161
urnatish mumkin: «element-tuplam», «tip-tip bulagi», «kism-
butun», «sinf-sinf bulagi». Bu tuplamning barcha elementlari uchun bir xil
bo’lgan ma’lumotni aloxida yozib va saqlab quyishga imkon yaratadi. Bu
ma’lumotni, agar kerak bulsa, tuplamning xoxlagan elementini ifodalash uchun
keraqli joyga avtomatik ravishda berish mumkin. Bunday uzatish jarayonini
ma’lumotlarning «vorislik qilish» jarayoni deyiladi.
3.
Xolat aloqalarining mavjudligi. Bu aloqalar
xotirada saqlanadigan yoki
kiritiladigan ayrim xodisa yoki dalillarning bir-biriga (xolat) mosligini xamda
o’zaro munosabatini aniqlaydi.
4.
Aktivlik (faollik). Bilish aktivligi inson uchun xosdir, ya’ni insonning
bilimlari faoldir. Bu esa bilimni ma’lumotlardan umuman farklaydi.
Masalan, bilimlarda karama-karshilikni paykash - ularni engib o’tishga va
yangi bilimlarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Aktivlikning rag’batlantiruvchi
omillaridan biri bilimlarning tulik bo’lmasligidir. Bu rag’batlantiruvchi omil
bilimlarni tuldirish zarurligi bilan ifodalanadi. Kompyuterdan foydalanilganda
dastlabki yangi bilimlar bo’lib
dasturlar xisoblanadi, ma’lumotlar esa
kompyuter xotirasida sust ravishda (xarakatsiz) saqlanadi.
Ma’lumotlar va ma’lumotlar tuzilishi predmet sohalarining xususiyatlarini to’la
o’lchamda ifodalamaydi. YUqorida biz xar doim ma’lumotlar bilan bilimlar
o’rtasida aniq chegara quyish mumkin emasligini ta’kidlab o’tgan bo’lsak xam,
lekin bular o’rtasida farklar bor. Bu farklar bilimlarni xarakterlaydigan xamma
to’rt belgini biror darajada ifodalovchi, kompyuterdagi bilimlarni modellar
ko’rinishida tasvirlovchi rasmiyatchilikning paydo bo’lishiga olib keldi.