31
Dastur bilan birgalikda hujjatlar majmuasi ham xarid qilinadiki,
unda dastur vazifasi, imkoniyatlari, kompyuterning apparat vositalariga
bo‘lgan texnik talablar (zaruriy operativ tashqi xotira hajmi, maxsus
qurilma mavjudligi va h.k.) dasturni o‘rnatish usullari va dasturni
boshqarish usullari haqidagi ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari
dasturlarda, ularning bevosita bajarilish vaqtida ham murojaat qilish
mumkin bo‘lgan Help-yordam tizimi mavjud.
Barcha
dasturiy
vositalar
va
ularga
zarur
kattaliklar
(ma’lumotlar)ni software (dasturiy ta’minot), apparat vositalar
yig‘indisini
hardware (apparat ta’minot) deb ham ataydilar. Ixtiyoriy
kompyuterda aniq apparat va dasturiy vositalar to‘plami va shu bilan
birga turli ma’lumotlar to‘plami mavjudki, ular kompyuter resurslarini
tashkil etadi. Demak kompyuter resurslari deb, hamma apparat
vositalaridan hamda hamma dasturlari va uning operativ va tashqi
xotirasida joylashgan ma’lumotlarning yig‘indisiga aytiladi. O‘zaro
bog‘langan dasturlar guruhi, bir-biriga yaqin, ma’lumotlarga ishlov
beruvchi, ularga zarur yordamchi ma’lumotlar bilan birgalikda
dasturlar paketi yoki dasturiy tizim deb ataladi. Ommaviy tarzda
ko‘paytiriladigan dastur yoki dasturlar paketi dasturiy mahsulot deb
ataladi.