|
Marketing faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot Pdf ko'rish
|
bet | 124/155 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #243546 |
Bog'liq 21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh abdumajid14.4 Marketing faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot
tizimlari va texnologiyalari
Marketing faoliyatining axborot va kommunikatsion ta’minlanishi.
Har bir
korxonaning marketing tizimida axborot asosiy ahamiyatga ega, chunki har qanday
marketing faoliyati tovarlar ishlab chiqarish bozorida vujudga kelgan aniq vaziyatli
bilishga asoslanadi. Ko’pgina marketing tadqiqotlari va tadbirlarining maqsadi
axborotlarga erishishga qaratilgandir. Bu tadbirlarning bajarilishi marketing
faoliyatining ob’ekti haqidagi dastlabki bilimlarni talab qiladi, amalga oshirish
jarayonining o’zi esa joriy ta’sirlarga tuzatishlar kiritish va bo’lg’uvsi marketing
dasturlarini ishlab chiqish maqsadlarida ob’ekt bilan teskari aloqani o’rnatish uchun
zarur bo’lgan yangi ma’lumotlarni yaratadi. Tovarni sotish bozori tomon
harakatlantirishni tashkil qilish vazifasi bu erda misol bo’lib xizmat qilishi mumkin,
uni echishdan oldin mahsulotning taklif qilinayotgan turiga nisbatan talabni
sinchiklab o’rganish, iste’molchilarning harid qilish qobiliyatlarini baholash,
raqobatdagi firmalarning bozordagi faoliyatini tahlil qilish kerak [20,24].
Zarur marketing axborotlarining yo’qligi, noaniq va muhim bo’lmagan
ma’lumotlardan foydalanish jiddiy iqtisodiy xatolarning sababi bo’lishi mumkin.
Marketing axborotlaridan foydalanishdan maqsad boshqaruv qarorlarini
qabul qilish jarayonida noaniqliklar darajasini aniqlashdan, kamaytirishdan iboratdir.
Bu esa o’z o’rnida turli – tuman axborotlarning katta hajmini yig’ish, saqlash, uzatish
va ishlab chiqishni talab qiladi.
Axborotlarga asoslanib va yangi axborot ehtiyojlarini yaratib, zamonaviy
marketing axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan, rivojlangan axborot bazasi va
kommunikatsiya tizimlarini yaratmasdan samarali marketing faoliyatini yuritish
mumkin emas.
|
| |