Axborot xavfsizligi




Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/191
Sana18.11.2023
Hajmi2,72 Mb.
#101187
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   191
Bog'liq
axborot xavfsizligi222

Tabiiy to‘siqlarga tashkilot xududida yoki yonidagi yurish qiyin bo‘lgan 
joylar (zovurlar, jarlar, qoyalar, daryolar, quyuq o‘rmon va changalzor) taalluqli 
bo‘lib, ulardan chegaralar mustaxkamligini kuchaytirishda foydalanish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
Sun’iy to‘siqlar odamlar tomonidan yaratilib, tabiiy to‘siqlardan 
konstruksiyasi va niyati buzuq ta’siriga barqarorligi bilan jiddiy farqlanadi. Ularga 
turli devorlar, qavatlararo pollar, shiplar, bino derazalari va h. taalluqli. 
Barqarorligi eng past to‘siqlarga binolarning eshiklari va derazalari, ayniqsa 
binoning birinchi va oxirgi qavatlaridagi eshiklar va derazalar taalluqli. Eshiklar 
(darvozalar)ning mustahkamligi ularning qalinligiga, ishlatilgan material xiliga va 
konstruksiyasiga hamda qulflarning ishonchligiga bog‘liq. 
Derazalar mexanik ta’sirga bardosh oyna va metall panjaralar yordamida 
mustaxkamlanadi. 
Himoyaning oxirgi chegaralarini metall shkaflar, seyflar tashkil etadi. Shu 
sababli ularning mexanik mustaxkamligiga yuqori talablar qo‘yiladi. 
Metall shkaflar maxfiylik grifi yuqori bo‘lmagan hujjatlarni, qimmatbaho 
narsalarni, katta bo‘lmagan pul mablaG‘ini saqlashga mo‘ljallangan. Shkaflarning 
ishonchliligi faqat metalning pishiqligiga va qulflarning maxfiyligiga bog‘liq. 
Muhim hujjatlarni, narsalarni, katta pul mablaG‘ini saqlash uchun seyflar 
ishlatiladi. Seyflarga devorlari orasidagi bo‘shliqqa turli materiallar, masalan beton 
birikmalari bilan to‘ldirilgan ikki qavatli metall shkaflar taalluqli. 
Niyati buzuqlarning G‘ovlarni va mexanik to‘siqlarni engishga urinishlarini 
hamda yonG‘inni aniqlash uchun turli fizik prinsiplarda qurilgan ob’ektlarni 
qo‘riqlovchi texnik vositalardan foydalaniladi. 
10.12 - rasmda ob’ektlarni qo‘riqlovchi texnik vositalar kompleksining 
namunaviy strukturasi keltirilgan. Qo‘riqlaydigan xabarlovchi (datchik) texnik 
qurilma bo‘lib, u unga niyati buzuq tomonidan mexanik kuch va maydon ta’sir 
qilganida trevoga signalini shakllantiradi. Samarali universal datchiklarni yaratish 
mumkin bo‘lmaganligi sababli, niyati buzuqning alohida alomatlarini va yonG‘inni 
sezuvchi datchik turlarining katta soni yaratilgan. Turli xil datchiklardan olingan 


266 
ma’lumotlardan birgalikda foydalanish xatoliklarni kamaytirishga imkon beradi. 
1 - xabarlovchi
n - xabarlovchi
1 - xabarlovchi
n - xabarlovchi
Signalizatsiya 
shleyfi
Signalizatsiya 
shleyfi
Qabul qiluvchi 
nazoratlovchi 
punkt
Yorug’lik 
xabarchi
Tovushli 
xabarchi
10.12-rasm. Ob’ektlarni qo‘riklovchi texnik vositalar kompleksining namunaviy 
strukturasi 
 
