Kriptovaluta va raqamli pullarning ishlash texnologiyasi.
Innovatsion vazirlik tashabbusi bilan innovatsion markaz qoshida
hozirgi davrda shiddat bilan rivojlanayotgan blokcheyn texnologiyasi
imkoniyatlaridan foydalanish shart-sharoitlarni yaratish, kadrlar
salohiyatini oshirish hamda mahalliy dasturchilar tomonidan ushbu
texnologiyani o‘zlashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taqsimlan-
gan reestr (blokcheyn) texnologiyalari bo‘yicha vakolatlar markazini
yaratish ko‘zda tutilgan. Shuning uchun ham hozirgi paytda blokcheyn
texnologiyasini atroflicha tushunish va undan moliya-kredit-bank
146
sohalarida unumli foydalanish yo‘llarini chamalash maqsadida ushbu
maqola omma e’tiboriga havola etilmoqda.
Uning asosiy vasifasi va ishlash texnologiyasini misol tariqasida
ko‘rishimiz mumkin.
AQSHdagi biror bir firmaga bank jo‘natmalari orqali 1000 dollar
yubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan
so‘ng, bank xodimi shaxsiy hisobingizdan pulni echib olib, uni xalqaro
o‘tkazmalar uchun bankning yagona hisobiga o‘tkazadi. Shundan
so‘ng, boshqa xodim bu pullarni agent bankning hisobiga o‘tkazadi, u
esa, o‘z navbatida, pullarni AQSHga o‘tkazadi. U erda o‘tkazmangiz
aynan shu taxlitda firmaning shaxsiy hisobiga tushadi. Jo‘natma
davomida hech kim xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun o‘tib, firma
barcha banklarning komission foizlari olingandan so‘ng 970 dollarni
oladi. Biroq shu uch kun ichida na siz va na sizning firmangiz,
qolaversa, bank xodimlaridan hech biri ayni vaqtda pullaringiz qaerda
ekanligi va ularning hisobini kim yuritayotganligini bilmaydi. Undan
tashqari, jahon banklararo moliyaviy tizimlarida turli moliyaviy
to‘lovlarni amalga oshirishda ma’lumotlarning o‘zgarib qolishi, to‘liq
etib bormasligi yoki yo‘qolib qolishi kabi holatlar ham bo‘lishi
mumkin. Ana shunday holatlarda moliyaviy to‘lovlarni blokcheynlar-
dan foydalanib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Hozirda blokcheynlardan asosan kriptovalyuta jo‘natmalari
uchun foydalanilmoqda. Biroq u jahonning bir qancha mamlakatlarida
turli tashkilotlarning turli maqsadlari uchun ham faol joriy etilmoqda.
Masalan, er kadastrini yuritishda, tibbiyot korxonalarida mijozlarning
anketalarini saqlashda, davlat interaktiv xizmatlarini tashkil qilishda va
xakozolarda.
Blokcheynning afzalligi - uning shaffof, tezkor, soddaligi va
qiymatida. Siz kriptovalyuta yoki biror ma’lumotni blokcheyn orqali
jo‘natgan bo‘lsangiz, bunday jo‘natma haqida ma’lumotni o‘zgartirish
yoki qalbakilashtirishning umuman imkoni yo‘q. Chunki u butun dunyo
bo‘yicha yuz minglab kompyuterlar hamda maynerlar tomonidan
tasdiqlanadi. Aynan ushbu kompyuterlarda ushbu ma’lumotning
ko‘plab nusxalari saqlanadi, ular bilan istagan foydalanuvchi istagan
vaqtda tanishishi mumkin. Jo‘natma jarayoni bor-yo‘g‘i bir necha
daqiqa vaqt oladi va bank jo‘natmasidan bir necha o‘n marta arzondir.
Agar siz pullar yoki ma’lumotni blokcheynda saqlasangiz, ushbu
qaydlar hech qachon yo‘qolib qolmaydi yoki soxtalashtirilmaydi.
147
Moliyaviy bozorning istagan ishtirokchisi istagan daqiqada
sizning moliyaviy ahvolingizga ishonch hosil qilishi mumkin. Bunda
hech qanday uchinchi tomon yoki vositachi ishtirokisiz, to‘liq
shaffoflik va hisoblar aniqligining matematik kafolati ta’minlab
beriladi. SHuning uchun ham O‘zbekistonda Prezidentimiz tashabbusi
bilan blokcheyn texnologiyasini rivojlantirish borasida bir qator muhim
topshiriqlar berildi. Endi esa blokcheynlar bilan bir vaqtda hozirgi
paytda jahonning barcha mamlakatlarida rivojlanib borayotgan ICO
(Initial Coin Offering – kriptotokenlarni moliyaviy bozorlarga
birlamchi joylashtirish) nimaligi haqida qisqacha ma’lumot berishga
harakat qilamiz. Buni tushunish uchun attraksionlar parkini tasavvur
qiling. Uning kirish qismida park emblemasi tushirilgan jetonni xarid
qilasiz va turli ko‘ngilochar o‘yinlar va attraksionlar uchun u bilan
to‘lov qilasiz. Blokcheynlar bilan ishlovchi turli loyihalar (masalan,
ma’lumotlarni saqlashga ixtisoslashganlar) ham ana shunday jetonlar
chiqaradi. Ular tanga yoki token deb ataladi. Xaridor ana shunday
tokeni xarid qilib, uning yordamida loyihaning biror-bir xizmati,
aytaylik, ma’lumotlar bazasidagi o‘z ma’lumotlarini saqlash joyi
hajmini oshirish uchun to‘lovni amalga oshiradi. Agar bunday loyiha
ommalashsa, tokenlarning ham qiymati oshadi. Blokcheyn-loyihalar
tokenlar chiqarganda, ularni odamlar harid qilishi uchun moliyaviy
bozorga joylashtiradi.
Bu kriptotanga – tokenlarni birlamchi tizimga joylashtirish
ICO
- Initial Coin Offeringdir. ICOlar ichida eng taniqli bo‘lganlardan biri
GNOSIS deb nomlangan va u ishga tushirilgandan so‘ng, 15 daqiqa
ichida 12 million dollarga ekvivalent bo‘lgan mablag‘ yig‘ishga
erishgan. Ammo bu paytda u o‘zining faqatgina 5% GNO
tokenlarinigina chiqargan edi, xolos. Bu degani, GNOSIS 300 million
potensial dollarga teng tokenlar kapitalizatsiyasiga ega bo‘lgan holda,
biror bir hayotchan tijoriy mahsulot ishlab chiqarmasdan turib,
yaxshigina mablag‘ga ega bo‘lishdir. GNOSIS bo‘yicha materiallarni
o‘rganish ICOning tuzilishini, uning ishlashini, GNO tokenlarining
qanday faoliyat ko‘rsatishini va xaridor uchun foydasini tushunish
imkonini beradi. Gnosis Limited kompaniyasining
Tokenlarni sotish
shartlari‖ deb nomlangan hujjatida uning huquqiy tomonlari har qanday
moliyaviy uskuna kabi juda chuqur yoritilgan, ammo undagi iqtisodiy
148
tomonlar, salbiy ta’sirlar va murakkabliklar deyarli yo‘q (atroflicha
ko‘rib chiqilmagan).
Moliyaviy injenering sohasidagi mutaxassislar uchun ham bunday
masalalarni chuqur o‘rganib chiqish unchalik oson emas. Shuni alohida
ta’kidlash kerakki, agarda tokenlar yangi kriptovalyutalarning tokenlari
bo‘lmasalar, ICO da foydalaniladigan tokenlarning kriptovalyutalar
bilan hech qanday umumiy tomoni yo‘q.
Kriptovalyuta – ommaviy blokcheynning ichki hisob birligi
bo‘lsa, tokenlar – investorning kompaniya tomonidan pulga
almashtiriladigan raqamli aktividir.
Kriptovalyutani mayning yordamida
topadilar, tokenlar emissiyasini esa uni
chiqargan tashkilot yoki kompaniyalar
amalga
oshiradilar.
