Axborot tizimlari




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/92
Sana26.12.2023
Hajmi3,4 Mb.
#128476
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Bog'liq
13259 2 80C7DA6F1C5DAB2FBA8F4E018FAE1DDC884A9A05

Ma’lumotlar bazasi – ma’lumotlar bankining eng muhim 
tarkibiy qism hisoblanadi. Umumiy holda ma’lumotlar bazalariga 
keyingi tushunchani keltirish mumkin. Ma’lumotlar bazasi – zaruriy 
axborotni tezkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal 
ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog‘liq emasligi, izlash usulining 
umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega, katta miqdordagi ilovalar 
uchun foydalanish imkoniyatlari bilan tavsiflanuvchi o‘zaro bog‘liq 
ma’lumotlar yig‘indisidir. 
Ma’lumotlar bazasini qo‘llash ushbu imkoniyatlarni beradi: 

so‘rovlar majmuasini amalga oshirishni soddalashtirish; 

saqlanilayotgan 
ma’lumotlarning 
ortiqchaligini 
kamaytirish; 

axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini 
oshirish; 

ma’lumotlar dolbzarligini ta’minlash; 

amaliy 
dasturlarni 
o‘zgartirmasdan 
ma’lumotlarni 
o‘zgartirish; 

ma’lumotlar tuzilmasini qat’iyligini saqlash. 
Ma’lumotlar bazasini samarali tashkil etish bu 

ma’lumotlar 
bazasida mantiqan o‘zaro bog‘langan massivlarni tashkil etishdir. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun uni tashkil etish va 
yuritishda ixtisoslashgan samarali dasturiy vosita ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimidan foydalaniladi.
Ma’lumotlar bazasi qaytarilmaydigan ma’lumotlarning yaxlitlan-
gan jamlamasi sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha 


45 
masalalari hal etiladi. Ma’lumotlar bazasida ko‘p qirrali kirish va aynan 
bir xil ma’lu-motlardan turli foydalanuvchilar foydalanish imkoni 
mavjud. 
Tashkil etiladigan ma’lumotlar bazasining tuziliamsi muammo 
sohasi ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim.
Ma’lumotlar bazasidagi mantiqiy o‘zaro bog‘liqlik ma’lumotlar modeli 
turiga muvofiq tashkil etiladi. 
Normativ-ma’lumotnomali va boshqa ma’lumotlar qoida 
bo‘yicha alohida massivlarda joylashtiriladi. Bu massivlarni yuzaga 
keltirish va yuritish texnologiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Mazkur massivlar ma’lumotlar bazasining boshlang‘ich yuklanish 
bosqichida tashkil etiladi. 
Operativ (tezkor) hisobot ma’lumotlari ma’lumotlar bazasiga 
vazifalarni echish reglamentiga muvofiq kiritiladi. Bu ma’lumotlar 
ma’lum davrda to‘planadi. Ma’lum bir hisob-kitob qilingach (masalan, 
omborxonada qolgan tovarlarni hisob-kitob qilish), to‘plangan tezkor 
hisobot ma’lumotlari yo‘q qilinadi yoki arxivda saqlanadi. 
Ma’lumotlar 
bazasi 
foydalanuvchining 
bitta 
shaxsiy 
kompyuterida monopol joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda u 
faqat ma’lum ShK tashqi xotirasiga joylashtiriladi va axborot bazasiga 
bir vaqtda bir necha foydalanuvchining kirishi ta’minlanadi. 
Kompyuter tarmog‘i 
mavjud bo‘lgan holda ko‘pchilik 
foydalaniladigan rejimda ishlash, “mashina-server”da joylashadigan 
markazlashgan ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyati 
tug‘iladi. Bunday holatda har bir foydalanuvchi o‘z shaxsiy kompyuteri 
orqali barcha foydalanuvchilar uchun umumiy bo‘lgan markazlashgan 
axborot bazasiga kirishga ruxsat oladi. 
Tarmoq texnologiyasida har bir foydalanuvchi o‘z ShKda lokal 
ma’lumotlar bazasini tashkil etishi ham mumkin. Bu ma’lumotlar 
bazasi faqat mazkur avtomatlashgan ish joyi uchun zarur bo‘lgan 
axborotni saqlaydi. Kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlar bazasini 
tashkil etish va jamoa bo‘lib foydalanish banklar, birja, investitsiya 
jamg‘armalari va boshqa bozor iqtisodiy tuzilmalarining axborot 
tizimlari samaradorligini oshiradi. 
Foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar konfiguratsiyasiga 
bog‘liq holda turli ishlash texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin. 
Ma’lumotlarni tarmoqli ishlab chiqishning turli kontseptsiyalari 


46 
mavjud, misol tariqasida “fayl-server” va “mijoz-server”ni keltirish 
mumkin. 
“Fayl-server” kontseptsiyasi tarmoq operatsion tizimi yadrosi 
hamda markazlashgan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va “fayl-
server” uchun ajratilgan kompyuterga mo‘ljallangan. “Fayl-server”dagi 
ma’lumotlarning umumiy bazasiga jamoa holda kirish unga xos 
xususiyatdir. Foydalanuvchilardan biri tomonidan fayl yangilangan 
taqdirda boshqa foydalanuvchilarning kirishiga qarshi ximoyalanadi. 
So‘ralgan ma’lumotlar “fayl-server” dan ishchi stantsiyaga o‘tkaziladi 
va ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi vositalari bilan qayta 
ishlanadi (3.1-rasm). 
“Mijoz-server” kontseptsiyasi. Mazkur kontseptsiyaga asosan, 
ma’lumotlarni ishlab chiqish vazifasi mijoz-ishchi stantsiyasi va 
ma’lumotlar 
bazasining 
mashina-serveri 
o‘rtasida 
bo‘lishi 
mo‘ljallangan. Ma’lumotlarni qayta ishlashni mijoz so‘raydi va u 
tarmoq bo‘ylab ma’lumotlar bazasi serveriga uzatiladi. So‘rov 
ma’lumotlari o‘sha erda qidiriladi. Qayta ishlangan ma’lumotlar tarmoq 
orqali serverdan mijozga uzatiladi. “Mijoz-server” arxitekturasi uchun 
xos xususiyat 

bu ma’lumotlar bazasidan so‘rov uchun SQL dasturlash 
tilidan foydalanish. Bu tarmoq mijozlarining turli xildagi umumiy 
ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi. 

Download 3,4 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish