|
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”Bog'liq axborot-xavfsizligi-tushunchasi“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 1-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi
23
foydalana olishlilikni blokirovka bo‘lib qolishi natijasida yuzaga keladi. Axborotdan
foydalana olishlilik – axborot aylanuvchi, sub’ektlarga ularni qiziqtiruvchi
axborotlarga o‘z vaqtida qarshiliklarsiz kirishini ta’minlab beruvchi hamda ixtiyoriy
vaqtda
murojaat
etilganda
sub’ektlarning
so‘rovlariga
javob
beruvchi
avtomatlashtirilgan xizmatlarga tayyor bo‘lgan tizimning xususiyatidir.
Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning
kundalik hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda.
Hozirda ― axborot tushunchasi‖ sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish
mumkin bo‘lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda.Shu bilan birga
axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining
bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila
tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan
o‘zgartirishdan, uni o‘g‗irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa jinoiy harakatlardan
himoya qilishga kuchli zarurat tug‗iladi. Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni
yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot texnologiyalarning xavfsizligi
saviyasiga bog‗liq qilib qo‘yadi.
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun
ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri
– sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs
o‘qish imkoniga ega bo‘lmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning
yuqori tabaqalari, davlatning elchixonarezidensiyalari va razvedkamissiyalaridan
tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o‘zgardi,
ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni
endilikda ishlabchiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotiboladilar.
Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar.
Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot
xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zahiralarining yaxlitliligi,
ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qat`iy
|
| |