Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/96
Sana30.01.2024
Hajmi1,73 Mb.
#148577
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96
Bog'liq
ATT

Axborot xavfsizligi tizimi 
Axborot xavfsizligini ta‟minlashda barcha foydalanilayotgan 
vositalar, usullar va tadbirlar yagona bir mexanizmga birlashtirilganda 
yaxshiroq samara beradi. Bunday birlashtirish axborotni himoyalash 
tizimlari deyiladi. Bunda himoyalash mexanizmining bajarilishi nazorat 
qilinishi, tashqi va ichki shartlarning o„zgarishlari asosida qayta 
sozlanishi va to„ldirilishi lozim. 
Har qanday axborotni himoyalashga tizimli yondashuv nuqtai 
nazaridan ma‟lum bir talablar qo„yiladi. Axborotni himoyalash tizimi 
quyidagi keltirilgan talablarga javob berishi lozim: 
Tahdidga qarshi tenglik. Bu ham real (joriy vaqtda harakatdagi), 
ham potentsial (keyinchalik sodir bo„lishi mumkin) xavflarni diqqat 
bilan tahlil qilishni nazarda tutadi. Bunday tahlilning natijasiga ko„ra, 
optimallashni joriy qilish bilan aniq korxona yoki obyektning aniq bir 
holatdagi axborotni himoyalash tizimiga qo„yiladigan talablar 
shakllanadi (talabni kuchaytirib yuborish oqlamaydigan sarf-harajatga 
olib keladi, susaytirish – xavfning kuchayish ehtimolligini orttiradi). 
Uzluksiz. Korxonaning axborot xavfsizligini ta‟minlash bir martalik 
akt bo„lishi mumkin emas. Bu himoyaning tor va bo„sh joylarini topish, 
axborot chiqib ketishi mumkin bo„lgan kanallarni aniqlash, uzluksiz 
nazorat, himoyalash tizimini rivojlantirishni o„z ichiga olgan uzluksiz 
jarayondir. 
Rejali. Bu talab korxonaning har bir bo„limida, himoyalashning 
umumiy maqsadlarini e‟tiborga olgan holda, o„z xizmat doirasida 
himoyalanishni ishlab chiqish. 
Markazlashtirilgan. Ma‟lum bir tarkib doirasida axborotni 
himoyalash jarayonining tashkiliy-funksional mustaqilligini ta‟minlashi 
lozim. 
Maqsadga yo‘naltirilgan. Barcha axbortlarni ketma-ket emas, balki 
aniq maqsad yo„lida himoyalanishi lozim bo„lgan axborotlarnigina 
himoyalash lozim. Korxonaga ma‟lum darajada zarar yetkazishi mumkin 
bo„lgan aniq ma‟lumotlar ruxsatsiz kirishdan himoyalanadi. Axborotni 
yetarli darajada ishonchli himoyalash lozim. 
Ishonchli. Himoyalashning usul va shakllari axborotning har qanday 
oqimi kanallari, uning taqdim etilishi shakli, bayon etish tili va u 
biriktirilgan fizik tashuvchisi turidan qat‟iy nazar, ishonchli berkitilishi 
lozim. 
Universal. Axborot chiqishi mumkin bo„lgan kanal turiga qarab, 
qayerda yuzaga kelishi, xarakteri, shakli va axborot turidan qat‟iy nazar, 


146 
yetarli vositalarda uni berkitishi lozim. 
Kompleks. Tarkibiy elementlar va kanallardan axborot chiqishining 
turli-tumanligida axborotni himoyalash uchun barcha usullar to„liq 
hajmda qo„llanilishi lozim. Alohida formalar va texnik vositalarning 
qo„llanilishi mumkin emas. Himoyalashning kompleks tasnifi bu – bir-
biriga bog„liq bo„lgan uzluksiz jarayonlarni ifodalovchi murakkab 
tizimdir. O„z navbatida ularning har biri bir-birlariga turli xizmat 
ko„rsatuvchi ko„plab xossalarga, tendensiyalarga ega. Ishlab chiqarish 
tizimining barcha tarkibiy elementlarida va axborotga ishlov berish 
texnologik 
siklining 
barcha 
bosqichlarida 
va 
uni 
uzatishda 
himoyalanishning mavjud bo„lgan barcha usullaridan foydalanish zarur. 
Amaliyotdan bizga ma‟lumki, axborot xavfsizligining kompleks 
tizimini tashkiliy va huquqiy tavsifga ega bo„lgan choralarni amalga 
oshirmasdan 
qurish 
mumkin 
emas. 
Konfidentsial 
axborotdan 
foydalanishning imkoniyatlari texnik aspektlar orqali emas, balki g„araz 
maqsaddagi harakatlar, foydalanuvchi va xodimlarning e‟tiborsizligi 
natijasida ko„proq yuzaga keladi. 
Axborotni himoyalash bo„yicha tashkiliy choralar tizimi o„ziga 
to„rtta asosiy tashkil etuvchini olgan tadbirlar yig„indisini ifodalaydi: 
obyektda holatni o„rganish; 
himoyalash dasturini ishlab chiqish; 
ko„rsatilgan dastur faoliyatini hayotga tadbiq etish; 
o„rnatilgan qoidalarning bajarilishi va faoliyatini nazorat qilish. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish