Masofaviy ta’limda WWWni qo‘llash




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96
Bog'liq
ATT

Masofaviy ta’limda WWWni qo‘llash 
Internet xalqaro tarmog„i ta‟lim muassasalari uchun katta 
imkoniyatlar yaratadi. Internet masofaviy ta‟lim tizimini o„rnatish 
imkonini beruvchi bir necha turdagi xizmat (servis) larni taqdim etadi. U 
keng tarqalgan, ishonchli va arzon masofaviy ta‟limni tashkillashtirish 
uchun katta imkoniyatlarga ega. 
Masofaviy ta‟limni tashkillashtirish uchun eng qulay usuli World 
Wide Web (WWW) tizimi hisoblanadi. Bu Internet tarmog„ining yangi 
axborot xizmatidir. WWW gipermatnli texnologiya asosida qurilgan. Bu 
tizim Internetda qidirishning eng qulay vositalaridan biri hisoblanadi. 
WWW gipermatn modeli har bir elementni ixtiyoriy hajmli bayonnoma 
bilan ta‟minlashi mumkin. Har bir maqola boshqa xabarlarga murojaatga 
va universal interfeysni taqdim qilishda katta imkoniyatlarga ega. 
Ko„rish dasturi elektron pochta orqali olingan materiallarni o„zaro 
bog„langan gipermatnli murojaatlarga aylantiradi. Bog„lanishlarni 
qo„llagan holda joriy va ichki maqolalarda harakatlanishingiz mumkin. 
WWW tizimining keltirilgan ustunliklari Internet orqali kirish 
mumkin bo„lgan quyidagi o„quv tizimlari spektrini yaratish imkonini 
beradi: 
interfaol darsliklar va o„quv qo„llanmalari; 
anonim malakaviy va tekshiruv testlari; 
masofaviy o„quvchi talabalar uchun testlar va imtihonlar; 
o„qituvchi – talaba teskari aloqasini tashkil etish. 
WWW matnli, grafik, ovoz va videomateriallarni kombinatsiyalash 
imkonini beradi. Java va Java-scriptni qo„llash dasturiy ta‟minotni tiklash 
muammosini hal qiluvchi tarmoq bo„yicha yuklanuvchi ilovalarni 
yaratish imkonini beradi. Javaning ko„chuvchanligi, turli platformalarda 


129 
joriy kodga o„zgarishlar kiritmasdan, o„quv dasturlarining to„g„ri 
ishlashini ta‟minlaydi. 
Web-texnologiyalar hujjatni jihozlashda ijodiy yondashuvning 
ajoyib imkoniyatlarini taqdim etadi. O„quvchiga berilayotgan materialni 
taqdim etish uchun ixtiyoriy qulay shakl tanlanishi mumkin. Bu sahifada 
ixtiyoriy ko„rinishda joylashgan fotosurat, grafika, matn, videoparcha va 
boshqalar bo„lishi mumkin. Bu o„qish va jihozlashlarda yordam berishi 
mumkin bo„lgan sodda prinsiplar bilan izohlanadi. Bunday holatda 
yaxlit materialni ko„rish va o„qish haqida so„z borar ekan, hujjatni 
jihozlashning yagona konsepsiyasini ishlab chiqish zarur bo„ladi. 
Birinchi navbatda, sahifa foniga halaqit beruvchi hech qanday 
grafik tasvirlardan foydalanish mumkin emas. Fon birinchi navbatda 
monoton, oq bo„lishi shart emas. Agar fon oq bo„lsa, u holda matn to„q 
ranglarda, masalan, qora yoki to„q ko„k rangda bo„lishi lozim. To„q fon 
va ochiq rang ishlatish mumkin emas – bu o„quvchi ko„zining 
toliqishiga olib keladi. Bundan tashqari juda mayda shriftlardan 
foydalanishdan to„liq voz kechish lozim. 
Shuni ham e‟tiborga olish lozimki, sahifalar turli grafik 
imkoniyatlarga ega bo„lgan tizimlarda va ranglar palitralarida ko„riladi. 
Shu sababli, 16 rangli palitradan foydalanish rang bilan ajratilgan matnni 
tasvirlashda «buzilishlarni» kamaytirish imkonini beradi. Bu grafik 
materiallarga ham taalluqlidir (grafiklar, sxema, diagramma, rasm va 
boshqalar). Faqat kamida 256 rang qo„llaniladigan tasvirlar bundan 
mustasno. Bu ko„rish dasturida fototasvirlarni ifodalashning minimal 
sifatini ta‟minlaydi. Bundan tashqari, bunday rang palitralaridan hamda 
tasvirni siqishni qo„llovchi grafik formatlardan (.gif, .jpg) foydalanish, 
tarmoq orqali uzatilayotgan tasvir, hujjat umumiy hajmini kamaytirish 
imkonini beradi. 
Hujjatlar mazmuniga to„xtalamiz. Masofaviy ta‟lim shunday 
holatki, hujjat mazmuni uning taqdim etish shaklidan ustun bo„lishi 
lozim. Barcha hujjatlar shakli imkon qadar tartiblangan bo„lishi lozim. 
Sahifa o„quvchi e‟tiborini o„ziga jalb qiluvchi hech qanday ortiqcha 
ma‟lumotlarga (grafik yoki matnli) ega bo„lmasligi lozim. Hujjatni 
o„qish chegarasi imkon qadar tor bo„lishi lozim. Bunga hujjat 
chegaralarida maydonlar hosil qilishga imkon yaratishi mumkin. 
Gorizontal surgichga ega bo„lgan hujjat yaratish tavsiya etilmaydi. 
Bunday hujjatlarni o„qish va o„rganish juda noqulay bo„ladi. Har bir 
alohida hujjat hajmi 40 – 60 Kbaytdan ortmasligi lozim. Bu ularning 
yuklanishini tezlashtiradi. 
Barcha o„quv materiallari qat‟iy tarkiblangan bo„lishi va ular ichida 


130 
interfaol qidirish imkoniyatini taqdim etish lozim. O„quv materiallari 
qiziquvchiga har qanday usul bilan yetkazib berilishi mumkin. Bu Web- 
serverdan to„g„ridan to„g„ri yuklash va o„qish, Internetga ulanmagan 
holda mijoz-dastur yordamida ko„rish uchun hujjat arxivlarini uzatish 
hamda o„quv jarayoni ko„rsatilgan boshqa usullar bo„lishi mumkin. 
Masofaviy ta‟limning ba‟zi bir manbalari haqida ma‟lumot. 
Sity University 

Download 1,73 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish