• TUZUVChILAR
  •  - Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi, Multimediya




    Download 69,44 Kb.
    bet5/13
    Sana06.12.2023
    Hajmi69,44 Kb.
    #112555
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi ta’lim yo‘nalishi negizidagi-hozir.org

    5330500 - Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi, Multimediya 
    texnologiyalari,
    AT-servis) ta’lim yo‘nalishi negizidagi: 

    - 5A330101-Kompyuter injiniringi ("Kompyuter tizimlarini loyihalash", "Amaliy


    dasturiy vositalarni loyihalashtirish", "Axborot va multimediya texnologiyalari")

    magistratura mutaxassisliklariga kiruvchilar uchun maxsus
    (ixtisoslik) fanlaridan 

    D A S T U R 


    Annotatsiya 
    Dastur 5A330501- Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish,
    Amaliy dasturiy vositalarni loyihalashtirish, Axborot va multimedia texnologiyalari),
    5A330502- "Elektron xukumat" tizimini boshkarish, 5A330504-Ma’lumotlar ilmi (Data
    Science), 5A330701- Sun’iy intellekt magistratura mutaxassisliklariga kiruvchilar uchun
    5330500–Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servisi”, “Multimedia
    texnologiyalari”) ta’lim yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv
    rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan.

    TUZUVChILAR: 
    Usmonov J.T. – TATU «Axborot texnologiyalari» kafedrasi dotsenti.
    Djumanov J.X. - TATU «Kompyuter tizimlari» kafedrasi mudiri, t.f.d., professor.
    Nazirova E- TATU «Multimediya texnologiyalari» kafedrasi mudiri, t.f.d.,
    professor.
    Djumanov J.X. - TATU «Kompyuter tizimlari» kafedrasi mudiri, t.f.d., professor.
    Abdurashidova K.T., - TATU «Kompyuter tizimlari» kafedrasi dotsenti
    Raximov M.F. - TATU «Kompyuter tizimlari» kafedrasi dotsenti, PhD

    Dastur Kompyuter injiniringi fakultetining 2021-yil 22-iyundagi №13-sonli


    Kengashi yig‘ilishida muxokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.





    KIRISH 
    5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servisi”,
    “Multimedia texnologiyalari”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi
    yo‘nalish bo‘lib, u kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar,
    tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya
    texnologiyalari sohasida axborot xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha kompleks masalalarni
    yechish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot
    institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-
    tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.
    Ushbu ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi-talabalar
    bilimlarini chuqurlashtirish va bozor iqtisodiyoti sharoitida qaror qabul qilishning
    zamonaviy usullaridan foydalana olishini; zamonaviy operatsion tizimlar bilan ishlashini;
    mutaxassislikni ilmiy muammolarini yechishda qaror qabul qilish yoki shu bilan birga
    bilimlar bazasini yaratish va uni o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llashini; zamonaviy kompyuter
    tarmoqlari va tarmoq protokollarini qo‘llashni; axborot xavfsizligi muammolarini to‘liq
    tasavvur qila olishni, axborotlarni himoyalash usul va vositalarini ishlab chiqishini va
    ularni tadbiq eta olish muammolarni, axborot xavfsizligi xuquqiy-me’yoriy bazasini;
    axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlarning klassifikatsiyasi va tahlilini bilishi;
    axborot texnologiyalari xavfsizligi jihozlarini buzishdan himoyalash prinsiplarini bilishi
    va ulardan foydalana olishi; axborotni himoyalashda kriptografik himoyani o‘rnini va
    ularni ishlashini; axborotni kriptografik himoyalashning usul va vositalarini; ilm fanning
    zamonaviy yutuqlari, texnika va texnologiyalarini amaliyotda qo‘llay olishini aniqlab
    berishdan iboratdir.
    5A330501- Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish, Amaliy
    dasturiy vositalarni loyihalashtirish, Axborot va multimedia texnologiyalari), 5A330502-
    "Elektron xukumat" tizimini boshkarish, 5A330504-Ma’lumotlar ilmi (Data Science),
    5A330701- Sun’iy intellekt magistratura mutaxassisliklariga kiruvchi talabalar uchun
    ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 8 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Kompyuter
    tarmoqlari”, “Ma’lumotlar bazasi”, “Web ilovalarni yaratish”, “Multimedia injiniringi”
    imtihon savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar
    quyida batafsil keltirilgan.


    Download 69,44 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 69,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     - Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi, Multimediya

    Download 69,44 Kb.