Axborot texnologiyalarining industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va u bilan bog‘liq faoliyat sohalari tashkil qiladi




Download 251.81 Kb.
bet1/5
Sana29.05.2023
Hajmi251.81 Kb.
#66920
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Avazbek
Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2

KIRISH
Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tsivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida etakchi o‘rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalarining industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va u bilan bog‘liq faoliyat sohalari tashkil qiladi. Yurtimizda yoshlar va mas’ullar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga xizmat qiluvchi “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish ustida ishlar olib borilyapti. Bu platforma yoshlarning ilm olishi, kasb-hunarli bo‘lishi, bir so‘z bilan aytganda, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun xizmat qiladi.
Mazkur yo‘nalishning mantiqiy davomida sifatida o‘sib kelayotgan navqiron avlodni AKT sohasiga yanada qiziqtirish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida joriy yilda yuzdan ziyod shahar va tumanda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochiladi. Shu bilan birga, yoshlarning sohaga oid ilmiy izlanishlarini davom ettirishini ta’minlash, yanada kengaytirish maqsadida Toshkent viloyatida Axborot texnologiyalari universiteti filiali hamda barcha hududlarda texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Bir million dasturchi” loyihasini istiqbol sari tashlangan muhim strategik qadam, deb bemalol aytish mumkin. Loyiha doirasida 120 mingdan ziyod o‘quvchi ta’lim olib, ulardan 18 mingdan ortig‘i kurslarni muvaffaqiyatli tugatdi.
Kelgusi ikki yilda bu ko‘rsatkichni 300 mingga etkazish va ularni kompyuter texnologiyalari yo‘nalishida bepul o‘qitish, masofaviy ta’lim va darslarni onlayn o‘tkazish imkoniyatini yaratadigan “Onlayn, Raqamli, Xavfsiz ixtisoslashtirilgan maktab”, “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimlari ishga tushiriladi.

Download 251.81 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 251.81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalarining industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va u bilan bog‘liq faoliyat sohalari tashkil qiladi

Download 251.81 Kb.