128
yuritiladi (masofaviy ta‟limda – tyutor). O„rganuvchi bilan o„zaro aloqa
asosan asinxron, pochta yoki aloqa tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari o„zaro uchrashuvlar (yuzma- yuz) ham uyushtirilishi
mumkin.
Ta’lim oluvchi. Aniqrog„i, ta‟lim oluvchining yangi vazifasi,
masofaviy ta‟lim tizimida tinglovchi deb qaraladi. Masofaviy ta‟limga
kirish uchun mehnatsevarlik, o„z-o„zini tashkillashtirish va ma‟lum bir
boshlang„ich bilim darajasi talab qilinadi.
Yangi axborot texnologiyalari. Masofaviy ta‟lim tizimida yangi axborot
texnologiyalari (kompyuterlar, audio-, videotexnika, telekommu-
nikatsiya tizimi va vositalari va h.k.) qo„llaniladi.