Kriptovalyuta
bilan tokenning asosiy farqi shundaki,
tokenda blokcheyn ham, hamyon ham
yo‘q, lekin kriptovalyutada bularning
ikkalasi ham bor. ICO biror bir
loyihaga pul jalb qilish uchun chiqariladi va sotiladi, pul to‘lab,
kontrakt vazifasini bajaruvchi tokenlar sotib olgan insonlarga esa
tokenlar o‘rniga nimadir berish taklif etiladi. Demak, investor
kriptovalyuta yoki tokenlar uchun kelajakda nimanidir olish huquqiga
ega bo‘ladi. Uning kelajakda nima olishi, startap loyihaning qanchalik
muvaffaqiyatli chiqishiga bog‘liq bo‘ladi. Deyarli barcha ICOlarni
tashkil qilish jarayoni bir xilda amalga oshiriladi: ya’ni, tashkilotchilar
elektron hamyonning adresini bildiradilar va ma’lum bir shartlar
asosida unga pul jo‘natishni taklif qiladilar. Mablag‘lar yig‘ilib
bo‘linganidan so‘ng, investorlarning elektron hamyonlariga raqamli
aksiyalarni jo‘natadilar. Tokenlar xaridorlarning ICOga jo‘natgan
pullari miqdoriga proporsional ravishda taqsimlanadilar. Albatta token
sotib olgan investor uni keyinchalik sotib foyda olishni yoki ICO tashkil
qilgan kompaniya hizmatlaridan foydalanib, nimalargadir erishishni
rejalashtiradi. Tokenlarni sotish, ularni sotib olingan joyida amalga
oshirilishi yoki unga qiziqqan haridorga moliyaviy bozorda birjalar
vositasida sotilishi mumkin. Tokenlarni muomalaga 314 chiqarish
uchun mo‘ljallangan mahsus platformalar ham mavjud, masalan,
ularning ichida eng ommaviylari - Ethereum, Waves, NEM, EOS va
149
KickICO lardir. Ularning har birining ijobiy va salbiy tomonlari ham
mavjud.
Masalan, Ethereumda eng katta auditoriya (foydalanuvchilar soni
5 million) bo‘lsa, Wavesda tokenlar juda tezkorlik bilan chiqariladi,
KickICOda esa ICO tashkil etish va uni amalga oshirish uchun tayyor
uskunalar mavjud. SHuning uchun yangi tokenlar paydo bo‘lishini
ICO-chilar amalga oshiradigan platformalar orqali kuzatib turish ham
mumkin. ICOlarga qancha mablag‘ jalb etish maqsadga muvofiq
bo‘ladi, degan savolga javob barcha turdagi yuqori tavakkalchilik
darajasiga ega bo‘lgan investitsiyalar kattaliklariga bo‘lgan kabidir –
ya’ni, ICOga o‘zingiz yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqmaydigan mablag‘ni
investitsiya qilgan ma’quldir.
Yuqoridagilarni diqqat bilan o‘qib chiqqanlarda kriptovalyutalar-
ning yoki tokenlarning hammaga ma’lum va mashxur bo‘lgan
moliyaviy piramidalarga o‘xshab ketishini anglash mumkin. Moliyaviy
piramidalarning asosiy maqsadi — uning yaratuvchisini yangi
ishtirokchilar kiritgan mablag‘lar hisobidan boyitishdir. Bunday
piramidalarning aktivlari tashqi bozorda hech kimga kerak emas,
ulardan foydalanishda hech qanday afzalliklarga ega emas, hech
qanday muammoni ham hal qilmaydilar.
Kriptovalyutalar yoki tokenlar bilan bog‘liq holatda esa hammasi
aksincha — ular moliyaviy bozorning katta muammosini hal qiladi,
ularning aylanmasi qulay va ishtirokchilar uchun manfaatli bo‘lib, bu
ularni xarid qilishga aniq talabni yuzaga keltiradi. Biroq ertaga bozor
texnologik jihatdan yanada mukammal va qulay nimanidir ixtiro qilsa,
yirik o‘yinchilar va investorlar kriptovalyutalarga bo‘lgan ishonchini
yo‘qotishi mumkin. Bu esa valyuta kursining tushib ketishi va
kapitalning boshqa qulayroq moliyaviy vositaga o‘tib ketishiga olib
kelishi mumkin. Ammo hozirda turli xil ko‘rinishdagi kriptovalyuta
hamda tokenlarni mukammallashtirish ustida dunyo bo‘ylab juda ko‘p
iqtidorli dasturchilar va matematiklar mehnat qilmoqdaki, navbatdagi
keskin texnologik o‘zgarish ehtimol, mavjud texnologiyalar doirasida
yuz berishi mumkin.
