|
Axborot xati o
|
bet | 1/4 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 132,17 Kb. | | #264939 |
Bog'liq Axborot xati 2024 6-iyun
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-200 qarori 9-bandi beshinchi xatboshisida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 6-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Filologik ta’limda zamonaviy yondashuv va innovatsiyalar: tadqiqot va o‘qitish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiya maqsadi: dunyo hamjamiyati bilan integratsiya sharoitida uzluksiz ta’lim tizimida filologik ta’lim sifatini ta’minlash, sohaga oid innovatsion tadqiqotlar va zamonaviy til ta’limida sinergetik yondashuv hamda fanlararo aloqadorlikning axborot ta’lim muhitiga doir xalqaro va mahalliy ilmiy tajribalar natijalarini toʻplash, oʻrganish va ommalashtirish.
Anjumanga oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari pedagog xodimlari, mutaxassislar, ilmiy xodim va izlanuvchilar hamda magistrantlar taklif etiladi.
Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqolaga DOI taqdim etiladi va Google Scholar qidiruv tizimi hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan e’tirof etilgan Crossref (ОАК 35-baza) va ResearchBIb (OAK 14-baza) xalqaro bazalarda indeksatsiyalanadi.
Konferensiya ishtirokchilariga elektron variantda anjuman materiallari to‘plami, maxsus sertifikat taqdim etiladi.
Anjuman tili: oʻzbek, rus, ingliz.
Maqolalar qabul qilinishining oxirgi kuni: 2024-yil 2-iyun.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan va ma’ruzachilar ishtiroki uchun https://t.me/surxon_til_konf_2024 telegram kanalida Zoom havolasi ilova qilinadi.
|
| |