|
Axborot tizimlari va texnologiyalari
|
bet | 1/2 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #107930 |
Bog'liq 1-Dasturiy injinering mustaqil ish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI MILLIY UNIVERSITETININIG
JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
“AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
“DASTURIY INJINERING” FANIDAN
Mustaqil ishi
Bajardi: “Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta’lim yoʻnalishi 4-kurs
121-20-guruh talabasi Toshtemirov Abdumalik
Qabul qiluvchi ______________________ Normatov Nizomiddin
Jizzax – 2023
Mavzu: KONTROLLERLAR
Reja:
1.Kontrollerlar haqida qisqacha malumot.
2.Kontrollerlar markalari va tuzilishi.
3.Mikrokontrollerlar.
Kontrollerlar haqida qisqacha malumot. Zamonaviy TJABT ni yaratishda jahon integratsiyasi va texnik yechimlarni unifikatsiyalash kuzatilmoqda. Ishlab chiqaruvchi firmalar o’z imkoniyatlarini boshqalardan yaxshiroq qila olishlariga qaratilmoqdalar, boshqa sohalarda eng yaxshi jahon yutuqlarini o’zlashtirib, shu bilan tizimli integratorlar bo’lib qolmoqdalar. Zamonaviy boshqarish tizimlarining asosiy talabi- bu tizimning ochiqligidir. Agar tizim uchun foydalaniladigan ma’lumotlar formatlari va tadbirlar (protseduralar) interfeysi aniqlangan va tavsiflangan bo’lsa, bunday tizim ochiq deb hisoblanadi, bu esa unga «tashqi» mustaqil ishlab chiqilgan komponentlarni ulash imkonini beradi. IBM PC arxitekturasi avtomatlashtirish sohasida yetakchi o’rinni egallaydi.
Keyingi yillarda avtomatlashtirishning texnik vositalari bozori tubdan o’zgardi. Avtomatlashtirish vositalari va tizimlarini ishlab chiqaruvchi juda ko’p firmalar yaratildi. Mashhur asbobsozlik zavodlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlari nomenklaturasini o’zgartirdi. Avtomatlashtirishning texnik vositalari bozorida ishlovchi tizimli integratorlar- ko’pgina ma’sul firmalar paydo bo’ldi. 90-yillarning boshidan avtomatlashtirishning texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi xorijiy firmalar o’z vakolatxonalari, firmalari, qo’shma korxonalari, firma dilerlari orqali ko’p mamlakatlariga o’z mahsulotlarini keng joriy qila boshladilar.
Kontroller (ing. controller — boshqaruvchi) — elektr dvigatellarni ishga tushirish (yurgizib yuborish), tezligini rostlab turish, reversirlash (dvigatel oʻqining aylanish yoʻnalishini oʻzgartirish) va toʻxtatish uchun moʻljallangan past kuchlanishli elektr apparat. Tuzilishi jihatdan koʻp pogʻonali yassi, barabanli va kulachokli almashlab ulagichlardan iborat.
1-rasm
|
| |