So‘mning emissiyasi jarayonida blokcheyn texnologiyasini
qo‘llash orqali milliy kriptovalyutani yaratish ham O‘zbekiston
iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga molik bo‘lishi
mumkin. Chunki ushbu moliyaviy uskuna orqali O‘zbekiston jahon
kriptavalyutalar bozoriga kirib olib, iqtisodiyotni rivojlanishi uchun
150
kerakli bo‘lgan moliyaviy resurslarga, ya’ni, investitsiyalarga ega
bo‘lishi mumkin. Shuni aytish mumkinki yilning noyabridan oyidan
boshlab, ilk kriptovalyuta bo‘lgan bitkoinning qiymati $1000 dan oshdi,
2017 yilning bahoriga kelib esa bitta virtual bitkoin uchun $2500, 2017
yilning kuziga kelib esa $20000 bera boshlashdi. Shu vaqtning o‘zida
boshqa kriptovalyutalar ham o‘sishda davom etmoqda. Masalan, bir
efirium valyutasi 2017 yil yanvaridan 2017 yil iyunigacha 30 barobar
o‘sdi va narxi $250ga etdi. Bu o‘sish bir qancha faktorlarga bog‘liq.
Masalan, 2017 yilda Yaponiya xukumati bitkoinni to‘lov vositasi
sifatida tan olishdi va hozirda bu mamlakat fuqarolari ushbu
kriptovalyutada bank hisob raqamlarini ochishlari va undan
foydalanishlari mumkin. Bitkoinning bu etakchi rivojlangan
mamlakatda qonuniylashtirilishi investorlar orasida katta qiziqish
uyg‘otmoqda, albatta.
Masalan, 2017 yil may oyida ishga tushgan Yapon kriptovalyuta
birjasi Z.com talabgorlarning haddan tashqari ko‘pligidan ishini
vaqtincha to‘xtatib turishga majbur bo‘ldi. Mavjud kriptovalyutalar
narxining tezlik bilan oshib ketishi blokcheynekotizimlarining
rivojlanishi bilan ham bog‘liqdir.
Xususan, ICO mexanizmi (blokcheyndagi kraudfunding) tizimlari
borgan sari ommalashib bormoqda. Startap kompaniyalar keyinchalik
rivojlanish maqsadlarida o‘zlarining shaxsiy kriptotokenlarini ham
chiqarishlari mumkin. Investorlar esa bu kriptotokenlarni sotib olib,
startap kompaniya faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lgan taqdirda yaxshigina
foyda olishlari mumkin. Hozirgi kunlarda juda ko‘p ICOlar tashkil
etilmoqda va ular tomonidan jalb etilgan moliyaviy resurslar miqdori
bo‘yicha yangidan-yangi rekordlar qo‘yilmoqda.
Masalan, Mozilla brauzerining avvalgi bosh direktori Brendan
tomonidan tashkil etilgan Brave startapi ICO vositasida 30 sekund
davomida $35 mln mablag‘ yig‘a oldi.
Masalan, 2016 yilning boshida Xitoy Xalq banki kriptovalyutaga
o‘tish rejasini e’lon qildi va hozirgi kunlarda naqd pullarni asta-sekin
blokcheynlarga o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Xitoy mamlakati fuqarolari uchun bu ish hech qanday
noqulaylik tug‘dirmaydi, chunki bu tizimdan foydalanish hozirgi
paytda foydalaniladigan WeChat yoki Alipay tizimlaridan unchalik
farq qilmaydi. Ammo bu o‘zgarish biznes uchun katta ahamiyatga ega
bo‘ladi, chunki bunda oradagi moliyaviy vositachilar yo‘qoladi.
151
O‘zbek milliy valyutasi – so‘mni ham blokcheynga o‘tkazish
davlatga bir qancha moliyaviy muammolarni hal qilish imkonini berar
edi. Shu jumladan, joriy bank operatsiyalarining shaffofligini oshirish,
davlat samaradorligini oshirish, ikkilamchi va yashirin bank sektorini
yo‘q qilish, davlat apparatidagi byurokratiyani engish, soliqlar to‘lash
jarayonini mukammallashtirish orqali, soliq to‘lamaslik holatlariga
qarshi samarador kurashish, kichik biznes va tadbirkorlikning
rivojlanishiga yangi imkoniyatlar berish, halqaro valyuta-kredit
resurslarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga keng jalb qilish hamda
mamlakatimizdagi moliya-kredit muassasalarining ishini yanada
takomillashtirish va boshqa imkoniyatlarni bular safiga kiritishimiz
mumkin. Undan tashqari, blokcheynlarning zamonaviy rivojlangan
platformalaridan foydalangan holda davlat apparatidagi interaktiv
xizmatlarning bir qismini muvaffaqiyatli ravishda blokcheynlarga
o‘tkazish mumkin. Masalan, er kadastrini yurituvchi blokcheynlarni,
tibbiyot mijozlarining bazasini yuritish blokcheynlarni, katta
ma’lumotlar bazasini blokcheynlarda tashkil etishni, ma’lumot qidiruv
va saqlash tizimlarini tashkil etish va yuritishga bag‘ishlangan
blokcheyn tizimlarini shularga yaqqol misol qilib keltirish mumkin.
Bunda nafaqat katta iqtisodiy samaradorlikka erishiladi, balki
ma’lumotlarning
barcha
uchun
mutlaqo
shaffofligiga
va
tushunarliligiga ham erishiladi.
O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barcha
turdagi operatsiyalarni milliy valyutada (so‘mda) amalga oshirish
huquqiga ega bo‘ldi. Biroq, norezidentlarga kriptoaktivlarni faqat
xorijiy valyutaga sotish mumkin. Shuningdek mulkiy ta’minotga ega
tokenlar emissiyasiga ham ruxsat berildi (2021-yil 22 noyabr).
Hujjat bilan birinchi marta 2019 yil yanvar oyida qabul qilingan
kriptobirjalarni
litsenziyalash
tartibi
to‘g‘risidagi
nizomga
o‘zgartirishlar kiritildi.
Endilikda O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar
bilan barcha turdagi operatsiyalarni milliy valyutada (so‘mda) amalga
oshirish huquqiga ega bo‘ldi. Biroq, norezidentlarga kriptoaktivlarni
faqat xorijiy valyutaga sotishlari mumkin.
Bundan tashqari, o‘zgartirishlar tokenning tariflarini va u bilan
bir qator operatsiyalarni, jumladan, tokenlar emissiyasi, joylashtirish va
ro‘yxatga olishni nazarda tutadi. Tokenlarni investitsiya va moliyalash-
152
tirishni jalb qilish uchun tegishli ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik
subyektlari chiqarishi mumkinligi aniqlandi.
O‘zbekiston kripto-birjalarida sotiladigan barcha tokenlar mulkiy
ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Mulkiy ta’minotga ega bo‘lmagan
tokenlarni chiqarish va joylashtirish taqiqlanadi.
Kriptobirjalar o‘zlarining tokenlarini joylashtirgan tashkilotlarni
va ularning mulkiy xavfsizligi bor-yo‘qligini tekshirishlari shart.
Shuningdek, jalb qilinishi rejalashtirilgan summaning kamida 10 foizi
kriptobirjasining maxsus hisob raqamiga kiritilishi kerak.
O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi kriptovalyuta birjasi
UzNEX 2020 yil yanvar oyida ishga tushirilgan. Biroq o‘sha kungacha
o‘zbekistonliklarga faqat chet elliklarga kriptovalyuta sotishga ruxsat
berilgan edi — Loyiha boshqaruvi milliy agentligi aholining moliyaviy
savodxonligi pastligiga ishora qilgan, deb yozmoqda Spot.
Bu yil agentlikning pozitsiyasi o‘zgardi. O‘zbekiston resident-
lariga
kriptoaktivlarni
sotib
olishga
ruxsat
beruvchi qonun
loyihasi muhokamaga chiqarildi. Bundan tashqari, Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi kompaniyalarga tokenlarni chiqarishga ruxsat
berishni taklif qilgan.
|