Axborotlar bazasini tashkil etish va yuritishning dasturiy




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/92
Sana26.12.2023
Hajmi3,4 Mb.
#128476
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92
Bog'liq
13259 2 80C7DA6F1C5DAB2FBA8F4E018FAE1DDC884A9A05

Axborotlar bazasini tashkil etish va yuritishning dasturiy 
vositalari
Umumiy holda axbort bazasini yuritishning dasturiy vositalarga 
servis dasturiy vositalar, umumiy maqsad uchun universal amaliy 
dastur vositalari va ixtisoslashgan amaliy dasturlar kiradi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) – axborotlar 
bazasini yaratish va yuritish uchun alohida axamiyatga ega. MBBT 
umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan universal amaliy dasturiy 
vositalarga mansub. MBBT - bu mashina tashuvchida mantiqiy o‘zaro 
bog‘langan ma’lumotlarni tashkil etish va yuritish uchun mo‘ljallangan 
nisbatan keng tarqalgan va samarali universal dasturiy vosita sanaladi. 
MBBT 
yagona 
ma’lumotlar 
bazasida 
dubl 
qilinmaydigan 
ma’lumotlarni integratsiyalashni va ulardan ko‘p maqsadlarda 
foydalanishni, bazadagi barcha ma’lumotlar butunligini va to‘g‘riligini 
ta’minlaydi va ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalaydi.
MBBT ma’lumotlar bazasidan so‘rovlarni tashkil etishning 
moduli dasturiga ega bo‘lmagan foydalanuvchiga mo‘ljallangan qulay 
vositalarga ega. MBBT asosida ABni ishlab chiqish, ma’lumotlar 
bazasini tashkil etish tuzilmasi bo‘yicha masalalarni tayyorlashga 
mo‘ljallangan. Bu masalalar bevosita axborot ta’minotining mashina 
tashqarisidagi sohasi bilan bog‘langan. Ishlab chiqilgan ma’lumotlar 


49 
bazasiga muvofiq uni MBBT vositalari bilan tashkil etish va uni ishga 
tushirish amalga oshiriladi.
Axborotlarni kiritish va nazoratlashning maxsus dasturiy 
vositalaridan 

yirik axborot bazasi uchun birlamchi massivlarni 
yaratish va ma’lumotlarni bazaga to‘plashdan oldin qayta ishlash 
bosqichida foydalaniladi. Bazani yaratishdan oldingi qayta ishlash 
vositasi kompyuterga kiritiladigan axborotning xaqqoniyligini va katta 
massivdagi 
ma’lumotlarni 
yuklashga 
tayyorgarlikni 
avtomatlashtirilgan nazoratini ta’minlaydi.
Ma’lumotlarni qayta ishlashning servis vositalari 

axborot 
bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘makchi vazifalarni ta’minlashi 
lozim. Ular bazaning dasturiy vositalariga tegishli. Bular ma’lumotlar 
fayllari va mashina axborot tashuvchi vositalari bilan ishlash bo‘yicha 
turli utilitalardir. Ularga quyidagilar mansub: nusxa olish, arxivlash, 
tiklash, antivirus vositalari, tarmoq utilitlari va boshqalar. 
Foydalanuvchining amaliy dasturlari universal algoritmlash 
tillaridan birida yaratiladi. Bunday dasturlarda, odatda ularda ishlab 
chiqiladigan ma’lumotlardan mustaqil bo‘lishi ta’minlanmagan. Ayrim 
joylarda bitta muammoli sohaning turli masalalariga oid axborot 
massivlarida ma’lumotlar takrorlanadi. Bu hol turli masalalar bo‘yicha 
bir [il ma’lumotlarni bir necha marta kiritishga olib keladi va dastlabki 
ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritganda ancha muammolarni keltirib 
chiqaradi. Shuningdek, amaliy dasturlar MBBTda universal algoritmik 
tilda yaratilishi mumkin. 

Download 3,4 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92




Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborotlar bazasini tashkil etish va yuritishning dasturiy

Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish