34
dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan
birgalikda
yеtkazib berilsa, xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot
alohida, qo‘shimcha tarzda yaratilishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta’minot (base software)
kompyuter ishini
ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plami.
Asosiy dasturiy ta’minotni qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan
xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday
dasturlarni ko‘pincha utilitlar deb atashadi.
Utilitlar
ma’lumotlami
qayta
ishlashda
qo‘shimcha
operatsiyalami bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko‘rsatishga
(tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni
optimallashtirish va boshqalar) mo‘ljallangan dasturlardir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage)
bu
aniq bir predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini
yеchishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir.
2.7-rasm. Amaliy dasturlarning logotiplari
Amaliy dasturiy ta’minot
ADT amaliy dasturchi uchun uning
faoliyatini natijaviy maqsadi bo‘ladi va bir vaqtning o‘zida
foydalanuvchining ish qurolidir. Aniq soha mutaxassisi, bir vaqt o‘zida
ma’lumotlarni qayta ish lash sohasida, ham mutaxassis bo‘lishga
majbur emas, u dastur tuzishni bilishi ham shart emas. Ammo u,
kompyuter bilan ishlash usul va yo‘llarini, tizimli,
ayniqsa amaliy
dastur vazifasi va imkoniyatlarini o‘zining muammoli sohasi uchun
bilishi shart.
35
Amaliy dasturiy ta’minot, kompyuterni ishlov berish tizimlarini,
turli sohalar masalalarini yechishga ta’minlaydi. Amaliy dastur yoki
ilova
bu ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalarining
aniq soha masalalarini yoki masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan
dasturdir. ATni qo‘llash aniq sohasi muammoli soha deyiladi.
Quyida amaliy dasturlar turlari keltiriladi:
Matn muharrirlari (redaktorlari) – Word, Word Perfect, Tex va
ko‘pgina boshqalar
turli bosma hujjatlarni
ma’lumotnoma,
vedomostlar, maqola, hisobot va h.k.larni tayyorlash uchun
ishlatiladi.
Grafik muharrirlar, ular yordamida turli rasm, chizma, grafika,
diagramma, illyustratsiya va shu bilan birga uch o‘lchamli tasvirlar
ishlab chiqiladi: Ular Paint,
Adobe Photo Shop, Corel Draw, 3D
Studio MS va h.k.lar.
Elektron jadvallar
odatdagi jadvallarning elektron ko‘rinishi
bo‘lib, ularning yordamida matn va sonli ma’lumotni avtomatik
tarzda qayta ishlanadi. Ular – Lotus, Super Cale, Excel, Quattro Pro
va qator shunga o‘xshash tizimlardir.
MB – bir yoki bir nechta ob’ektlar ma’lumotlari, xossalari va o‘zaro
bog‘lanishlari haqidagi ma’lumotlarni saqlashga mo‘ljallangan
dasturiy tizimlar.
Integrallashgan tizimlar, yuqorida keltirilgan
maxsus paketlarga
o‘xshash komponentalarni, paketning hamma tashkil etuvchilari
bilan birga yagona o‘zaro bog‘lanish stilini ta’minlaydigan tizim va
shu bilan birga paket turli komponentalari o‘rtasida qulay, samarali
usulni ham ta’minlaydi.
Hujjat aylanuvi tizimlari. O‘z ichiga rejalashtirish va boshqarish
instrumentlarini, xo‘jalik va moliya faoliyatini avtomatlashtirish,
mahsulotlarni
hisobga olish, turli hisobotlarni tayyorlash,
devonxona hujjat almashinuvi, turli ish yozishmalari va h.k.
instrumentlarni olgan tizimi (masalan, “SKAT”, “Parus”, “Evfrat”).
Buxgalterlik va moliya dasturlari, ular turli korxona va
tashkilotlarning
analitik
va
buxgalterlik
bo‘limlari
ishini
avtomatlashtirish imkonini beradi.
Korrektorlar – ixtiyoriy matn, hujjat va hisobotlarda imlo
qoidalarini tekshirishni ta’minlovchi dasturlar. Ular hamma
36
zamonaviy bo‘g‘in ko‘chirish, orfografik va tinish begilari
qoidalariga amal qiladi (“Orfo”, “Propis” tizimlari).
Tarjimon va elektron lug‘atlar, bu dasturlar
yordamida bir tildan
ikkinchisiga avtomat tarzda tarjima qiladi. Masalan, “Lingua
Match”, “Corresponded” paketi ish yozishmalarini 6 ta tilda olib
borish imkonini beradi. “Multileks Pro” elektron lug‘ati 2 mln. rus
va ingliz so‘zlarini o‘z ichiga olgan.
Shaxsiy menejer va organayzerlar. Bu dasturlar insonga, turli
ma’lumotlar: telefon raqamlar,
adreslar, tug‘ilgan kunlarni olgan
yon daftarcha va turli uchrashuv, anjumanlar kuni vaqti va h.k.lar
belgilangan yozuv daftarini o‘rnini bosadi.
Shaxsiy menedjer – bu dastur shaxsiy va jamoa faoliyatini
rejalovchidir, yoki shaxsiy “budilnik eslatuvchi” desa bo‘ladi, yana bu
“bir umrlik kalendar”, pochta dasturi va h.k.larni o‘z ichiga oladi. U
shaxsiy va ish ma’lumotlarini tashkillashtiruvchidir. Masalan, MS
Outlook, Google Calendar onlayn xizmati.
Ta’lim, o‘rgatuvchi va multimediali ensiklopedia dasturlari. Ta’lim
dasturlari paketi turli fanlar: matematika, chet tili, kimyo, biologiya
va h.k.lar bo‘yicha individual ta’lim berish va o‘qitish sifatini
tekshirish dasturlaridan iboratdir.
Multimedia dasturlari tovush va videoma’lumotlarni ko‘rish va
eshitishga yordami beradigan va ularniyaratish, yozish va tahrirlash
vositalarini o‘z ichiga olgan.
O‘yin va dam olishga yordam beradigan dasturlar.