• 11. Masofaviy ta’lim tizimlari Masofaviy ta’lim tushunchasi
  • Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/96
    Sana30.01.2024
    Hajmi1,73 Mb.
    #148577
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96
    Bog'liq
    ATT

    Identifik
    ator 
    Toifa 
    biz 
    Biznes 
    comp 
    Kompyuterlar 
    news 
    Umumiy tasnifdagi yangiliklar 
    rec 
    Qiziqishlar (xobbi, san‟at) 
    sci 
    Fan (Ilm) 
    soc 
    Ijtimoiy mavzular 
    talk 
    Munozara 
    Yuqori toifalarga tegishli bo„lmagan munozaralar 
    Konferensiyalarda muloqot qilish davrida ma‟lum bir qoidalarga 
    (tarmoq etiketi) rioya qilish qabul qilingan. 
    11. Masofaviy ta’lim tizimlari 
    Masofaviy ta’lim tushunchasi 
    O„qitish bu – maqsadga yo„naltirilgan bilim, ko„nikma va ma‟lumot 
    bilan qurollanishning tizimli, tashkillashtirilgan jarayonidir, bu – o„qish, 
    tarbiya olish va shaxsni rivojlantirish natijasidir. 
    Oldimizda turgan XXI asrda yuqori darajadagi industrial jamiyatga 
    o„tishda aholining aksariyat qismi oliy ma‟lumotli bo„lishi lozim. 
    O„qishning an‟anaviy usullarini qo„llab o„qitish katta mablag„ hamda 
    ko„p sonli insonlarning mehnat faoliyatini kamaytirishga olib keladi. 
    Axborot va telekommunikatsion texnologiyalarning jadal sur‟atlar 
    bilan rivojlanishi natijasida malakali kadrlarga bo„lgan talab ortib 
    bormoqda. Iqtisodiyotda, ijtimoiy va siyosiy hayotdagi tarkibiy 


    125 
    o„zgarishlar barcha yo„nalishlar bo„yicha qayta tayyorgarlikni talab 
    qilmoqda. Ko„plab ishchi-xodimlar oliy ta‟lim yo„nalishida qayta 
    tayyorgarlikka muhtoj bo„lmoqdalar. Yuqori malakali kadrlarni 
    tayyorlashda kunduzgi ta‟lim bilan bir qatorda masofaviy ta‟lim 
    tizimlarini tadbiq qilish katta samara beradi. 
    Masofaviy ta‟lim tizimlarida katta hajmdagi zamonaviy axborot va 
    telekommunikatsion texnologiyalarga asoslangan ta‟lim – axborot 
    muhitini yaratish hisobiga bir ta‟lim oluvchiga bo„lgan sarf-harajatni 
    an‟anaviy ta‟lim tizimiga nisbatan kamaytirish mumkin. Bu uning 
    sifatini saqlagan holda yangi o„qitish darajasini ta‟minlash imkonini 
    beradi. 
    So„nggi yillarda keng muhokama qilinayotgan bunday xizmat – 
    Internet global tarmog„idan foydalangan holda o„qitish yoki masofaviy 
    ta‟limdir. Bunday o„qitish haqida fikrlar turlicha va qarama-qarshi. Bu 
    normal holat, chunki, har qanday o„qitish usulida axborotning ma‟lum 
    bir qismi mustaqil o„rganish uchun qoldirilgan. Masofaviy ta‟limni 
    axborotlarni uzatish, o„rganish va muloqot qilishning asosiy vositasi 
    bo„lgan Internet tizimi bilan bog„lamoqdalar. 1991-yilda ishlab chiqilgan 
    Web-texnologiya, elektron pochta, FTP (File Transfer Protocol – 
    kompyuterlar o„rtasida fayllar uzatish protokoli, Internetda qo„llaniladi) 
    vositalarini inkor qilmagan holda, masofaviy ta‟lim samarali kirib 
    borayotgan muhit bo„lib bormoqda. 
    Kunduzgi va sirtqi o„qish shakllariga nisbatan masofadan o„qitish 
    o„zgachadir. Maxsus ishlab chiqilgan muhit (qobiq) individual o„qish 
    imkonini beruvchi barcha anjomlar to„plamini, o„quv rejasi bo„yicha 
    barcha axborot ta‟minotini ta‟minlashi, nazorat, o„z-o„zini nazorat, 
    yakuniy nazorat tadbirlarini o„tkazish tizimlari va boshqalarni 
    ta‟minlashi zarur. Yaratilgan kompyuter texnologiyalarining turli-
    tumanligini hisobga olgan holda, buning uchun barcha vositalar yetarli. 
    Yaqin kunlarda yondashuvlarni standartlash zarurati yuzaga keladi. 
    Masofadan o„qitish kunduzgi va sirtqi bilan bir qatorda bilim olish 
    shakli hisoblanadi va bilim berish jarayonida kompyuter va 
    telekommunikatsion texnologiyalarda eng yaxshi, an‟anaviy va 
    innovatsion usullar, vositalar va o„qitish shakllari qo„llaniladi. 
    Masofaviy ta‟limda bilim berish jarayoni negizini maqsadga 
    yo„naltirilgan va nazorat qilinuvchi mustaqil ish tashkil etadi. O„quvchi 
    o„ziga qulay bo„lgan vaqtda va joyda shaxsiy jadval asosida o„qishi 
    mumkin. Bunda, maxsus o„qitish vositalari to„plami (komplekti) va 
    o„qituvchi bilan kelishilgan holda telefon orqali, elektron yoki oddiy 
    pochta hamda yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyati mavjud. 


    126 
    Masofaviy ta‟lim o„rganish obyekti va sub‟yektining o„zaro 
    maqsadga yo„naltirilgan, interfaol, asinxron muloqoti jarayonni 
    ifodalaydi, bunda o„qitish jarayoni masofaga bog„liq emas. Ta‟lim 
    berish jarayoni elementlari tizim ostlari (o„qitish maqsadi, o„qitish 
    usullari, o„qitish vositalari, o„quv-material, moliyaviy-iqtisodiy, 
    normativ-huquqiy) bo„lgan pedagogik tizimda o„tadi. 
    Masofaviy ta‟lim ta‟lim tizimida biror sababga ko„ra (kambag„allik, 
    fizik kamchiliklar yoki ishlab chiqarishda bandligi va shaxsiy ishlariga 
    asosan 
    ta‟lim 
    muassasalariga 
    kela 
    olmaslik, 
    ijtimoiy 
    himoyalanmaganlik, gyeografik yoki vaqt bo„yicha cheklanganlik) hech 
    kim bilimsiz qolib ketmasligi kerak degan printsipga asoslangan. 
    Masofaviy ta‟lim boshqa shakllarning yaxshi tomonlarini o„zida 
    jamlagan holda jamiyatni axborotlashtirishning obyektiv jarayoni 
    sifatida kirib kelmoqda. 
    Masofaviy 
    ta‟lim 
    va 
    ta‟lim 
    tushunchasini 
    tushunishga 
    yondashuvning turlichaligini ifodalovchi qarashlar mavjud. 

    Download 1,73 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96




    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

    Download 1,73 Mb.
    Pdf ko'rish