48
bankining faoliyatini amalga oshirish dasturlari va turli xil qo‘shimcha
vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan servis dasturlarning
to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Axborot
ta’minoti
ma’lumotlarni
turkumlash
va
ixchamlashtirish, ifodalash va taqdim etish tizimlaridan tashkil topadi.
Lingvistik ta’minot
MBBTda foydalaniladigan tillar, lug‘atlar
majmuasi orqali tashkil qilinadi.
Tashkiliy ta’minot
ma’lumotlar bankining kundalik faoliyatini
ifodalovchi rasmiy hujjatlar, me’yoriy ko‘rsatmalar to‘plamidan iborat
bo‘ladi.
Yuqorida aytib o‘tilgandek, ma’lumotlar banki inson-mashina
tizimi hisoblanadi, ya’ni axborot tizimidir. Hozirgi kunda ma’lumotlar
banklari inson faoliyatining turli sohalarida, masalan, iqtisodiyot
tarmoqlarini boshqarishda, ilmiytadqiqot ishlarini boshqarishda,
ommaviy axborot xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘llanilmoqda.