24
AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING O’ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI.
To‘ychiyeva Asilabonu
Termiz davlat pedagogika instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7655602
Annotatsiya:Bugungi kunda butun davlatning rivojlanishi IT sohasining rivojlanishiga
bevosita bog‘liq, shuning uchun dunyoning ko‘pgina mamlakatlari birinchi navbatda barcha
e’tiborini butun IT-ekotizimni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga
qaratmoqdalar. Ushbu maqolada axborot texnologiyalarining O’zbekistonda reivojlanishi
haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar: Axborot texnologiylar, global axborot tizimi, sayt, dastur, rivojlanish.
Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)
taraqqiyoti bilan birgalikda rivoji masofa va vaqt oralig‘iga qaramay axborot, pul va boshqa
resurslarni tez yetkazib berish, almashish uchun imkoniyat yaratmoqda. Axborotlashgan
iqtisodiyotga o‘tish bilan bog‘liq sodir bo‘layotgan chuqur va tub o‘zgarishlar bir qator
muammo va ziddiyatlarga olib kelmoqda. Bunday muammolarga jamiyat faoliyatidagi turli
sohalarga oid globallashuv va axborotlashtirish tufayli paydo bo‘lgan hamda har tomonlama
o‘rganish va yechimi kompleks yondashuvni talab etuvchi iqtisodiy hayotning o‘zgaruvchanligi
va beqarorligini kiritish mumkin bo‘ladi. Bulardan ta’lim, AKT, ilmiy va innovatsion faoliyat
turlarining jamiyat, davlat va iqtisodiyotga bo‘lgan ta’sirining kuchayishi hamda ular faoliyat
yuritishining sifat jihatdan yangi xususiyatlarga ega bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin.
Shu sababli zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi jamiyat hayotidagi ziddiyatlarga qanday ta’rif
berishi hamda uning nazariy jihatdan mazmun-mohiyati jahon iqtisodiyotining hozirgi zamon
bosqichida o‘z aksini qanday topayotganligi va axborotlashgan iqtisodiyotning o‘ziga xos
xususiyatini ko‘rsatib bermoq hozirgi kunda o‘ta muhim masalalardan biridir.
Axborot sohasi qonunchiligining asosini Konstitutsiyamiz, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi,
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi
to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar tashkil etadi. Mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar
mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Axborot sohasining me’yoriy-huquqiy bazasini muntazam isloh qilish tufayli milliy axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi barqaror yuksalib bormoqda. Soha korxonalari
tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi oxirgi yilda 11 foiz, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan
xizmatlar hajmi 12 foizga o‘sdi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi yil boshiga
nisbatan 32 foizga oshdi.
MOBIL aloqa bugungi kunda mobil aloqa abonentlari soni 25 million nafardan ortdi. Yuzaga
kelgan
raqobat
muhiti
internet
xizmatlarini
taqdim
etadigan operator
va
provayderlar, shuningdek, ushbu tarmoqdan umumiy foydalanish punktlari sonini ko‘paytirish
imkonini berdi.
25
GLOBAL AXBOROT TIZIMI. Global axborot tizimidan foydalanuvchilar soni hozir 7,7 million
kishidan oshdi, ularning 4,27 million nafari internetdan mobil aloqa orqali foydalanmoqda.
Elektron raqamli imzoni qo‘llash imkonini beradigan me’yoriy-huquqiy baza va ochiq elektron
kalitlar infratuzilmasi yaratildi.
O’zbekiston boshqa davlatlar bilan munosabatlarini va do’stona aloqalarini o’rnatshiga
kirishdi. Mustaqillikdan so’ng respublikamizda axborot texnologiyalariga katta e’tibor berildi.
Jahoning ko’plab mamalakatlari zamonaviy kompyuterlarga va ularni yoshlarga bevosita
o’rgatishga kirishdi. Yangi axborot texnologiyalari rivojlanishiga ko’plab mamlakatlar katta
e’tibor berildi va har xil festival, musobaqa, tanlovlar qilindi. Shu jumladan, mamlakatimizda
ham bunday ishlarga befarq qaralmayapti. Bunga misol, 2000 yil mart oyida vatanimizda
birinchi marta Internet festivali bo’lib o’tdi. Festival 15 turdagi yo’nalishlardan iborat bo’ldi.
