• Axborot mahsulotlari
  • Axborot tizimlari




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/155
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #232505
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155
    Bog'liq
    21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

    Axborot texnologiyasi
    - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov 
    berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va 
    jarayonlar majmui. 
    Axborot texnologiyalari industriyasining yuzaga kelishi ularning axborot 
    jamiyatini yaratishni qanday ta’minlashiga bog’liq. Axborot texnologiyalari 
    industriyasi axborot mahsulotlari va vositalarini ishlab chiqaradi hamda 
    iste’molchilarga etkazadi.
    Axborot mahsulotlari
    deganda avvalo, an’naviy yo’l bilan yoki elektron 
    texnika yordamida olingan turli bilimlar sohasi, shuningdek ma’lumot va axborotning 
    boshqa shakllari tushuniladi. 
    SHaxsiy kompyuterlarning ommaviy ravishda ishlab chiqarilishi ayniqsa 
    axborot texnologiyalari sanoati uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. SHaxsiy 
    kompyuterlar inson faoliyatining deyarli barcha sohalariga kirib bordi va 
    mutahassislarning bilimlar manbaiga kirib borishi hamda uni bevosita qayta ishlash 
    jarayonida qatnashish imkoniyatini kengaytirdi. 
    Axborot 
    texnologiyalari 
    rivojlanishi 
    bevosita 
    iqtisodiy ob’ektlarning axborot tizimlaridan foydalanishi bilan bog’liq. 
    Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutahassislarga, texnik xodimlarga 
    axborotni 
    qayta 
    ishlash 
    va 
    qarorlar 
    qabul 
    qilishda 
    hamda 
    to’liq 
    va 
    ishonchli 
    bo’lgan 
    zamonaviy 
    axborot tizimini yaratishda ko’mak beradi [18]. 
    Axborot texnologiyalari ma’lumotlarni qayta ishlashning mustaqil tizimi 
    sifatida ham, funktsiyaviy tarkibiy qism sifatida ham ishlaydi va yanada yirik tizim 
    doirasida boshqaruv jarayonini ta’minlaydi. Bunday tizimlar qatoriga sanoat 
    korxonalari, firmalar, korporatsiyalar, moliya-kredit va tijorat-savdo tashkilotlari, 


    14 
    ishlab chiqarish va xo’jalik jarayonlarining avtomatlashtirilgan boshqarish, ilmiy 
    tajribalar, iqtisodiy-matematik modeli, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi, kutubxona 
    xizmati va boshqa bir qator sohalar kiradi. 
    Hozirgi kunda nafaqat ta’lim sohasiga, balki milliy iqtisodning barcha 
    tarmoqlariga: tijorat, biznes va boshqalarga zamonaviy axborot texnologiyalari keng 
    ko’lamda kirib kelmoqda. 
    Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarining hayotimiz barcha jabhalariga 
    kirib kelishi biznes va ta’limni yo’lga qo’yish mexanizmlarini tubdan o’zgartirib 
    bormoqda. SHuni ta’kidlash kerakki, jahon 
    iqtisodiyotining 
    globallashib 
    borayotganida Internet orqali ta’lim xizmatlarini taklif etish borasida mehnat 
    bozorining hajmi cheksizdir. 
    O’zbekistonda yuzaga kelgan vaziyat iqtisodiyotning rivojlanishini intensiv 
    yo’lga o’tkazishni, resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni, ishlab 
    chiqarishga tobora takomillashgan mehnat qurollarini joriy etishni juda ham muhim 
    vazifa qilib qo’ymoqda. 
    Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar 
    tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni va 
    zamonaviylashtirish respublikamizda ustuvor o’rinlarga chiqmoqda. Iqtidorli yoshlar 
    ishtirokida respublikada Internet – festivallar, Internet – forumlar o’tkazish odat 
    bo’lib qoldi, shaharlar va qishloqlarda Internet tarmog’idan jamoa bo’lib foydalanish 
    punktlarining soni tabora ko’paymoqda, axborot xizmatlari turlari sezilarli darajada 
    kengaymoqda, ularning xizmatlari yanada intellektualroq bo’lib bormoqda. 
    Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov 2001 yil may oyida Oliy Majlisning V
    sessiyasida so’zlagan nutqida kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini 
    ishlab chiqarishga, maktablar va oliy o’quv yurtlarining dasturlariga, odamlarning 
    kundalik turmushiga joriy etish bo’yicha O’zbekistonning yuksak darajalarga 
    erishishi yuzasidan aniq vazifalarni qo’ydi. 
    Jamiyatni kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlan-tirish 
    bo’yicha vazifalarni hal etish uchun 2002 yil 30 mayda O’zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot – 
    kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida» gi Farmonda belgilangan 
    chora-tadbirlarning amalga oshirilishi axborotlashtirishning milliy tizmlari barpo 
    etilishini, iqtisodiyotga va jamiyatning har bir a’zosi hayotiga kompyuter texnikasi 
    va axborot texnologiyalari ommaviy joriy etilishi uchun shart-sharoitlarni 
    ta’minlaydi, jahon bozorida mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini 
    oshiradi. 
    Farmonda va hukumat qarorida belgilangan dasturiy chora-tadbirlarning 
    amalda ro’yobga chiqarilishi boshqaruvning barcha tarmoq va mintaqaviy 
    organlariga, iqtisodiy va madaniyatning barcha sohalariga, umuman, jamiyatga 
    daxldordir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maxsus «Kompyuterlashtirishni 
    va 
    axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarini 
    rivojlantirish 
    bo’yicha 
    muvofiqlashtiruvchi Kengash» tashkil etildi. Joriy yilda Kengashga 2010 yilgacha 
    bo’lgan davrda telekommunikatsiyalar va ma’lumotlar uzatishning milliy tarmog’ini 


