtisoslashtirilgan 
asbob-uskunalarni va qurollarni ishlab chiqarishning samarador uzluksiz uslubini 
joriy qilish, ishchilarning ish kuchi va h.k.lardan yaxshiroq foydalanishi uchun eng 
qulay sharoit yaratadi. Bu tadbirlar mehnat samaradorligini oshirishga, 
tayyorlangan mahsulotning yoki kо„rsatilgan xizmatning sifatini yaxshilash va 
tannarxini pasaytirishga jiddiy ta‟sir kо„rsatadi. 

Download 277.15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ish joylarining ixtisoslashtirilishi

Download 277.15 Kb.
Pdf ko'rish