25
IBM PC AT 80386 va 80486 mikroprotsessorlarida (32 -
razryadli);
IBM PC AT Pentium mikroprotsessorda - Pentium 4 (64-
razryadli);
IBM PC AT VLIW turidagi mikroprotsessorda: Itanium,
Crusoe (64- razryadli);
IBM PC AT Core (64-razryadli) mikroprotsessor oilasida.
Amerikada quyidagi firm alar tomonidan ishlab chiqariladigan
kompyuterlar ham keng tarqalgan va taniqli: Apple (Macintosh),
Compaq Computer, Hewlett-Packard, Dell, DEC (Digital Equipment
Corporation), shuningdek Angliya firmalari: Spectrum, Amstrad;
Fratsiya: Micral; Italiya: Olivetti; Yaponiya. Toshiba, Matsushita
(Panasonic) va Partner;
Hozirgi vaqtda eng ko‘p tarqalgan shaxsiy kompyuterlar IBM
firmasining kompyuterlaridir, ularning birinchi modellari 1981-yili
ishlab chiqarilgan va ularga o‘xshashini boshqa firmalar ham ishlab
chiqargan. Lekin ular unchalik ko‘p tarqalmagan Apple (Macintosh)
firmasi ishlab chiqargan kompyuterlari dunyoda tarqalganligi bo‘yicha
2-o‘rinni egallaydi.
Shaxsiy kompyuterlarni qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha turlarga
ajratish mumkin. Avlodlar bo‘yicha shaxsiy kompyuterlar quyidagi
tartibda guruhlarga bo‘linadi:
• 1-avlod
8-bitli protsessorlar ishlatilgan;
• 2-avlod
16-bitli protsessorlar ishlatilgan;
• 3-avlod
32-bitli protsessorlar ishlatilgan,
• 4-avlod
64-bitli protsessorlar ishlatilgan.