Shular qatori, iqtisodiy va ijtimoiy sohalar haqida yo’nalishlar mavjud. Bu diyorimizda axborot
texnologiyalariga talab va e’tibor kuchli ekanligini ko’rsatadi. O’zbekistonda axborot
texnologiyalarining rivojlanishtirish ishlari olib borilmoqda. Eng katta yutuq bu O’zbekistonda
milliy kompyuter tarmoqlarining shakllanishidir va u orqali axborot almashinish mumkin.
Mamlakatimizda O’rta Osiyoda birinchilardan bo’lib,elektron hisoblash mashinasi ishga
tushirilgan. 1956 yilda O’zFA matematika instituti qoshida hisoblash texnikasi bo’limi
ochildi.Bu O’rta Osiyo respublikalari ichida birinchi bunday bo’lim ochilishi edi. 1958 yilga kelib
esa dekabrning o’ttizinchi kuni O’rta Osiyoda birinchi bo’lib “Ural”elektron hisoblash mashinasi
tashkil etildi. Bunday rivojlanish va e’tibor o’z kuchini ko’rsatdi. Toshkent shahri elektron-
hisoblash mashinalari sohasidagi markazlarning biriga aylandi. Bunday katta yutuqlarni
yanada mustahkamlash maqsadida 1962 yil Toshkent shahrida M20 rusumli, yarim o’tkazgichli
M220 rusumli,”Minsk 22” , ”Ural 2” , “BCM6-1” , “BCM6-2” rusumli elektron-hisoblash
mashinalari ishga tushirildi. Uskunalarning ishga tushirilishi yanada yangi izlanishlar va
rivojlantirish ihslari yanada avj olib ketdi. Bunday rivojlantirishlar yangi ehtiyojlarni sezdi va
1966-yilda bo’lim nagizida yangi “Kibernetika”ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ochildi.
O’zbekistinimiz mustaqil bo’lgandan so’ng ham axborot texnologiyalariga katta e’tibor berildi
va bu bo’lim, birlashmalar yanada rivojlantirildi. 2001 yil “Kibernetika”ilmiy ishlab chiqarish
birlashmasida yangi axborot texnologiyalari markazi barpo etildi. Mustaqil O’zbekistonimizda
kompyuterlashtirishni rivojlantirish, zamonaviy kompyuterlarni qo’llash va ularni samarali,
sifatli ishlatish, kompyuter bozorini kengaytirish, shu va boshqa yo’nalishlar bo’yicha tadbirlar
o’tkazildi va yanada yangi yo’nalishlari rejalashtirilmoqda.
”Informatika” fanlar ichida eng yoshi hisoblanadi. Uni yanada rivojlantirish, kompyuter
dasturlari bilan tanishish, o’sib kelayotgan yosh avlodni elektron-hisolash mashinalari bilan
tanishtirish, ularni o’rgatishni yangi bosqichlarini ishlab chiqish mamlakatimizning dolzarb va
asosiy mavzusiga aylangan. Maktab, kollej, litsey, institut, universitetlarni talabga javob
beradigan kompyuterlar bilan ta’minlash, ularga eng zamonaviy kompyuterlarni va ular bilan
ishlash o’rgatish, O’zbekistonni har jabhada jahonga ko’rsatish asosiy vazifadir. Yoshlarni bo’sh
vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Kamolot” ko’p va ho’p ishlar qilmoqda. Bizning
shaharda “Kamolot”ning bo’limi mavjud. “Kamolot” yoshlarni bo’sh vaqtini qiziqarli o’tkazish
maqsadida, bo’limga “Ingliz tili” kursi va “Informatika” kursi tashkil etdi. U yerga “Kamolot”
26
tomonidan zamonaviy kompyuterlar berildi. Bu O’zbekistonda axborot texnologiyalarining
qanday rivojlanayotganligi bir kichik va oddiy misoldir. Jahonning ko’p davlatlari
O’zbekistonimizga boshqacha ko’z bilan qarashmoqda. Yosh avlodga ko’rsatilayotgan va
berilayotgan imkoniyatlar boshqa davlatlarni xavasini keltirmoqda. Har bir davlat rivojlanish
yo’lida ma’lum qiyinchiliklarga uchraydi. O’zbekiston ham bundan mustasno emas. Yangi
iqtisodiy munosabatlarga o’tish davrida o’zining texnologik imkoniyatlarini rivojlantirish faqat
zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash orqali amalga oshirilishini talab etiladi.
O’zbekiston ko’p davlatlar kabi axborot texnologiyalarini ishlab chiqishda muammolarga duch
kelmoqda. Bu borada, Yevropa, Yaponiya va AQSH davlatlari yetakchilik qiladi.
Mamlakatimizning axborot texnologiyalaridagi eng katta muammosi, bu kompyuterlarni ishlab
chiqarish salohiyatidir. Bizda ham bosqichma-bosqich shu muammolarni yechishga astoydil
harakat qilinmoqda. Bizning olimlar bu muammolarni yechishga harakat qilmoqdalar, lekin
baribir bu jabhalarda kemtik borga o’xshaydi. Baribir O’zbekistonimiz bu muammolarni asta-
sekinlik bilan hal qiladi. Har bir davlatda ham muammolar mavjud faqat o’z milliyligini, aqlini
ishlatgan davlatlar muammolarni hal qiladi. O’zbekistonda mustaqil bo’lgandan so’ng, asta
sekin rivojlanish yo’liga o’tdi. Respublikamizda chet el firmalari ish boshladi. Bu firmalar
boshida Amerikaning COMPUTER-LAND firmasi turadi. Bu firma sehrli diyorimizda 1991-
yildan buyon faoliyat ko’rsatadi. Chet el firmalari nafaqat kompyuterlarni sotish, balki bizning
mutaxassislar bilan birga ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqishi zarurdir. Mamlakatimizda
ishlab kelayotgan kompyuterlar soni 100 mingdan oshib ketdi. Ular, asosan, IBM, COMPAQ,
HEWLETT, PACCARD, EPSON, DAEWOO, SONY firmalarining mahsulotlari hisoblanadi.
Poytaxtimiz Toshkentda COMPUTERLAND/MBL firmasi filiali joylashgan. Bu yerda yosh
avlodlar bilim olishlari mumkin. Vatanimizda chet el firmalarining kengaytirishda
“O’zekspomarkaz”ning roli katta. Har yili markazda kompyuter, axborot texnologiyalari,
bizness sohasida ko’plab anjuman, seminar, festivallar bo’lib o’tadi. Bu yerda yoshlar qatnashib,
diyorimizda axborot texnologiyalarining rivojlanishiga katta hissa qo’shadilar. Hozirgi kunda
axborot texnologiyalarining rivojlanishiga katta hissa qo’shayotgan insonlardan biri bu
Nigmatov Hikmatillo hisoblanadi. Bu inson yoshlarni o’qitishda, yangi g’oyalarni ilgari surishda
va ularni amalga oshirishda katta xizmat ko’rsatgan. Uning taklifi bilan Toshkentda axborot
texnologiyalari tarmog’i yaratildi. Hozirgi XXI asrdagi eng muhim va qulay bu Internet
hisoblanadi. Axborot texnologiyalari haqida ham mamlakatimizda internet provayderlar
mavjud. [url=http://www.ComSost.uz]www.ComSost.uz[/url] saytida axborot texnologiyalari
haqida eng so’nggi ma’lumotlar mavjud. Saytga deyarli har kuni yangi ma’lumotlar kiritiladi.
References:
1. Informatika va axborot texnologiyalari. Akademik S.S.G’ulomov umumiy tahriri ostida.
Darslik. T.: “Iqtisodiyot”, –2009.
2. Hoshimov O.O., Tulyaganov M.M. Kompyuterli va raqamli texnologiyalar. T.: “Yangi asr
avlodi”, 2009. 102 b.*
|