|
Mexatron modullarni boshqarish
|
bet | 2/2 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #107930 |
Bog'liq 1-Dasturiy injinering mustaqil ishMexatron modullarni boshqarish
Boshqarish sistemalarni boshqarish uchun ko'pincha mikrokontrollerlar va dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar ishlatiladi. Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar ishlab chiqarishda (zavod yoki fabrikalarda) avtomatik liniyalami boshqarishda keng qo'llaniladi.
Kontroller - plata ko'rinishida tayorlangan electron qurilma bo'lib, datchikdan kelgan signallamni qayta ishlab aktuatorlarga boshqarish signallarini chiqaruvchi qurilmadir.
Mikrokontrollerlar- bu dastur yordamida boshqariluvchi mikrosxema bo'lib, turli kontrollerlarni yasash uchun ishlatiladi.
Odatda kontroller platasi markazida mikrokontroller joylashadi. Uning atrofida esa elektronika elementlari joylashadi. Elektronika elementlarining vazifasi datchiklardan kelayotgan signallar qiymatini mikrokontrollerga moslash hamda mikrokontrollerdan chiqayotgan signallar qiymatini aktuatorga moslashdan iborat.
2-rasm
Mexatron modullarni boshqarish
Keng ma'noda harakatlari komputerli boshqariluvchi texnik sistemalarni, agregatlami, mashinalami va mashinalar kompleksini o'rganadi. «Texnik tizimlarni boshqarish modullarining asosiy uslubiy g'oyasi aniq mexanika, mikroelektronika, elektrotexnika, komputerli boshqaruv va informatsion texnologiya fanlarini sistem ali birlashtirishdan iborat.
Boshqarish sistemalar uchta asosiy qismlardan tashkil topadi. Bular-mexanika, elektronika va komputerlashgan qism. Sistemaning komputerlashgan qismida harakatni boshqarish algoritmi turadi.
Barcha zamonaviy platalarda ichki biriktirilgan Serial ATA RAID kontrollerlari bor. Ularni konfiguratsiya qilish parametrlari ko`pincha alohida bo`limlarga ajratiladi.
3-rasm
Configure SATA (As SATA/RAID Mode) Parametr SerialATA ichki biriktirilgan kontroller ish rejimini sozlaydi. Ehtimoliy mohiyatlar:
*Standard IDE (Disabled) – SATA-to`plovchilar IDEga mos rejimda ishlaydi;
*RAID – bu rejimda RAID-massivlarni bir nechta qattiq disklrdan yaratayotganda tanlash kerak.
*AHCI (Advanced Host Controller Interface) – SATA kontrollerini kengaytiilgan ish rejimi. AHCI faqat Serial ATA standarti disklarida ishlaydi.
Diqqat!
Serial ATA kontrolleri ish rejimini o`zgartirish operatsion sistemani yuklanmay qolishiga olib kelishi mumkun. Bunday hollarda Windowsni qaytadan o`rnatish kerak.
STEP 7 Basic dasturiy paketi yuklangandan keyin standart dasturiy ta’minoti uskunalari va qism dasturlari bevosita foydalanish uchun yaroqli hisoblanadi. Uskunalarning ko‘pchiligi STEP 7 Windows dasturlash guruhining tarkibiy qismi bo‘lib, Start Menu tugmasi orqali boshlanadi hamda STEP 7 tanlanadi va nihoyat yuqorida keltirilgan uskunalardan keraklisi tanlanadi. Boshqa standart uskunalarni SIMATIC Manager orqali, yuqorida keltirilgani kabi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga tushirish mumkin.
STEP 7 dasturida avtomatlashtirish tizimini yaratish uchun grafik elementlar yoki o‘quv qo‘lanmalari orqali ta’minlash qo’shimcha dasturiy ta’minlash tillari orqali amalga oshiriladi. Dasturi boshqariladigan tizimni yaratishda kerakli funksiyalar bilan ta’minlash, ya’ni boshqaruvidagi ikkilik kodli signallarda ma’lumot uzatuvchi hisoblagich, taymer, hamda boshqa standart funksiyalar birbiri bilan bog’lovchi hamda olingan ma’lumotlarni boshqarishda (LAD/FBD/STL) standart muharrirlari orqali amalga oshirish mumkin.
Bu qo‘shimcha dasturlar muharrirlarning mohiyati, foydalanuvchining malakasiga qarab dasturlarni tanlash imkoniyatini beradi. Odatda bu qo‘shimcha dasturiy muharrirlar STEP 7 dasturi menyusida hamda SIMATIC Manager dasturining ichiga joylashtirilishi mumkin.
STEP 7 yangi yaratilgan mahsulot bo‘lib, SIMATIC avtomatik boshqaruv tizimlari uchun asos bo‘ladigan ko‘plab komponentlarni o‘z ichiga oladi. Bu tizimlar DMK (dasturlanadigan mantiqiy kontrollerlar), HMI, raqamli kontrollerlar, elektr uzatkichlar, tarmoqlar va boshqalardan iborat. Bundan tashqari, STEP 7 boshqaruvchi dasturlash tili, qism dasturlar, tekshirish va tashxislash qurilmalarining konfiguratsiyalari, masofadan boshqarish xizmatlari, tarmoq konfiguratsiyasi va boshqa ko‘plab vazifalarni o‘zida birlashtiruvchi ko‘plab standartlar va ixtiyoriy uskunalar bilan ta’minlangan.
Mikrokontroller oilasini ko`proq tarqalgan vakillariga sanoatda, xo`jalikda va kompyuter texnikasida keng qo`llaniladigan 8-razryadli qurilmalardir. Bu mikrokontrollerni qayta ishlash tezligi protsessorni razryadligiga. bog`liq bo`lmagan logik amallarni real ob’ektlarni boshqarish uchun ishlatiladi.
Hozirgi bosqichdagi MPS lar rivojlanishining asosiy xususiyatlari shundan iboratki, bir qancha IS (KIS) asosida tuzilgan sistemalarni bitta kristalli mikrokontrollerlar asosida qurishdir. Mikrokontroller MPS Hamma elementlarini: markaziy protsessorli element (TSP), doimiy xotira qurilmasi (PZU), operativ xotira qurilmasi (OZU), registrlar kiritish/chiqarish portlari, taymerlarni o`z ichiga oladi.
Hozirgi paytda MK ni bir qator turlari ishlab chiqarilmoqda. Bu qurilmalarni hammasini uchta asosiy sinflarga ajratish mumkin:
- qurilmalarga o`rnatiladigan 8-razrvadli (MK);
- 16 va 32-razryadli mikrokontroller;
- raqamli protsessorli (DSD).
8-razryadli (MK) ni ommaviyligiga Motorola. Microchip. Intel, Zilog. Atmel va boshqa firmalarni ishlab chiqarayotgan qurilmalarini sonini kengayib borayotganligi sabab bo`lmoqda. Zamonaviy 8-razryadli MK bir qancha kattaliklari bilan farq qiladi.
Asosiy farqlar:
taktli chastotasi ko`paytirilgan - 40MGts gacha;
xotira hajmining programmasi ko`paytirilgan - 64kB gacha;
iste’mol qiluvchi quvvati kamaytirilgan;
DIP, SOIC, PLCC va TOFP korpuslarida bajarish variantlari bor;
ATS9S seriyadagi 8-razryadli tezkor mikrokontroller, FLESH xotira programmasi kristalli, Qo`riqchi taymer, SPI interfeysi va mukammal tugallangan qo`shimcha EEPROM xotirasiga ega.
AT89L kristallari kengaytirilgan manba kuchlanish oralig`i 2,7V dan 6,0V gacha.
