115
Sun‘iy intellekt texnologiyalari ikki yo‘nalishda rivojlanmoqda:
1. Pastga (semiotik). U nutq, fikrlash va his-tuyg‘u kabi yuqori
darajadagi ruhiy jarayonlarni bildiruvchi yangi tizimlar ishlanmalari va
bilim asoslarini taqdim etadi.
2. Yuqoriga (biologik). Bu yondashuv
biologik jarayonlar nuqtai
nazaridan aqlli xatti-harakatlar modellarini yaratuvchi neyron
tarmoqlar sohasida tadqiqotlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Bu yo‘nalish
bazasini neyrokompyuterlar tashkil qiladi.
Hozirgi kunda Sun‘iy intellekt sohasida
juda katta loyihalar
amalga oshirilyapti. Masalan:
Google sun‘iy intellekt (AI) algoritmlari asosida obyekt hidini
uning kimyoviy tuzilishiga ko‘ra tasvirlay
oladigan vositani ishlab
chiqdi.
Buning uchun Google jamoasi 5000 dan ortiq turli
molekulalarning lazzat va aroma maʼlumotlar toʻplamidan foydalangan
holda neyron tarmoqni oʻrgatdi. Shunday qilib, hidlar xaritasi yaratildi.
Sun‘iy
intellekt, shuningdek, hidning
kuchini va uning boshqa
hidlarga o‘xshashligini, shuningdek, uni boshqa hayvonlar tomonidan
qanday qabul qilishini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Misol sifatida Googlening Teachable machine online xizmatini
misol sifatida ko‘rib o‘tamiz:
6.9-rasm. Teachable Machine
Teachable Machine ning birinchi versiyasi 2017-yilda chiqarilgan
va
bu web-ga asoslangan vosita bo‘lib, u ixtiyoriy foydalanuvchiga
mashinani o‘qitish modelini yaratishni osonlashtiradi.
Bu online xizmat asboblaridan qanday foydalanish mumkin?