    15 
    rivojlantirish; davlat boshqaruviga elektron texnologiyalarni joriy etish; eletron 
    tijoratni rivojlantirish bo’yicha dasturlarni tayyorlash topshirildi. 
    Prezident Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi 
    va 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya 
    texnologiyalarini rivojlantirish dasturini tasdiqladi, unda telekommunikatsiyalar va 
    ma’lumotlar uzatishni rivojlantirish, axborot resurslaridan foydalanish, Internet 
    tarmog’ida o’z saytlarini yaratishning maqsadli yo’nalishlari belgilandi. 
    Iqtisodiyot tarmoqlari va jamiyatning axborotni tezkor ayirboshlashga, jahon 
    axborot resurslariga kirib borishga bo’lgan yuqori ehtiyoji, ta’lim jarayonlarini va 
    kishilarning kundalik turmushini kompyuterlashtirish zaruriyati, shuningdek, axborot 
    va ma’lumotlar bazasi tashkil etilishini ta’minlash ehtiyoji ushbu muhim qarorlarning 
    qabul qilinishi uchun asos bo’ldi. 
    Korxonalarni texnik jihatdan qayta qurollantirish, kam chiqitli va chiqitsiz 
    texnologiyalardan, ilg’or konstruktsiyali materiallardan foydalanish dasturlarini 
    amalga oshirish asosidagina mehnat unumdorligini o’stirish, mahsulot sifatini 
    yaxshilash, aholining harid talabini qondirish, ilm - fan ishlab chiqarish tarmoqlarini, 
    ayniqsa, elektronika, asbobsozlik, yangi hisoblash texnikasi, zamonaviy aloqa 
    vositalari ishlab chiqarishini rivojlantirish va ularni amaliyotda qo’llash vazifasi 
    kelib chiqadi.
    Bularning hammasi axborotlashtirishning ulkan imkoniyatlaridan eng samarali 
    foydalanishni, uning bozor munosabatlariga o’tish davridagi jarayonlariga ta’sirini 
    kuchaytirishning eng dolzarb vazifasiga aylantirmoqda.
    Axborot jarayonlarini tashkil etish uslublarini takomillashtirish hozirgi 
    vaqtning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi, uni muvaffaqiyatli echimini topish 
    iqtisodiy tizimlarni boshqarishning keyingi rivojlanish darajasini belgilaydi. Uni 
    bozor uslublari bilan taraqqiy toptirilishi iqtisodiyotda katta ijobiy o’zgarishlarga olib 
    borishi zarur. 
    Axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatish jarayonlarining zamonaviy uslublar 
    va vositalar asosida takomillashtirilishi nafaqat axborotga erishish tezkorligini 
    ko’taradi, balki sifatli axborotga erishish hisobiga boshqarish samaradorligini 
    oshirishga xizmat qiladi. SHuning uchun axborot jarayonlarining ratsional tashkil 
    etilishi boshqarishni mukamallashtirishda markaziy bo’g’in hisoblanadi va iqtisodiy 
    subьektlar strategik kursini nomoyon etadi. 
    Avtomatlashgan axborot tizimida ma’lumotlarni qayta ishlashning tezkorligini 
    oshirishda boshlang’ich axborot hajmining ortiqchaligi, ya’ni boshqarish ob’ekti 
    haqidagi tushayotgan ma’lumotlarni tartiblashmaganligi salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 
    Ma’lumotlarni taqdim etish protseduralarini oddiylashtirish, ob’ekt alohida 
    bo’g’inlarini faoliyatini kelishtirish avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari 
    samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 
    SHunday qilib, insonlarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muammolarni hal 
    etishga safarbar qilmoq uchun tegishli axborotni o’z vaqtida to’plab, qayta ishlab, 
    muayyan bir tartibga solish va zudlik bilan kishilarga etkazish kerak bo’ladi. Buning 
    uchun jamiyatni axborotlashtirish dasturini amalga oshirish va ilg’or axborot 
    texnologiyasini joriy etish zarur. 


    16 

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish