152
Bank ishiga Internetni singdirish uch xil yo’ldan bormoqda:
Bankning va boshqa xujjatlarni elektron qayta ishlash;
Tulov tizimini kompyuterlashtirish, yaьni tulov operatsiyalarini
kompyuterlar orqali amalga oshirish;
Bankning ishchi stantsiyalari o’rtasida aloqani o’rnatish uchun
telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanish.
Ixtiyoriy tadbirkor o’ziga xizmat ko’rsatish uchun bank tanlayotganda “Qulay,
Ishonchli, Foydali” degan qoidaga rioya qiladi. Bu esa uning eьtiborini beixtiyor
banklarning kompyuterlashtirilganiga va Internet-bank ishiga tushadi.
Internet-bank ishi bu ma’lumotlar bazasi, dasturlar va boshqa qurollarning
yig’indisidan iborat bo’lib, ma’lumotlarni bir joyga to’plash hamda ulardan
Internetga ulangan kompyuterlardan foydalanish imkonini berish.
Internet- bank ishini O’zbekiston Respublikasida tashkil qilish yo’nalishi va ular
uchun ishlatiladigan dasturlar tijorat banklarining ravnaqiga va davlatning moliyaviy
siyosatida muxim o’rin tutishi lozim. SHu maqsadda bank ishi sohasida katta
yutuqlarga erishgan davlatlar tajribasini o’rganishimiz lozim