AT90S (AVB) 8-razryadli tezkor mikrokontrollerlar FLESH xotira programmasi kristalli, kuchlanish manbasining oralig`i 2,7V dan 6,0V ga teng, iste‘mol qilish toki deyarli katta emas. 4MGts chastotadagi kuchlanish 3V bo`lganda 3,5mA da teng bo`ladi. Buyruqlar sistemasi 132 ta instruktsiyaga ega. Bu instruktsiyalarning ko`pchiligi generatorning bitta taktida bajariladi.
Komparator va SPi interfeys bilan jihozlangan. Bu qo`shimcha vositalar orqali xotira programmasining qiymatlarini, mikrosxemani platadan olmasdan almashtirish mumkin. KontroIlerlarning oldingi turkum oilalari platalarini to`g`ridan-to`g`ri almashtirishga mos holda ishlab chiqilishi, AtmeLAT89, AtmeL89S va Intel8x51 seriyali kontrollerlari uchun mo`ljallangan. Ko`pgina mikrosxemalar kristalida, ko`p kanalli 8 bitli ATSP o`rnatilgan bo`ladi. Ikkinchi avlod AVR mikrosxemalari o`zida ko`paytirgich TN1 (I2C) interfeysi va o`chirilgan holda qayta programmalashtirish rejimini o`zida yaxlitlagan.
Energiyani iste’mol qilishning kengaytirilgan xarakteristikalari saqlanayotgan quvvatni 1mA (seriyali) gacha 4mA iste’mol qilishni boshqaradigan rejim va iste’mol qilish quvvatini avtomatik ravishda kamayfirishni o`z ichiga oladi. Bu mikrosxemalar (ISP mode) tizimida standart JTAG (TEEESld.l 149.1) porti orqali qayta programmalashtirish imkoniyatiga ega. Bu esa o`z navbatida tayyorlangan qurilrnaning bosib chiqarilgan plataga boshqa ishlov bermasdan turib kovsharlangan mikrosxemalar bilan ishlatishni takomillashtirish imkoniyatini beradi. Mikrosxemalar interfeysi talablariga javob beradi.
ATF 15XX AS/L Altera firmasining texnik xarakteristikalari kengaytirilgan 7000S turkumdagi mikrosxemalarining zagalovkasi bilan mos keladi va hamda o`zini tarkibida 32 dan 256 makroelementlarigacha bo`lgan sig`imdagi mikrosxemalarga ega, 160 ta kirish/chiqish 7.5ns gacha ushlab qolishi va 125mGts chastotagacha registrlash operatsiyalarini bajaradi, hamda chiqish signalini oshirish tezligini boshqarish bilan "Ochiq kollektorli" chiqishni tashkil etish imkoniyati mavjud.
Eng past yoki eng yuqori darajadagi temperatura ko`rsatkichlarini aniqlashda Motorola firmasining 32 bitli mikrokonirollerlari tavsiya qilinadi.
PowerPC bazadagi MPC555 va MPC566 mikrokontrollerlarning ishchi qismi temperatura chegarasi -55dan +125 gradus selsiygacha. Bunday qurilmalarni bevosita samolyot qanotlari (temperatura - 40 0C gradus Selsiydan past bo`lgan qismlari ishlatish mumkin.
VK-3720 «target» tomonida kodlash «host» komandasidan kelayotgan buyruqlarni kodlaydi, sodir bo`layolgan uzilishlarni va har xil АТA komandalarini qayta ishlayotgan qurilgan protsessor holatini tiklaydi
Crypto Memory oilasi 1 Kbitdan 256Kbitgacha chiplarni tashkil qiladi.
Crypto Memory chiplarrni mavjudligi, EEPROM mustaqil energiyaligi uni identifikatsiya protokoli havfsizligini. berilganlarni shifrlashni ta’minlaydi va bu apparatni qalbakilashtirishdan himoyalaydi.
|
| |