199
Biz axborot texnologiyalarining bank tizimida mijozlarga xizmat ko’rsatish
jarayonida qo’llanilishini qo’rib chiqdi. Ularning ishlashi,
tuzilishi axborotlar
uzatilishi va axborotlarning qayta ishlanishi jarayonlari bilan tanishib chiqdik. AT
larini bank sohasida qo’llash: bank xizmatlari sifatining oshishiga, bank
operatsiyalarining tez va bexato bajarilishiga, hujjatlarni qayta ishlashga ketadigan
harakatlarning qisqarishiga
va vaqtning tejalishiga, ish samaradorligining oshishiga
olib keladi.
SHunday qilib, bank mijozlarga elektron tizimlar orqali ko’rsatadigan xizmat
turlariga:
«Bank-Mijoz» - mijozlarga masofaviy elektron xizmat ko’rsatish dasturi;
«Zamonaviy mulkdor»-qimmatli qog’ozlarning elektron savdosi tizimi;
plastik kartalar bilan naqd pulsiz hisob kitoblar tizimi kiradi.
«Bank-Mijoz» (R-Bank) tizimi mijoz va bank ishini engillashtirib,
vaqtni
va qator harajatlarni tejaydi. Bu tizim mijoz uchun hisob raqamini o’zi nazorat qilib
turishga, bank bilan aloqada bo’lish, xabarlar olish, elektron hujjatlarni yuborish
imkoniyatini beradi. Respublikamizda elektron to’lovlar
hisobiga pul aylanishi
tezlashadi va iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi yuzaga keladi. Bu esa, halq turmush
farovonligini oshiradi, kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar
qatoriga kirib borishini ta’minlaydi.