Nazorat savollari:
1.
Virusga qarshi himoyaga ega korporativ tarmoqning namunaviy
arxitekturasini tushuntirib bering.
2.
Virus va zarar keltiruvchi dasturlardan himoyalovchi korporativ
tizimni qurishda bajariladigan himoyalash variantalarini tanlashning mohiyatini
tushuntirib bering.
3.
Virus va zarar keltiruvchi dasturlardan himoyalovchi korporativ
tizimni qurishda bajariladigan virusga qarshi siyosatni ishlab chiqish afzalligi.
4.
Virus va zarar keltiruvchi dasturlardan himoyalovchi korporativ
tizimni
qurishda
bajariladigan
axborot
kommunikasiya
resurslarini
inventarizasiyalash va monitoringlash jarayonini yoritib bering.
5.
Virus va zarar keltiruvchi dasturlardan himoyalovchi korporativ
tizimni qurishda bajariladigan xavfizlik rejasini amalga oshirish jarayonini
tushuntirib bering.
206
VIII bob. AXBOROTNI HIMOYALASHDA TARMOQLARARO
EKRANLARNING O‘RNI
8.1. Tarmoqlararo ekranlarning ishlash xususiyatlari
Tarmoqlararo ekran (TE) - brandmauer yoki firewall sistemasi deb ham
ataluvchi tarmoqlararo himoyaning ixtisoslashtirilgan kompleksi. Tarmoqlararo
ekran umumiy tarmoqni ikki yoki undan ko‘p qismlarga ajratish va ma’lumot
paketlarini chegara orqali umumiy tarmoqning bir qismidan ikkinchisiga o‘tish
shartlarini belgilovchi qoidalar to‘plamini amalga oshirish imkonini beradi.
Odatda, bu chegara korxonaning korporativ (lokal) tarmog‘i va Internet global
tarmoq orasida o‘tkaziladi. Tarmoqlararo ekranlar garchi korxona lokal tarmog‘i
ulangan korporativ intratarmog‘idan qilinuvchi hujumlardan himoyalashda
ishlatilishlari mumkin bo‘lsada, odatda ular korxona ichki tarmog‘ini Internet
global tarmoqdan suqilib kirishdan himoyalaydi. Aksariyat tijorat tashkilotlari
uchun tarmoqlararo ekranlarning o‘rnatilishi ichki tarmoq xavfsizligini
ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Ruxsat etilmagan tarmoqlararo foydalanishga qarshi ta’sir ko‘rsatish uchun
tarmoqlararo ekran ichki tarmoq hisoblanuvchi tashkilotning himoyalanuvchi
tarmog‘i va tashqi G‘anim tarmoq orasida joylanishi lozim (8.1-rasm).
Bunda bu tarmoqlar orasidagi barcha aloqa faqat tarmoqlararo ekran orqali
Serverlar
Mijozlar
Serverlar
Mijozlar
TE
Ochiq tashqi
tarmoq
8.1-rasm. Tarmoqlararo ekrannni ulash sxemasi
Himoyalanadigan ichki tarmoq
207
amalga oshirilishi lozim. Tashkiliy nuqtai nazaridan tarmoqlararo ekran
himoyalanuvchi tarmoq tarkibiga kiradi.
Ichki tarmoqning ko‘pgina uzellarini birdaniga himoyalovchi tarmoqlararo
ekran quyidagi ikkita vazifani bajarishi kerak:
- tashqi (himoyalanuvchi tarmoqqa nisbatan) foydalanuvchilarning
korporativ tarmoqning ichki resurslaridan foydalanishini chegaralash. Bunday
foydalanuvchilar qatoriga tarmoqlararo ekran himoyalovchi ma’lumotlar
bazasining
serveridan
foydalanishga
urinuvchi
sheriklar,
masofadagi
foydalanuvchilar, xakerlar, hatto kompaniyaning xodimlari kiritilishi mumkin;
- himoyalanuvchi tarmoqdan foydalanuvchilarning tashqi resurslardan
foydalanishlarini chegaralash. Bu masalaning echilishi, masalan, serverdan xizmat
vazifalari talab etmaydigan foydalanishni tartibga solishga imkon beradi.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan tarmoqlararo ekranlarning tavsiflariga
asoslangan holda, ularni quyidagi asosiy alomatlari bo‘yicha turkumlash mumkin:
OSI modeli sathlarida ishlashi bo‘yicha:
- paketli filtr (ekranlovchi marshrutizator – screening router);
- seans sathi shlyuzi (ekranlovchi transport);
- tatbiqiy sath shlyuzi (application gateway);
- ekspert sathi shlyuzi (stateful inspection firewall).
Ishlatiladigan texnologiya bo‘yicha:
- protokol holatini nazoratlash (Stateful inspection);
- vositachilar modullari asosida (proxy);
Bajarilishi bo‘yicha:
- apparat-dasturiy;
- dasturiy;
Ulanish sxemasi bo‘yicha;
- tarmoqni umumiy himoyalash sxemasi;
- tarmoq segmentlari himoyalanuvchi berk va tarmoq segmentlari
himoyalanmaydigan ochiq sxema;
- tarmoqning berk va ochiq segmentlarini alohida himoyalovchi sxema.
|