• Barmoq izlarining skanerlari.
  • Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/191
    Sana18.11.2023
    Hajmi2,72 Mb.
    #101187
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   191
    Bog'liq
    axborot xavfsizligi222

    Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi. Biometrik 
    tizimlarning aksariyati identifikasiyalash parametri sifatida barmoq izlaridan 
    foydalanadi (autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi). Bunday tizimlar sodda va 
    qulay, autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday tizimlarning 
    keng tarqalishiga asosiy sabab barmoq izlari bo‘yicha katta ma’lumotlar 
    ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda asosan politsiya, turli 
    davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi. 
    Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval 
    foydalanuvchi ro‘yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turli xolatlarida 
    skanerlashning bir necha varianti amalga oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir–
    biridan biroz farqlanadi va qandaydir umumlashtirilgan namuna, «pasport» 
    shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikatsiyaning ma’lumotlar bazasida 
    xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar 
    bazasidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi.
    Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy 
    qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarakterli rasmini qaydlovchi 
    kichkina optik kamera ishlatiladi. Ammo, daktiloskopik qurilmalarni ishlab 
    chiqaruvchilarning ko‘pchiligi integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga 
    e’tibor bermoqdalar. Bunday tendensiya barmoq izlariga asoslangan 


    180 
    autentifikatsiyalashni qo‘llashning yangi sohalarini ochadi.
    Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini 
    olishda turli, xususan elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga 
    oshiruvchi vositalardan foydalanadilar.
    Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri 
    qismlarining siG‘im qarshiligini o‘lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining 
    daktiloskopik qurilmasi yarim-o‘tkazgichli datchik yordamida siG‘im qarshiligini 
    aniqlash orqali axborotni yig‘adi. Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha: ushbu 
    asbobga quyilgan barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini o‘taydi (6.6-
    rasm). Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000 sezgir 
    plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig‘im datchiklari barmoq sirti 
    do‘ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o‘zgarishini 
    o‘lchaydi. Natijada do‘ngliklar va pastliklargacha bo‘lgan masofa aniqlanib
    barmoq izi tasviri olinadi.
    Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTec kompaniyasida 
    ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi.
    Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar va karta–
    kalitlar bilan kombinasiyalaydilar.
    Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik o‘lchamlari 
    va yuqori bo‘lmagan narxi ularni himoya tizimi uchun ideal interfeysga aylantiradi. 
    Pastlikkacha 
    masofa 
    Do’nglikkacha 
    masofa 
    Teri
    D
    at
    ch
    ik 
    m
    ik
    ros
    xe
    m
    as

    K
    ondens
    at
    o

    pl
    as
    ti
    nal
    ar

    6.6-rasm. Sensor ishlashining prinsipi. 


    181 
    Ularni kalitlar uchun breloklarga o‘rnatish mumkin. Natijada foydalanuvchi 
    kompyuterdan boshlab to kirish yo‘li, avtomobillar va bankomatlar eshiklaridan 
    himoyali foydalanishni ta’minlaydigan universal kalitga ega bo‘ladi.

    Download 2,72 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   191




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biometrik autentifikatsiyalashning daktiloskopik tizimi

    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish