125
Boshqaruv organi obyektni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan
foydalanuvchi shaxs yoki shaxslar guruhi sanaladi.
Tashkiliy tizimlar avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan
bo‘lishi mumkin. Tashkiliy tizimlar bir qator o‘ziga
xos xususiyatlarga
ega. Dastlabki o‘ziga xosligi shuki, tizimning asosiy elementi
murakkab, faol tizim bo‘lgan insondir. Inson yurish-turishi, xulqi
jihatlarining amaliy talablarini bayon etuvchi
norasmiy modellarini
tuzish juda murakkab, ba’zan esa iloji yo‘q. Ayni paytda inson tashkiliy
tizimlarda qaror qabul qiluvchi shaxs (QQSh) hisoblanadi. Tashkiliy
tizimlarning ikkinchi o‘ziga xosligi
ko‘p maqsadli ishlash
xususiyatidir. Ushbu tizimlar faoliyatining samaradorligi umuman
olganda ham uning kichik tizim va elementlarini tashkil etuvchilariga
ko‘ra ko‘plab
miqdordagi texnik, iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar
bilan belgilanadi.
Samaradorlikni baholashning ko‘pqirraligi ko‘pgina o‘zaro
bog‘liq jihatlar bo‘yicha boshqarishni tashkil etish zaruriyatiga olib
keladi. Bunda tizimning boshqa elementlari bilan moddiy va axborot
jihatdan o‘zaro ta’sirini tashkil etish talab etiladi.
Uchinchi o‘ziga xoslik - tashkiliy tizimlarning uzluksiz
rivojlanishini o‘z ichiga oladi, u yangi ehtiyojlar paydo bo‘lishi, bu
ehtiyojlarni tashqi va ichki shart-sharoit hamda o‘zgarishlar
bilan
bog‘liq holda qondirish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
Oqibatda, obyektlar tarmoqlari doimiy o‘zgaradi, uning elementlari
o‘rtasida yanga aloqalar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ham alohida
obyekt, ham umuman tizim sifatida boshqarish tizimi o‘zgaradi.
Axborot tizimi deb ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, izlash, qayta
ishlash va uzatishning qo‘yilgan maqsadga olib boruvchi vositalari,
metodlari va personalning o‘zaro bog‘liq majmuasiga aytiladi.
Demak, axborot tizimi deb qo‘yilgan
maqsadga erishish uchun
axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan
foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan
jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari
va aloqa vositalari
hamda personalning o‘zaro bog‘liq majmuasiga aytiladi.
Dastlabki axborot tizimlari (AT) o‘tgan asrning 50-yillarida
yaratilgan. 60- yillarda yaratilgan ATlaridan olingan ma’lumotlar turli
darajadagi davriy hisobotlarni yaratishda qo‘llanila boshladi. 70 - 80-
yillarda ATlar boshqaruv nazoratining vositasi sifatida ishlatila