I. Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash:
1. Internet deganda nimani tushunasiz?
2. Internetning yaratilishiga sabab bo'lgan birinchi kompyuter tarmog'i haqida so'zlab bering.
3. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz?
III. Yangi mavzuni o`rganish.
Hozirgi kungacha juda ko'p Web-brauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper. Netscape Navigator, Netscape Communicator, Microsoft Internet Explorer va Power browser shular jumlasidandir. Shulardan eng ko'p foydalaniladigani Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturini Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida braiizerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz.
Web-brauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Web-sahifalarni xotiraga yuklash va ko'rish;
Web-sahifani diskka yozib qo'yish (saqlash).
WWWdagi adresi bo'yicha Web-sahifani chaqirish.
|