114
6.3. Mavzu: Biznesda sun‘iy intellekt texnologiyari
Reja:
1. Biznes va sun‘iy intellekt. Sun‘iy intelekt obzori.
2. Exspert tizimlari. Exspert tizimlarini ishlab chiqish. Neyron to‘rlari.
Fuzzi logic tizimlari (Fuzzy Logic System).
3. Genetik algoritmlar. Virtual borliq. Aqlli agentlar. Bilimlarni
boshqarish konsepsiyasi.
Sun‘iy intellekt (AI) bizning yashash, ishlash va o‘zaro
munosabatlarimizni o‘zgartiradi. Shaxsiy hayot tarzimizdan tortib,
ijtimoiy majburiyatlarimiz orqali xususiy va korporativ biznesimizni
qanday boshqarishimizgacha sun‘iy intelekt metodologiyamizni
o‘zgartirmoqda. Eski tibbiy ekspert tizimlari va aqlli qidiruv
tizimlaridan aqlli chatbotlar va bashoratli modellargacha sun‘iy
intellekt amaliyotiga o‘tish tez rivojlanib bormoqda.
Intellekt – fikrlash qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi; zehn.
Sun‘iy intellekt – odamlarga taqlid qiluvchi kompyuterlar
(dasturlar)
• Muammolarga еchim topishda
• Ratsional (oqilona) qaror qabul qilishda
• Odamlarga o‘xshab harakat qilishda
Sun‘iy intellekt ta’rifi: Vizual idrok etish (ko‘rish), nutqni
anglash, qaror qabul qilish va tarjima kabi odatda inson aql-zakovatini
talab qiladigan vazifalarni bajarishga qodir kompyuter tizimlarini
o‘rganish va yaratishdir.
Quyidagi rasmda sun‘iy intellect rivojlanish davri keltirilgan: