136
buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini
tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i
milliy
segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar
to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni
muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;
qonun buzuvchilarni tahlil qilish,
identifikatsiyalashda,
axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga
oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda
huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi
hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish
maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi
xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish.
O‘zbekiston
Respublikasi
Aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi
Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi Mazkur Markazning asosiy
maqsadi etib, “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari,
resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog‘i
milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash
sohasidagi
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqish, davlat organlari tizimlari va axborot resurslarida axborot
xavfsizligini ta’minlash belgilangan.
Axborot
xavfsizligi
deb,
ma’lumotlarni
yo‘qotish
va
o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy yoki sun‘iy xossali tasodifiy
vaqasddan ta’sirlardan har qanday tashuvchilarda axborotning
himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf
faqatgina konfidentsial
(maxfiy) xabarlar vahujjat larni o‘g‘irlash yoki nusxa olishdan iborat
bo‘lsa, hozirgipaytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to‘plami,
elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat
so‘ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu xarakatlardan
moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish
va ishlab chiqarish
faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot
zaxiralarining
yaxlitliligi,
ishonchliligi,
foydalanish
osonligi
vamaxfiyligini
ta’minlovchi
qat’iy
reglamentlangan
dinamik
texnologik jarayonga aytiladi.