• Yuzning tuzilishi va ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar.
  • Qo‘l panjasining geometrik shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/191
    Sana18.11.2023
    Hajmi2,72 Mb.
    #101187
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   191
    Bog'liq
    axborot xavfsizligi222

    Qo‘l panjasining geometrik shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari. 
    Qo‘l panjasi shaklini o‘quvchi qurilmalar barmoqlar uzunligini, qo‘l panja qalinligi 
    va yuzasini o‘lchash orqali qo‘l panjasining hajmiy tasvirini yaratadi. Masalan, 
    Recognition Systems kompaniyasining mahsulotlari 90 dan ortiq o‘lchamlarni 
    amalga oshiradi. Natijada keyingi taqqoslash uchun 9-xonali namuna 
    shakllantiriladi. Bu natija qo‘l panjasini individual skanerida yoki 
    markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida saqlanishi mumkin. Qo‘l panjasini 
    skanerlovchi qurilmalar narxining yuqoriligi va o‘lchamlarining kattaligi sababli 
    tarmoq muhitida kamdan-kam ishlatilsada, ular qat’iy xavfsizlik rejimiga va 
    shiddatli trafikka ega bo‘lgan hisoblash muhiti (server xonalari ham bunga kiradi) 
    uchun qulay hisoblanadi. Ularning aniqligi yuqori va inkor koeffitsienti ya’ni inkor 
    etilgan qonuniy foydalanuvchilar foizi kichik. 
    Yuzning tuzilishi va ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar. Bu 
    tizimlar arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisoblanadilar, chunki aksariyat 
    zamonaviy kompyuterlar video va audeo vositalariga ega. Bu sinf tizimlari 
    telekommunikasiya 
    tarmoqlarida 
    masofadagi 
    foydalanuvchi 
    sub’ektni 
    identifikasiyalash uchun ishlatiladi. Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi boshqa 
    biometrik texnologiyalar yaroqsiz bo‘lgan ilovalar uchun to‘g‘ri keladi. Bu holda 
    shaxsni identifikasiyalash va verifikasiyalash uchun ko‘z, burun va lab 
    xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi qurilmalarni ishlab 
    chiqaruvchilar 
    foydalanuvchini 
    identifikasiyalashda 
    hususiy 
    matematik 
    algoritmlardan foydalanadilar.
    Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina tashkilotlarning hodimlari yuz tuzilishini 
    skanerlovchi qurilmalarga ishonmaydilar. Ularning fikricha kamera ularni rasmga 
    oladi, so‘ngra suratni monitor ekraniga chiqaradi. Kameraning sifati esa past 
    bo‘lishi mumkin. Undan tashqari yuz tuzilishini skanerlash – biometrik 
    autentifikatsiyalash usullari ichida yagona, tekshirishga ruxsatni talab qilmaydigan 


    182 
    (yashiringan kamera yordamida amalga oshirilishi mumkin) usul hisoblanali.
    Ta’kidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi yanada 
    takomillashtirilishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi aksariyat algoritmlar 
    quyosh yorug‘ligi jadalligining kun bo‘yicha tebranishi natijasidagi yorug‘lik 
    o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘ladilar. Yuz holatining o‘zgarishi ham aniqlash 
    natijasiga ta’sir etadi. Yuz holatining 45
    0
    ga o‘zgarishi aniqlashni samarasiz 
    bo‘lishiga olib keladi. 
    Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari. Bu tizimlar arzonligi tufayli 
    foydalanuvchan hisoblanadilar. Hususan ularni ko‘pgina shaxsiy kompyuterlar 
    standart komplektidagi uskuna (masalan mikrofonlar) bilan birga o‘rnatish 
    mumkin. Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari har bir odamga noyob 
    bo‘lgan balandligi, modulyatsiyasi va tovush chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga 
    asoslanadi. Ovozni aniqlash nutqni aniqlashdan farqlanadi. Chunki nutqni 
    aniqlovchi texnologiya abonent so‘zini izoxlasa, ovozni aniqlash texnologiyasi 
    so‘zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. So‘zlovchi shaxsini tasdiqlash ba’zi 
    chegaralanishlarga ega. Turli odamlar o‘xshash ovozlar bilan gapirishi mumkin
    har qanday odamning ovozi vaqt mobaynida kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga 
    bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Uning ustiga telefon apparatlarning turli-
    tumanligi va telefon orqali bog‘lanishlarining sifati so‘zlovchi shaxsini aniqlashni 
    qiyinlashtiradi. Shu sababli ovoz bo‘yicha aniqlashni yuz tuzilishini yoki barmoq 
    izlarini aniqlash kabi boshqa usullar bilan birgalikda amalga oshirish maqsadga 
    muvofiq hisoblanadi.

    Download 2,72 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   191




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo‘l panjasining geometrik shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari

    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish