130
ERP tizim
6.13-rasm. ERP tizimi
ERP so‘z qisqartmasi inglizcha Enterprise
Resource Planning
System so‘zlarining bosh harfidan olingan bo‘lib, “korxona resurslarini
rejalashtirish tizimi” degan ma’noni bildiradi. Deylik bir korxona
qandaydir mahsulot ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotni ishlab
chiqarishda korxona ichidagi bir qancha bo‘limlar,
sexlar va boshqa
korxonani tashkil etivchi qismlarini ishtirokini talab qiladi. Ya’ni
korxona bo‘limlarining funksiyalari va boshqa imkoniyatlarini
qandaydir kompyuter tizimida shakllantirish zarurati tug‘iladi. Aynan
shu tizim orqali korxonadagi haqiqiy vaziyatni kuzatish va boshqarish
mumkin. Masalan, omborxonada qandaydir hom-ashyoda kam
miqdorda qolgan, va agar yana huddi shunday hom-ashyo keltirilmasa,
korxona ma’lum muddatdan so‘ng
ishlashdan, mahsulot ishlab
chiqarishdan to‘xtab qoladi. Bu esa korxona uchun juda katta moddiy
ziyon keltirib chiqarishi mumkin. Aynan shunday holatlarda ERP
tizimlar yordamga keladi. Ushbu tizimga korxonaning har bitta bo‘limi
ulanadi va bu tizim yordamida korxona bo‘limlari o‘rtasida
doimiy
ma’lumot almashinuvi jarayoni sodir bo‘ladi.
Yuqoridagi holatda ERP tizim yordamida muammo qanday hal
qilinadi?
Ushbu holatda korxonaning hom-ashyolarni yеtkazib berish bilan
shug‘ullanuvchi bo‘limi omborda xom-ashyodan qancha qolganligini
131
aniqlaydi. Keyin u korxonadagi mahsulot ishlab chiqarish bo‘limi
yordamida(ularni mahsulot ishlab chiqarish tezligini bilgan holda),
omborda qolgan hom-ashyo qancha muddatga еtishini hisoblashadi va
ishlab chiqarish bo‘limi ma’lum vaqt to‘xtovsiz ishlashi uchun(yoki
korxonaga tushgan buyurtmalarni bajarish uchun) yana qancha hom-
ashyo kerak bo‘lishi hisoblab chiqishadi. So‘ng
ular xom-ashyo
yеtkazib beruvchi boshqa korxonalar bilan bog‘lanib kerakli xom-
ashyolarni buyurtma berishadi.
ERP tizimlar boshqa tizimlardan nimasi bilan farqlanadi?
Ko‘p hollarda ERP tizimlarni ma’lum bir vazifani bajaruvchi
boshqa dasturiy ta’minot vositalari bilan almashtirib qo‘yishadi.
Masalan, ERP tizimlarni CRM (Customer Relationship Management)
tizimi bilan yoki ERP tizimlarni buxgalteriya va soliq dasturlari bilan
bir xil dastur deb hisoblashadi. ERP
tizimlarning asosiy boshqa
tizimlardan asosiy farqi, ERP tizimlar korxona resurslarini biron-bir
qismini emas, balki uning barchasini boshqarish uchun mo‘ljallangan.
Ya’ni quyidagicha sanab chiqish mumkin:
korxonaning barcha bo‘limlari vazifalari va ma’lumotlar
bazalarini
integratsiya qiladi, birlashtiradi;
korxonani yaxlit axborot-dasturiy tizimga birlashtiradi;
korxonadagi har qanday muommolarni hal qilishga yordam
beradi.
ERP tizimlar korxona faoliyat olib borishiga qanday yodam bera
oladi?
ERP tizimlari korxona uchun muqobil еchim bo‘lib, bunda
korxona masshtabi, unda fililallar bor-yo‘qligi
va ularni bir-biridan
qanchalik uzoqda joylashgani muommo tug‘dirmaydi:
korxona ichida bo‘limlari o‘rtasidagi hujjatlar almashinuvini
tezlashtiradi;
axborot va ma’lumotlarni tezkorlik bilan ko‘rish imkonini
beradi;
boshqa joyda ishlovchi bo‘limlar,
filiallar va xodimlarni
samarador boshqarish uchun xizmat qiladi.