KIRISH
5350100-Telekommunikatsiya
texnologiyalari
(“Telekommunikatsiyalar”,
“Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan, texnika,
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u kasbiy faoliyatining
sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv
organlarida telekommunikatsiya, teleradioeshittirish va mobil tarmoqlarni loyihalash,
boshqarish, optik va simsiz ma’lumot uzatish tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, optik va
radiotarmoq strukturasini, topologiyasini tuzish va takomillashtirish bilan bog‘liq
kompleks masalalarni yechish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq
ilmiy-tadqiqot
institutlari,
ilmiy-tadqiqot
markazlari,
ilmiy-ishlab
chiqarish
birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - bozor iqtisodiyoti
sharoitida qaror qabul qilishning zamonaviy usullaridan foydalana olishini; zamonaviy
telekommunikatsiya tizimlar va tarmoqlarida axborot xavfsizligi bilan ishlashini;
mutaxassislikni ilmiy muammolarini yechishda qaror qabul qilish yoki shu bilan birga
bilimlar bazasini yaratish va uni o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llashini; zamonaviy
telekommunikatsiya tizimlari va tarmoq protokollarini qo‘llashni; telekommunikatsiya
tizimlar va tarmoqlarida axborot xavfsizligi muammolarini to‘liq tasavvur qila olishni,
telekommunikatsiya tizimlar va tarmoqlarida axborot xavfsizligini himoyalash usul va
vositalarini ishlab chiqishini va ularni tadbiq eta olish muammolarni, telekommunikatsiya
tizimlar
va
tarmoqlarida
axborot
xavfsizligi
xuquqiy-me’yoriy
bazasini;
telekommunikatsiya tizimlar va tarmoqlarida axborot xavfsizligiga bo‘ladigan
tahdidlarning klassifikatsiyasi va tahlilini bilishi; telekommunikatsiya tizimlar va
tarmoqlarida axborot xavfsizligi jihozlarini buzishdan himoyalash prinsiplarini bilishi va
ulardan foydalana olishi; ilm fanning zamonaviy yutuqlari, texnika va texnologiyalarini
amaliyotda qo‘llay olishini aniqlab berishdan iboratdir.
5350100-Telekommunikatsiya
texnologiyalari
(“Telekommunikatsiyalar”,
“Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi
5A350101
-
Telekommunikatsiya
injiniringi
("Axborot
uzatish
tizimlari",
Telekommunikatsiya tarmoklari", "Teleradioeshittirish") magistratura mutaxassisligi
kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 3 ta ixtisoslik fanlari
bo‘yicha: “Axborot va kodlash nazariyalari”, “Telekommunikatsiya tarmoqlari”,
“TELEVIDENIE” fanlari bo‘yicha imtihon savollari shakillantirilgan. Bu fanlar o‘z
ichiga qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.