• 10.3. Ob’ektlarni injener ximoyalash va texnik qo‘riqlash
  • Axborot xavfsizligi




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/191
    Sana18.11.2023
    Hajmi2,72 Mb.
    #101187
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   191
    Bog'liq
    axborot xavfsizligi222

    Nazorat savollari: 
    1. 
    Elektromagnit nurlanish indikatorining ishlash sxemasini tushuntirib 
    bering. 
    2. 
    Radiochastotomerlarning ishlash rejimlarini tushuntirib bering. 
    3. 
    Skanerlovchi 
    qurilmalarning 
    axborot 
    sirqib 
    chiqishidan 
    himoyalashdagi ahamiyati. 
    4. 
    Shaxsiy kompyuterlar asosida qurilgan avtomatlashtirilgan qidiruv 
    kompleksi. 


    263 
    10.3. Ob’ektlarni injener ximoyalash va texnik qo‘riqlash 
     Axborot 
    manbalarini 
    fizik 
    ximoyalash 
    tizimi 
    niyati 
    buzuqning 
    ximoyalanuvchi axborot manbalariga suqilib kirishini oldini oluvchi hamda tabiiy 
    ofatdan, avvalo yonG‘indan, ogoxlantiruvchi vositalarni o‘z ichiga oladi. 
    Injener konstruksiyalar taxdid manbalarini axborot manbalari tomon 
    xarakati (tarqalishi) yo‘lida ushlab qoluvchi to‘siqlarni yaratadi. Ammo axborotni 
    himoyalashni ta’minlash uchun taxdidlarni niyati buzuqning va tabiiy ofatning 
    himoyalanuvchi axborotli manbaga ta’siridan oldin neytrallash zarur. Buning 
    uchun taxdid neytrallash vositalari tomonidan aniqlanishi va oldi olinishi zarur. 
    Bu masalalar axborot manbalarini texnik qo‘riqlash vositalari tomonidan hal 
    etiladi. 
    Axborotga taxdidlarning turlari va ro‘y berishi vaqtining noaniqligi
    axborotni himoyalovchi vositalarining ko‘p sonliligi va turli – tumanligi, favqulot 
    vaziyatlardagi vaqtning tanqisligi axborotni fizik himoyalash vositalarini 
    boshqarishga yuqori talablar qo‘yadi. 
    Boshqarish qo‘yidagilarni ta’minlashi lozim: 

    axborotni himoyalashning umumiy prinsiplarini amalga oshirish; 

    axborotni fizik himoyalash tizimini va uni sirqib chiqishidan himoyalash 
    tizimini yagona doirada ishlashini muvofiqlashtirish

    axborotni himoyalash bo‘yicha operativ qaror qabul qilish; 

    himoya choralarining samaradorligini nazoratlash. 
    Fizik himoyalash tizimini boshqarish bo‘yicha me’yoriy xujjatlar axborotni 
    himoyalash bo‘yicha yo‘riqnomalarda o‘z aksini topgan. Ammo yo‘riqnomalarda 
    barcha vaziyatlarni hisobga olish mumkin emas. Fizik himoyalash tizimining 
    vositalari vaqt tanqisligi sharoitida notipik vaziyatlar sodir bo‘lganida to‘g‘ri 
    xulosa qabul qilinishini ta’minlashi lozim. 
    Axborotni ximoyalash uning samaradorligini nazoratlamasdan amalga 
    oshirish mumkin bo‘lmaganligi sababli, boshqarish tizimining muxim vazifasi 
    ximoyalash bo‘yicha choralarni turli xil nazoratlashni tashkil etish va amalga 


    264 
    oshirishdir. 
    Fizik ximoyalash tizimining tarkibi turli – tuman: oddiy qulfli yog‘och 
    eshikdan to qo‘riqlashning avtomatlashtirilgan tizimigacha. Fizik ximoyalash 
    tizimning umumlashtirilgan sxemasi 10.11-rasmda keltirilgan. 
    Ob’ektlarni injener himoyalash va texnik qo‘riqlash zaruriyati statistika 
    orqali tasdiqlanadi, ya’ni suqilib kirishlarning 50% dan ko‘prog‘i xodimlar va 
    mijozlar tomonidan erkin foydalaniladigan ob’ektlarga amalga oshirilsa, faqat 5 % 
    kuchli qo‘riqlash rejimli ob’ektlarga amalga oshiriladi.
    Niyati buzuqlarning suqilib kirishlari yashirincha, instrument yordamida 
    yoki portlatish orqali injener konstruksiyalarini mexanik buzish bilan amalga 
    oshirilishi mumkin. Ba’zi xollarda suqilib kirishlar qorovullarni neytrallash bilan 
    xarbiy xujum ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
    10.11-rasm. Axborot manbaini fizik himoyalash tizimining strukturasi 
    Axborotni injener ximoyalashni quyidagilar ta’minlaydi: 

    niyati buzuqning va tabiiy ofatning axborot manbalariga (yoki 
    qimmatbaho narsalarga) qarab harakat qilishi mumkin bo‘lgan yo‘ldagi tabiiy va 
    sun’iy to‘siqlar; 

    foydalanishni nazoratlovchi va boshqaruvchi tizimlarning to‘suvchi 
    qurilmalari. 
    Axborot manbaini fizik himoyalash 
    tizimi 
    Axborot manbaini injener 
    himoyalash 
    Axborot manbaini fizik himoyalash 
    vositalarini boshqarish 
    Axborot manbaini texnik 
    qo’riqlash 


    265 

    Download 2,72 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   191




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish