138
himoyalanmagan
telefon
va
radioaloqa
kanallarida
muzokaralarning kriptografik vositalaridan foydalanishni tartibga
solish;
shaxsiy parollar yordamida ma’lumotlar bazalariga,
fayllarga,
elektron hujjatlarga kirishni tartibga solish, buyruqlarni aniqlash va
boshqa usullar;
Kodlarni, shifrlarni aniqlash yordamida
ajratilgan maydonda
xodimlarga kirish qoidalari.
Kriptografik himoya komponentlari, kodlari, parollari va boshqa
atributlari ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi va
o‘zgartiriladi. Foydalanuvchilar tomonidan mulkiy shifrlash
tizimlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Zamonaviy kompyuterlashtirish sharoitida
axborot xavfsizligi
axborotjarayonlari qimmatli ma’lumotlardan noqonuniy va tez-tez
jinoiy foydalanishni oldini olish uchun asosiy ahamiyatga ega. Axborot
xavfsizligini ta’minlash vazifalari maxfiy ma’lumotlar va hujjatlar
bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan
qator muammolarni hal
qilishga qodir bo‘lgan axborotni muhofaza qilishning keng qamrovli
tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
So‘nggi yillarda ommaviy axborot vositalarida “
kompyuter
jinoyatchiligi” tushunchasiga borgan sari ko‘proq duch kelayapmiz.
Chunki ijtimoiy munosabatlar o‘zgarishi bilan yangi munosabatlar
yuzaga kelishi tabiiy holdir. Mazkur jinoyatga nisbatan e‘tiborning
ortishi bejiz emas. Zotan, bugungi kunda har qanday sohani
axborot,
aloqa, savdo-sanoat, bank va birja operasiyalari xamda boshqa faoliyat
turlarini kompyuterlarsiz tasavvur etish mushkul.
Hozirgi kunda jamiyatning barcha muhim funksiya va vazifalari
u
yoki bu darajada kompyuter, internet tarmoqlari va axborotlariga
bog‘liq. Ayniqsa, kompyuterlarning moliya-iqtisod sohasiga ta’siri
kuchli. Mazkur sohada nafaqat kompyuter ma`lumotlari, balki oddiy
banknotlar bilan teng qiymatga ega bo‘lgan “elektron pul” mablag‘lari
qo‘llanmoqda. Pul va boylik muomalada bo‘ladigan sohada esa, ularni
o‘zlashtirish uchun qonunni buzishdan ham toymaydigan jinoyatchilar
har doim ham topiladi. Demak, o‘zgalar
mulkini kompyuter
vositalaridan foydalanib talon-taroj qilish bugungi kunda dunyoda
shiddat bilan rivojlanib borayotgan hamda chek-chegara bilmaydigan
jinoyat ekani bilan ham xavflidir.
139
Kompyuter axborot tizimlarining jamiyat hayotidagi o‘rni,
ulardan foydalanish ko‘lamining oshib borayotgani, davlat boshqaruv
organlari faoliyatiga ham kompyuter tarmoq va tizimlarining jadal kirib
kelayotgani ushbu tizimlar va axborotlarni jinoiy tajovuzlardan himoya
qilish muammosini yuzaga keltiradi.
BMT ekspertlari tomonidan bildirilgan tavsiyalarga ko‘ra,
kompyuter jinoyatchiligi sirasiga kompyuter
axboroti yoki uning
muhofazasi sohasida sodir etiladigan, shuningdek, kompyuter
texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlardur.
Kompyuter jinoyatchiligi faqat o‘zgalar mulkini talon-taroj
qilishnigina emas, balki elektron viruslarni tarqatish va boshqa jinoiy
harakatlarni ham qamrab oladi. MDH davlatlari miqyosida olib
qaraydigan bo‘lsak, so‘nggi yillarda zararli dasturlar tarqatilishi odatiy
holga aylanib qoldi. Birgina Rossiyada har oyda ikkitadan o‘ntagacha
yangi virus tarqaladi. Faqatgina 2018 yilda kompyuter viruslari 100
milliard dollar atrofida zarar etkazgani aniqlandi.
Kompyuter jinoyatchiligini ikki toifaga ajratishimiz mumkin:
a) kompyuterdan jinoiy faoliyatni
amalga oshirishda yordamchi
vosita sifatida foydalaniladigan jinoyatlar (masalan, soxta guvohnoma
yasash, mualliflik hujjatlarini ishlab chiqarish va h.k.);
b) kompyuterdan ma’lumotni o‘g‘irlash yoki buzish, bankka
hujum qilish, qonunga xilof pul operasiyalarini amalga oshirish, kredit
kartochkalari raqamlarini o‘g‘irlash maqsadlarida hamda jinoyat quroli
sifatida foydalaniladigan jinoyatlar.
Kompyuter jinoyatlarini sodir etishning ko‘plab usullari mavjud.
An’anaviy ravishda ularni 4 guruhga bo‘lish mumkin: