140
6.
Kompyuter ma’lumotlarini o‘zgartirishga qaratilgan
usullar:
kompyuter ma’lumotlarini o‘zgartirish;
yolg‘on (tizim so‘rovlari ostida yashirish).
7. Kompyuter ma'lumotlarini yo‘q qilish usullari:
olib tashlash;
ma‘lumotlarni blokirovka qilish;
zararli dasturlarni yaratish va tarqatish;
himoya mexanizmlarining ishlamay qolishi.
Davlatning axborot xavfsizligini huquqiy qo‘llab-quvvatlash
axborot xavfsizligi siyosatini amalga oshirish mexanizmlarini
shakllantirishning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
1) jamiyatda axborot xavfsizligini ta‘minlash bilan bog‘liq
munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yaratish bo‘yicha
normativ-huquqiy hujjatlar;
2) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlar,
fuqarolar tomonidan axborot, axborotlashtirish va axborotni muhofaza
qilish sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha ijro
etuvchi va huquqni muhofaza qilish faoliyati.
Savollar:
1. Axborot xavfsizligi nima?
2. Axborot xavfsizligini ta’minlash qanday amalga oshiriladi?
3. Axborot himoyasi deb qanday jarayonga aytiladi?
4. Kompyuter ma'lumotlarini yo‘q qilish usullari qaysilar?
5. Axborotni noqonuniy o‘qish, nusxalash va tarqatish bilan bog'liq
usullar qaysilar?