Signalizasiya shleyfi elektr zanjirni hosil qilib, datchiklar va qabul qiluvchi - 
nazoratlovchi asboblarning elektr bog‘lanishini ta’minlaydi. Ulovchi simlarni 
tejash maqsadida datchiklar guruhlarga birlashtiriladi, shleyflar esa qabul qiluvchi 
- nazoratlovchi asbob bilan ulanadi. Masalan, qo‘riqlovchi va yonG‘in datchiklari 
trevoga signallarini bitta shleyf orqali uzatadi. 
Shleyflar qancha ko‘p bo‘lsa, datchiklarning o‘rnatilish joylarining 
lokalizasiyalanganligi shunchalik aniq bo‘ladi va niyati buzuqning suqilib kirish 
joyi aniqroq aniqlanadi. Undan tashqari qo‘riqlash va yong‘in signalizasiyalari 
uchun alohida shleyflar bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu holda 
yonG‘indan qo‘riqlashning signalizasiya vositalarini ish vaqtida o‘chirib qo‘yish 
mumkin. 
Qabul qiluvchi – nazoratlovchi punkt datchiklardan keladigan signallarni 
qabul qilish va ishlashga, qo‘riqlash xodimlarini tovush va yorug‘lik signali 
yordamida trevoga signallari kelganligi, datchiklar va shleyflar ishlashidagi 
nosozliklar xususida xabardor qilishga mo‘ljallangan.


267 
Hozirda televizion kuzatuv tizimi keng qo‘llanilmoqda. Bu tizim tarkibiga 
tungi vaqtda qo‘riqlanuvchi hududda kerakli yoritilganlik darajasini ta’minlovchi 
navbatchi yorituvchi vositalari ham kiradi. Kuzatish tizimi qo‘riqlanuvchi xudud 
va niyati buzuqlarning harakatini masofadan vizual nazoratlashga imkon beradi. 
Undan tashqari zamonaviy kuzatuv vositalarining imkoniyatlari niyati buzuqning 
nazoratlanuvchi zonalarga suqilib kirishini aniqlash va qo‘riqlash masalalarini hal 
etaoladi. 
Avtonom qo‘riqlash tizimining ekspluatasiyasi katta sarf -xarajatlarni talab 
etadi. Shu sababli markazlashtirilgan qo‘riqlash tizimlari keng qo‘llaniladi. Ushbu 
tizimda niyati buzuqlarni neytrallashtirish masalasi bir necha tashkilotlar uchun 
umumiy hisoblanadi. 
Markazlashtirilgan qo‘riqlashga misol tariqasida omonat bank filiallarini, 
kichik firmalarni, xususiy uylarni, dala hovlilarni, xonadonlarni qo‘riqlashni 
ko‘rsatish mumkin. Xududiy yonma – yon, masalan bitta binoda joylashgan 
firmalar qo‘riqlashning umumiy bo‘linmasiga ega bo‘lishlari mumkin. Samarali 
markazlashtirilgan qo‘riqlashni ichki ishlar vazirligining qo‘riqlash xizmati 
bo‘linmasi ta’minlaydi. 
Trevoga signali kelishi bilan operator buyruG‘i bo‘yicha qo‘riqlash 
ob’ektiga qurollangan xodimlar guruhi jo‘natiladi. Qo‘riqlash guruhining ob’ektga 
etib kelish vaqti qat’iy belgilangan (5-7 minut). Ammo markazlashtirilgan 
qo‘riqlash tizimining reaksiya vaqti avtonom qo‘riqlash tizimiga qaraganda katta, 
ayniqsa agar qo‘riqlanuvchi ob’ekt mobil qo‘riqlash guruhining mashinasi turgan 
joydan uzoqda bo‘lsa. Undan tashqari ushbu vaqt ba’zi hollarda nojoiz kattalashi 
mumkin. Bunga misol tariqasida radioaloqaning buzilishini, yo‘llardagi 
“tirbandlik”ni, tasodifiy yo‘l - transport hodisalarini va h. ko‘rsatish mumkin. 
Ammo, markazlashtirilgan qo‘riqlash tizimi taxdidlarni, ayniqsa qurolli xujumlarni 
neytrallashda katta imkoniyatlarga ega. 

Download 2,72 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   191




Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish