TSt 45-010:2010 – Tarmoq standarti. Aloqa va axborotlashtirish




Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/191
Sana18.11.2023
Hajmi2,72 Mb.
#101187
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   191
Bog'liq
axborot xavfsizligi222

TSt 45-010:2010 – Tarmoq standarti. Aloqa va axborotlashtirish 
sohasida axborot xavfsizligi. Atamalar va ta’riflar. Ushbu tarmoq standarti 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish markazi («O‘zdavstandart») tomonidan 2002 yil 
6 avgustda 112/066-son bilan ro‘yxatga olingan TSt 45.010: «Отраслевой 
стандарт. Информационная безопасность в сфере связи и информатизации. 
Термины и определения» o‘rniga amalga kiritilgan bo‘lib, aloqa va 
axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligidagi asosiy atama va ta’riflarni 
belgilaydi.
Belgilangan atamalar barcha turdagi hujjatlarda qo‘llanilishi uchun 
majburiydir. Standartda ma’lumotnoma sifatida standartlashtirilgan atamalarning 
xorijiy ekvivalenti rus (R) va ingliz (E) tillarida keltirilgan.
Standartdan foydalanish qulayligi uchun atama moddalarining tegishli 
raqamlarini ko‘rsatgan holda o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi amalarni o‘z ichiga 
olgan alifbo ko‘rsatkichi keltirilgan. 
 
Nazorat savollari: 
1. 
RH 45-215:2009 - Rahbariy hujjat o‘z ichiga olgan masalalar 
nimalardan iborat? 
2. 
RH 45-185:2011 - Rahbariy hujjat o‘z ichiga olgan masalalar 
nimalardan iborat? 
3. 
RH 45-193:2011 - Rahbariy hujjat o‘z ichiga olgan masalalar 
nimalardan iborat? 
4. 
TSt 45-010:2010 – Tarmoq standarti o‘z ichiga olgan masalalar 
nimalardan iborat? 
 


69 
IV bob. XAVFSIZLIK MODELLARI 
4.1. Xarrison-Ruzzo-Ulmanning diskretsion modeli 
 
Ma’lumki, xavfsizlik siyosati deganda axborotni ishlash jarayonini qat’iy 
belgilovchi umumiy tartib va qoidalar majmui tushuniladiki, ularning bajarilishi 
ma’lum tahdidlar to‘plamidan himoyalanishni ta’minlaydi va tizim xavfsizligining 
zaruriy (ba’zida yetarli) shartini tashkil etadi. Xavfsizlik siyosatining formal 
ifodasi xavfsizlik siyosatining modeli deb ataladi. 
Himoyalangan axborot tizimlarini ishlab chiqaruvchilar xavfsizlik 
modelidan quyidagi hollarda foydalanishadi: 

ishlab 
chiqariladigan 
tizim 
xavfsizligi 
siyosatining 
formal 
spesifikasiyasini (tafsilotli ro‘yxatini) tuzishda; 

himoya vositalarini amalga oshirish mexanizmlarini belgilovchi 
himoyalangan tizim arxitekturasining bazaviy prinsiplarini tanlash va asoslashda; 

tizim xavfsizligini etalon model sifatida tahlillash jarayonida

xavfsizlik siyosatiga rioya qilishning formal isboti yo‘li bilan ishlab 
chiqariladigan tizim xususiyatlarini tasdiqlashda. 
Iste’molchilar xavfsizlikning formal modellarini tuzish yo‘li bilan ishlab 
chiqaruvchilarga o‘zlarining talablarini aniq va ziddiyatli bo‘lmagan shaklda 
yetkazish hamda himoyalangan tizimlarning o‘zlarining ehtiyojlariga mosligini 
baholash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kvalifikasiya (Malaka) bo‘yicha ekspertlar himoyalangan tizimlarda 
xavfsizlik siyosatining amalga oshirilish adekvatligini taxlillash mobaynida 
xavfsizlik modelidan etalon sifatida foydalanadilar. 
Xavfsizlik modeli quyidagi bazaviy tasavvurlarga asoslangan. 
1. 
Tizim o‘zaro harakatdagi “sub’ektlar” va “ob’ektlar” majmuasidan 
iborat. Ob’ektlarni intuitiv ravishda axborotli konteynerlar ko‘rinishida tasavvur 
etish mumkin, sub’ektlarni esa ob’ektlarga turli usullar bilan ta’sir etuvchi 
bajariluvchi dasturlar deb hisoblash mumkin. Tizimni bunday tasavvur etishda 
axborotni ishlash xavfsizligi xavfsizlik siyosati shakllantiruvchi qoidalar va 


70 
cheklashlar to‘plamiga mos holda sub’ektlarning ob’ektlardan foydalanishni 
boshqarish masalasini echish orqali ta’minlanadi. Agar sub’ektlar xavfsizlik 
siyosati qoidalarini buzish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, tizim xavfsiz hisoblanadi. 
Ta’kidlash lozimki, “ob’ekt” va “sub’ekt” tushunchalarining tavsifi turli 
modellarda jiddiy farqlanishi mumkin. 
2. 
Tizimdagi barcha o‘zaro harakatlar sub’ektlar va ob’ektlar orasida 
ma’lum xildagi munosabatlarni o‘rnatish orqali modellashtiriladi. 
3. 
Barcha amallar o‘zaro harakat monitori yordamida nazoratlanadi va 
xavfsizlik siyosati qoidalariga muvofiq ma’n etiladi yoki ruxsat beriladi. 
4. 
Xavfsizlik siyosati qoidalar ko‘rinishida beriladi, bu qoidalarga mos 
holda sub’ektlar va ob’ektlar orasida barcha o‘zaro harakatlar amalga oshirilishi 
shart. Ushbu qoidalarni buzilishiga olib keluvchi o‘zaro harakatlar foydalanishni 
nazoratlovchi vositalar yordamida to‘sib qo‘yiladi va amalga oshirilishi mumkin 
emas. 
5. 
Sub’ektlar, ob’ektlar va ular orasidagi munosabatlar (o‘rnatilgan 
o‘zaro harakat) to‘plami tizim “holatini” belgilaydi. Tizimning har bir xolati 
modelda taklif etilgan xavfsizlik mezoniga muvofiq xavfsiz yoki taxlikali bo‘ladi. 
6. 
Xavfsizlik modelining asosiy elementi – xavfsiz xolatidagi tizim 
barcha o‘rnatilgan qoida va cheklashlarga rioya qilinganida taxlikali holatga o‘tish 
mumkin emasligi tasdig‘ining (teoremasining) isboti. 
Xarrison-Ruzzo-Ulmanning diskretsion modeli klassik (mumtoz) diskretsion 
model hisoblanib, sub’ektlarning ob’ektlardan foydalanishni ixtiyoriy boshqarishni 
va foydalanish xuquqlarining tarqalishi nazoratini amalga oshiradi.
Ushbu 
model 
doirasida 
axborotni 
ishlash 
sistemasi 
axborotdan 
foydalanuvchi sub’ektlar (
to‘plam), himoyalanuvchi axborotga ega bo‘lgan 
ob’ektlar (
to‘plam) va mos harakatlarni, (masalan o‘qish (R), yozish (W), 
dasturni bajarish(E)) vakolatini anglatuvchi foydalanish xuquqlarining chekli 
to‘plami 
majmui ko‘rinishida ifodalanadi.
Shu bilan birga model ta’siri doirasiga sub’ektlar orasidagi munosabatlarni 
kiritish uchun barcha sub’ektlar bir vaqtning o‘zida ob’ektlar hisoblanadi - 



71 
Tizim ahvoli holat tushunchasi yordamida modellashtiriladi. Tizim holati makoni 
uni tashkil etuvchi ob’ektlar, sub’ektlar va xuquqlar to‘plamlarining dekart 
ko‘paytmasi sifatida shakllantiriladi - 
. Bu makonda tizimning joriy 
holati uchlik orqali aniqlanadi. Bu uchlikka sub’ektlar to‘plami, ob’ektlar to‘plami 
va sub’ektlarning ob’ektlardan foydalanish xuquqlarini tavsiflovchi foydalanish 
matritsasi kiradi - 
. Matritsa qatorlari sub’ektlarga, ustunlari esa 
ob’ektlarga mos keladi. Ob’ektlar to‘plami o‘z ichiga sub’ektlar to‘plamini 
olganligi sababli matritsa to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida bo‘ladi. Matritsaning 
ixtiyoriy yacheykasi 
sub’ekt “ ”ning ob’ekt “ ”dan, foydalanish 
xuquqlari to‘plami 
ga tegishli foydalanish xuquqlari naboriga(to‘plamiga) ega. 
Tizimning vaqt bo‘yicha ahvoli turli holatlar orasidagi o‘tishlar yordamida 
modellashtiriladi. O‘tish matritsa 
ga quyidagi ko‘rinishlardagi komandalar 
yordamida o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi: 

Download 2,72 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   191




Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TSt 45-010:2010 – Tarmoq standarti. Aloqa va axborotlashtirish

Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish