|
Xalqaro anjuman quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ishini olib boradi
|
bet | 2/4 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 132,17 Kb. | | #264939 |
Bog'liq Axborot xati 2024 6-iyunXalqaro anjuman quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ishini olib boradi:
1. Zamonaviy filologik ta’limning umumnazariy muammolari va kognitiv tadqiqotlar
2. Maktab ta’limi til va adabiyot fanlarini o‘qitishda muammoli-loyihaviy yondashuvni amalga oshirish istiqbollari
3. Oliy ta’lim tizimi filologik fanlari o‘quv faoliyatida neyrokognitiv va lingvistik determinantlar
4. Xorijiy tillarni o‘qitish jarayonining zamonaviy filologik va lingvistik tendensiyalari.
Konferensiya doirasida quyidagi ish shakllari rejalashtirilgan:
Yalpi majlis;
Sho‘balar ishi.
Materiallarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:
Maqola hajmi 3 betdan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Maqola ilmiy uslubda yozilishi, mantiqiy tuzilmaga ega bo‘lishi lozim (muammo va vazifalarni qo‘yish, metodlar va tadqiqot metodikalarini asoslash bilan asosiy materialni, olingan natijalar, xulosalarni kiritish).
Maqola nomi bosh harflarda, qora shriftda markazga joylashtiriladi.
Mualliflarning ismi va familiyasi maqola nomidan keyingi satrda: kursiv, markaz bo‘ylab joylashtiriladi.
Tashkilot nomi, e-mail mualliflarning ismi va familiyasidan keyingi satrda kichik harflarda, markaz bo‘ylab joylashtiriladi.
Maqola matni mualliflar haqidagi ma’lumotlardan so‘ng bir interval tashlab beriladi.
Matn o‘zbek (lotin grafikasida), rus, ingliz tillarining birida Microsoft Word muharriridan foydalangan holda Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda,
1,5 intervalda, varaqning chap tomonidan 3 sm, yuqori va pastidan 2 sm, o‘ng tomonidan 1,5 sm joy qoldirilgan holda tayyorlanadi.
Ilmiy maqolalar IMRAD tartibi (Kirish/Adabiyotlar sharhi/Muhokama va natijalar tahlil/ Xulosa va takliflar)da konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim.
Elektron pochta manzillari tegishli tashkilot ostidagi yangi qatordan boshlanishi kerak. Barcha mualliflarning elektron pochta manzillarini kiritish tavsiya etiladi.
Belgilangan talablarga javob bermaydigan maqolalar konferensiya materiallari to‘plamiga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Bayon etilgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodik jihatdan puxta ishlanganligi uchun muallif(lar) mas’uldir.
|
| |