• Axborot madaniyati
  • Axborot tizimlari




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/155
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,86 Mb.
    #232505
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   155
    Bog'liq
    21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

    Axborotlashgan jamiyat
    – ko’pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning 
    oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga 
    oshirish bilan band bo’lgan jamiyatidir. 
    2
     
    O’zbekiston Respublikasining “Aхborotlashtirish to’g’risida” gi Qonуni. Toshкent shahri, 2003 yil 11 dekabr
     


    11 
    Axborotlashgan jamiyatning o’ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon 
    bo’ladi: 

    axborot iqtisodiyotining rivojlanishi; 

    axborot tangligini bartaraf etish; 

    axborot texnologiyasining globalligiga erishish; 

    turli axborot resurslariga erkin kirib borilishi; 

    axborot resurslarining ustunligini ta’minlash; 

    yangi axborot texnikasi va texnologiyalarini keng qo’llash; 

    boshqaruv faoliyatida axborotdan samarali foydalanish. 
    Axborotlashgan jamiyatda inson axborot bilan ishlash bo’yicha ma’lum 
    darajadagi axborot madaniyatiga ega bo’lishi zarur. Buning uchun shaxsni axborotni 
    tez qabul qilish va katta hajmini qayta ishlash, zamonaviy vositalar, usullar va 
    texnologiyalardan foydalanishga tayyorlash lozim. 
    Axborot madaniyati
    deganda – jamiyat a’zolarining axborotdan maqsadli 
    foydalanish, axborotni qayta ishlash va uzatish, zamonaviy texnik-tashkiliy 
    vositalardan va usullaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi tushuniladi.
    Axborotlashgan jamiyat quyidagi jihatlarda namoyon bo’ladi: 

    texnik qurilmalardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish; 

    o’z faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanish; 

    turli manbalardan axborotni olishni bilish va undan samarali foydalanish; 

    axborotni tahliliy qayta ishlash asoslarini egallash; 

    o’z faoliyatiga taalluqli axborotni bilish va u bilan ishlashni uddalash. 
    Axborotlashgan jamiyatning shakllanish va takomillashish muammolariga 
    bag’ishlangan chet el va mamlakatimiz olimlarining ilmiy ishlari salmog’i oz emas. 
    «Axborotlashgan jamiyat» tushunchasini birinchilar qatorida amerikalik 
    iqtisodchi olim F. Maxlup ilmiy doiraga kiritgan. U monopoliya raqobatida 
    patentlashtirish tizimining tutgan o’rnini statistik usullar asosida o’rganib, AQSH 
    yalpi ichki mahsulotida axborotning miqdoriy jihatdan tavsiflanishini ko’rib chiqdi. 
    Olim axborotni tovar sifatida qabul qilish kontseptsiyasiga asoslangan holda 
    Amerikada kelajakda jamiyat rivojlanishining asosiy sharti «axborotlashgan iqtisod» 
    bo’lishi g’oyasini ilgari surdi. 
    O’z kontseptsiyasida F. Maxlup AQSH da nafaqat ilmiy-texnik axborotning, 
    balki hoxlagan ijtimoiy axborotning tarqatilishi va ishlab chiqarilishining o’sishini 
    tavsiflovchi aniq empirik materiallardan foydalandi. Keyinchalik AQSH va boshqa 
    mamlakatlarda «axborotlashgan jamiyat» kontseptsiyasini P.Drakker, D.Bell, 
    E.Parker, M.Porat, A.Toffler, A.Mol, J. Stigler, K.Errou kabi bir qator iqtisodchilar 
    oldinga surishdi. Hozirgi kunda ular olib borgan tadqiqotlar natijasi o’laroq milliy 
    iqtisodda «axborot tarmog’i», «axborot iqtisodi» va «axborotlashgan jamiyat» kabi 
    kontseptsiyalar vujudga kelgan. 
    Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, jahon amaliyotida axborot sohasining milliy 
    iqtisoddagi o’rnini aniqlash bo’yicha iqtisodiy hisob printsiplariga asoslangan ikkita 
    eng mashhur ilmiy qarash mavjud bo’lib, ular F. Maxlup va M. Poratlarga tegishli. 


    12 
    F. Maxlup bilimlarning u yoki bu soha faoliyatida tutgan o’rnini har 
    tomonlama o’rgangan hamda milliy iqtisod sohalarini yangicha guruhlashtirishning 
    sintezini va bilimlar industriyasini mohiyat jihatidan belgilab oldi.
    Iqtisodchi olim 
     
