145
Shuningdek, raqamli iqtisod rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan
barcha narsani qamrab olishi mumkin, ya’ni mantiqiy sxemalarda
namoyon bo‘ladi. Hayotning o‘zi esa bu "narsalarni" ishlab chiqarish,
tarqatish, almashtirish va iste’mol qilish tizimiga aylantirishga
imkoniyat yaratadi. Xaqiqatdan ham insonning ruhiy haqiqatida
joylashgan dunyoning virtual qismidan oldin ishlab chiqarish kuchi
bo‘lmagan, yangi g‘oyalar va mahsulotlar yaratilgan muhit emas edi.
Raqamli iqtisodiyot eng avvalo elektron tijorat tizimida qo‘rib
chiqishimiz mumkin, keyinchalik internet texnologilari rivojlanishi
bilan iqtisodiyotni raqamlashtirishga korxona va tashkilotlarni ish
faoliyatlarini internet orqali amalga oshirish jarayonlari kiritamiz.
Chunki korxonalar nafaqat xizmatini balki boshqaruv tizimlarini ham
internet orqali amalga oshiradi. Raqamli tovarlarni rivojlantirish
ulardan samarali foyda olish, elektron, raqamli pul o‘tkazmalarini
amalga oshirish tizimlarini tadbiq qilish jarayonlari ham raqamli
iqtisodiyotni asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Xozirgi kunda
jahonda kriptovalyuta to‘lov tizimlari rivojlanmoqda. Rossiya, MDH
davlatlari, shu jumladan, bizning mamlakatimizda kriptovalyutalarni
o‘rganish davr talabi ekanligi aytilib o‘tilmoqda. Yaponiya, AQSH va
ko‘pchilik Yevropa davlatlari kriptovalyutani blokcheynlari bilan
faoliyat
yuritishadi.
Iqtisodiyotni
va
zamonaviy
axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanishi elektron tijorat tizimini
yanada rivojlantirishga olib keladi.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlanishidagi iqtisodiy
statistik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Raqamli iqtisodiyot faoliyati
yaqindan o‘rganildi va ma’lumotlar bazasi yig‘ildi. To‘plangan
ma’lumotlar asosida kuzatish va iqtisodiy tahlilni qiyoslash, tizimli
yondashuv hamda mantiqiy yondashuv kabi uslublardan samarali
foydalanildi.