    F. Maxlup birinchilardan bo’lib milliy boylikning qanday 
    qismi axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va tarqatish 
    hisobiga vujudga kelishini hamda bilim, umuman u bilan bog’liq bo’lgan yalpi milliy 
    mahsulot qismini aniqlash masalasini ko’ndalang qo’ydi. U AQSH milliy iqtisodini 
    to’la tadqiq qildi va bilimlar yaratadigan 30 ta tarmoqni belgilab oldi hamda ularni 5 
    ta guruhga ajratdi: maorif; ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish; aloqa va ommaviy 
    axborot vositalari; axborot mashinalari va vositalari; axborot xizmatlari. 
    Doktor Mark Uri Porat esa mavjud milliy hisoblar tizimiga asoslangan holda 
    milliy iqtisodda axborot faoliyatining hajmini belgilashga intildi. Uning ilmiy qarashi 
    qabul qilingan statistika tizimi asosida milliy iqtisoddagi mavjud axborot faoliyati 
    turlarini aniqlashdan iborat bo’lgan. Ushbu tadqiqotning asosida «axborot bilan 
    bog’liq faoliyat zamonaviy jamiyatning eng asosiy elementlaridandir» degan fikr 
    yotadi. Uning fikricha, rivojlangan mamlakatlarning iqtisodi mazmunan ishlab
    chiqarishdan «axborotlashgan»ga aylanmoqda. M. Poratning tadqiqoti asosan ikkita 
    maqsadni ko’zlagan, ya’ni axborot bilan bog’liq faoliyatni aniqlash va uning hajmini 
    hisoblashdir. Axborotni ishlab chiqarayotgan tarmoqlar qo’llayotgan texnologiya, 
    ishlab chiqayotgan mahsulot va ko’rsatayotgan xizmatlari shunchalik xilma-xilki, 
    ularni bitta yagona tarmoqqa birlashtirish o’ta mushkul. Ammo ularning barchasi 
    axborot mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va tarqatishga xizmat 
    qiladi. SHuning uchun ham ular «axborotlashgan» degan yagona faoliyatda 
    birlashadi. 
    Amaliyoti rivojlangan mamlakatlarda fan va axborot-kommunikatsiyalar 
    texnologiyalarining takomillashib borishi axborotlashgan jamiyatni shakllantirish 
    bo’yicha o’zining nazariy takliflarini bergan olimlarning g’oyalari o’z o’rnini 
    topayotganini ko’rsatmoqda. Bashorat qilishlariga qaraganda, butun jahon 
    mamlakatlari yagona kompyuterlashtirilgan va axborotlashtirilgan kishilar jamiyatiga 
    aylanib boradi. Tadqiqotlar axborotlashgan jamiyatga xos bo’lgan quyidagi 
    xususiyatlarni belgilab berdi: 
    • axborot tanqisligi muammosi hal etiladi; 
    • boshqa resurslarga nisbatan axborot resurslari birlamchi o’ringa
    chiqadi; 
    • axborotlashgan iqtisod rivojlanishning asosiy shakli bo’lib xizmat kiladi; 
    • jamiyat taraqqiyotining negizi bo’lib axborot-kommunikatsiyalar bozori 
    tovarlarini keng qo’llash shartlari qo’yiladi; 
    • insoniyat taraqqiyotining yagona axborot maydoni shakllanmoqda. 
    Hozirgi bosqichda ilmiy-texnikaviy rivojlanishning asosiy xususiyatlaridan biri 
    - axborotning jamiyatdagi rolini belgilab olishdir. 
    SHu o’rinda mazkur muammoga bag’ishlangan respublikamizning taniqli 
    olimlari akademiklar V.Q.Qobulov, S.S.G’ulomov, professorlar A.A. Abdug’afforov, 
    R.X.Alimov, 
    M.I.Irmatov, 
    T.SH.SHodiev, 
    B.YU.Xodiev, 
    B.A.Begalov 
    va 
    boshqalarning ilmiy ishlarini ta’kidlab o’tish joizdir. 


    13 
    Akademik V.Q. Qobulov ta’kidlaganlaridek, «Iqtisodiy kibernetika, ijtimoiy 
    ishlab chiqarishning siyosiy-iqtisodiy tahliliga asoslangan holda, axborot va 
    materiallarni tubdan o’zgartirib yuborishning iqtisodiy tizimi doirasida ko’radi». 
    Axborot tanqisligi bilan bog’liq bo’lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga 
    tushadi. Ayni paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg’or 
    texnologiyalarni ishlab chiqish va foydalanish bo’yicha eng ko’p axborotga ega 
    bo’lgan tizim yutib chiqmoqda. 
    Mutaxassislar, birinchi galda iqtisodchilarning axborotga erkin kirib borishini 
    sanoat rivojlanishi sharoitida bozor iqtisodi samaradorligining asosiy shartlaridan biri 
    deb hisoblaydi. Ularning faoliyati va jamiyat ishlab chiqarishining asosiy sohalari u 
    yoki bu ma’noda axborot bilan bog’liq bo’lib, ish bilan band bo’lganlarning 40-60 % 
    ini tashkil etadi. Axborot xizmatlari jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy 
    daromadining 10 % ini tashkil qilmoqda. SHuning 90 % i AQSH, YAponiya va 
    G’arbiy Evropa hissasiga to’g’ri keladi. 
    Axborot intellektual faoliyatning muhim mahsuloti sanaladi. Sanoati 
    rivojlangan barcha mamlakatlarda ushbu mahsulotlarni o’z foydalanuvchilariga 
    etkazishning «usullari va vositalari» ni ishlab chiqish hamda joriy etish jadal 
    sur’atlarda olib borilmoqdaki, bu axborot tizimlari va texnologiyalari sanoatini 
    yaratishda o’z aksini topgan. 

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   155




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish